Siz yon-atrofingizda daraxt kesilishi, chiqindi tashlanishi va boshqa shu kabi atrof-muhitga zarar yetkazadigan holatlarga duch kelsangiz, bu haqda @ecogovuz_bot orqali matn, surat va video shaklida bizga ma'lum qilishingiz mumkin.
Shuningdek, bot orqali o‘z fikr va takliflaringizni ham yuborish imkoniga egasiz.
Muhim! Murojaatingiz barcha bosqichdan to‘liq o‘tganingizdan so‘ng qabul qilinadi. Qabul qilingan har bir murojaat e’tiborga olinadi.
___
Если вы столкнулись с незаконной вырубкой деревьев, накоплением отходов или другими подобными ситуациями, наносимые экологический ущерб, вы можете сообщить нам об этом, отправив фото или видео через @ecogovuz_bot, а также внести свои комментарии и предложения.
Ваша заявка будет принята после того, как вы выполните все шаги. Каждая поступившая заявка будет рассмотрена специалистами.
@ecogovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sirdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligida viloyat prokuraturasi xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Suhbatda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlarining kuzgi mavsumini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish ishlari muhokama qilindi.
Ushbu loyiha doirasida Sirdaryo viloyati oʼrmon xoʼjaligining xodimlari tomonidan ekin ekiladigan dala chetlarini tabiatning noqulay hodisalari (qurgʻoqchilik, tuproq eroziyasi, sel, qor va b.) dan saqlash va mikroiqlimni yaxshilash maqsadlarida ihota daraxtzorlari barpo qilish, o‘rmon maydonlarini kengaytirish hamda plantatsiyalar barpo etish yuzasidan kelishib olindi.
Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Web-site | Telegram | Face book | You tube

Аziz hamkasblar, hurmatli yurtdoshlar!
Har bir millat, xalq uchun ozod, erkin, mustaqil boʼlib yashash, eng katta baxt, saodat. Xalqimiz katta quvonch, faxr-iftixor, gʼurur bilan, bir tan, bir jon boʼlib tayyorgarlik koʼrib, har yili munosib nishonlaydigan Mustaqillik kuni barchamiz uchun eng ulugʼ, eng aziz bayramdir.
Yurtimizda Vatanimiz Mustaqilligining 32 yilligi "Yangi Oʼzbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida nishonlanmoqda.
Bugungi shukuhli kunlarda sizlarni Oʼzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi ayyomi bilan samimiy muborakbod etaman.
Sizlarga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, farovonlik tilayman. Mustaqil Vatanimizning tinchligi, gullab-yashnashi va atrof-muhitni muhofaza qilish yoʼlida olib borayotgan ishlaringizga muvaffaqiyatlar yor boʼlsin!
Hurmat bilan,
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i Tagayev Ikromjon Komiljonovich

Aziz hamkasblar!
Sizni xalqimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami – O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32-yilligi bilan samimiy muborakbod etaman.
Shunday qutlug’ damda yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, barchangizga sihat-salomatlik oilangizga farovonlik tilab qolaman.
Jonajon O‘zbekistonimiz osmoni doimo musaffo bo’lsin! Bayramingiz qutlug’ kelsin azizlar!
Hurmat bilan, Sirdaryo viloyati "Toza hudud" DUK direktori Saidbekov Yusuf Nurqulovich

🇺🇿 Сирдарё вилояти ҳокими Акмалжон Махмудалиевнинг Ўзбекистон Мустақиллигининг 32 йиллиги муносабати билан байрам табриги
Азиз ва муҳтарам юртдошлар!
Барчангизни энг улуғ, энг азиз байрам — мамлакатимиз мустақиллигининг ўттиз икки йиллиги билан чин қалбимдан муборакбод этаман. Халқимиз учун бу байрам жуда қадрли. Мустақилликка не-не жафолардан сўнг, сабр-матонат билан эришилди. Меҳнат, машаққатлар билан йилдан-йилга мустаҳкамланди. Бугун мамлакатимиз эркин, обод ва фаровон ҳаёт қуриш йўлидан дадил одимламоқда. Ўзбекистонда "Инсон қадри учун" деган эзгу тамойил асосий талабга айланди.
Кўзлаган мақсадларимиз аниқ. Албатта, Янги Ўзбекистонни муҳтарам Президентимиз бошчилигида мард ва меҳнатсевар, кўп миллатли халқимиз билан биргаликда барпо этамиз. Айни бугунги улуғ айёмда сизларга, сиҳат-саломатлик, янги-янги ютуқлар, оилавий хотиржамлик ёр бўлишини тилайман. Мустақиллигимизни қадри боқий, байрам шукуҳи файзли, истиқлолимиз абадий бўлсин!
Ҳурмат билан,
Акмалжон Махмудалиев
Сирдарё вилояти ҳокими

#Rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Sirdaryo tumanida joylashgan koʻmir zavodidan badboʻy hid chiqayotganligi” toʻgʻrisida xabar tarqaldi.
Ushbu xabar yuzasidan Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi davlat inspektorlari hamda Sirdaryo tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi xodimlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi.
Oʻrganish davomida Sirdaryo tumanida joylashgan “KOʻMIR SAQLASH” omboriga yaqin hududlardan laboratoriya tahlillari oʻtkazildi.
Hozirda ushbu holat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subʼektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 374-sonli qarori boʻyicha “Tadbirkorlik subʼektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni”ga tekshirish oʻtkazish maqsadida hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
Tekshirish yakuni bo'yicha qoʻshimcha maʼlumotlar beriladi.

#Tadbir
Bugun, 4-sentyabr kuni butun mamlakatimizda boʼlgani kabi viloyatimizdagi mavjud 326 ta umumtaʼlim va xususiy maktablarda birinchi qoʼngʼiroq tadbirlari va “Mustaqillik darslari” koʼtarinki ruhda tashkillashtirildi.
“Yangi hayot uchun, Yangi Oʼzbekiston uchun!” shiori ostidagi oʼtkazilgan ana shunday tadbirlarda Sirdaryo viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʼzgarishi boshqarmasi xodimlari xam ishtirok etishib, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan yosh avlodning ekologik ongi va madaniyatini yanada oshirish, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida nashr etilgan bolalar uchun mo‘ljallangan Qizil kitobi sovgʼa qilindi.
Shuningdek, bugun Sirdaryo tuman inspeksiyasining davlat inspektorlari tomonidan 14,16,20,22- umumtaʼlim maktablarida mustaqillik darslarida bolajonlar Vatanimiz tabiati, o‘simliklar va hayvonot dunyosini asrash kabi tushunchalar ham berildi.