Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi
365 subscribers
14.9K photos
880 videos
23 files
2.59K links
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Namangan viloyati boshqarmasining rasmiy kanali

Murojaatlar uchun: @econam_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilgan mevali, manzarali daraxt va buta ko‘chatlariga Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi va "Namanganyo‘lko‘kalam" unitar korxonasi tomonidan parvarishlash ishlari tashkil etilmoqda.

📲 Murojaatlar uchun @eko_nam_bot

🌴Bizni kuzating ⤵️
https://t.iss.one/eko_xabarla
Viloyatimizda g‘allakorlarimiz tomonidan yetishtirilgan g‘allani yig‘ishtirib olish ishlari boshlab yuborildi.

Har yili g‘alla ekinlari hosili yig‘ib olingandan keyin, bo‘sh yerlarni «Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari»da ro‘yxatda turgan va qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish istagi bor oilalarga ajratib berish orqali, aholini bandligi taʼminlanadi.

Bo`lib berilgan yerlarga fuqarolar tomonidan ishlov berishda somon qoldiqlariga o‘t qo‘yish holatlari uchraydi.

Bu kabi holatlarni oldini olish maqsadida, Namangan viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, shahar va tuman bo‘limi xodimlari tomonidan fermer xo‘jaligi ishchilari hamda fuqarolar o‘rtasida targ‘ibot o‘tkazilib, somon qoldiqlarini yoqish javobgarlikka sabab bo‘lishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Murojaatlar uchun @eko_nam_bot

🌴Bizni kuzating ⤵️
https://t.iss.one/eko_xabarla
"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida viloyatimizda 2 milliondan ortiq yalpiz, rayhon, naʼmatak ko‘chatlari ekilgan.

Ayni vaqtlar "Namanganyo‘lko‘kalam‘ unitar korxonasi ishchi xodimlari tomonidan ko‘chatlarni parvarishiga alohida eʼtibor qaratilgan.

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi nazorati ostida shahar, tuman hududlarida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari yoqalariga ekilgan rayhon, yalpiz, naʼmatak ko‘chatlari begona o‘simlikdan tozalanib sug‘orish ishlari bajarilmoqda.

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Murojaatlar uchun @eko_nam_bot

🌴Bizni kuzating ⤵️
https://t.iss.one/eko_xabarla
Namanganda "Xalqaro gullar festivali" ko'tarinki ruhda o'tmoqda

Ob-havo issiq bo‘lishiga qaramay, gullar shahriga mamlakatimizning turli go‘shalaridan va qo‘shni respublikalardan mehmonlar kelishi davom etmoqda. Festivalga mehmonlar asosan kunning ikkinchi yarmi, yaʼni, kechki salqinda tashrif buyurmoqda.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra bugungi kunga qadar gullar festivaliga 4,5 mlndan ortiq mehmonlar tashrif buyurgan. Horijdan 65 000 otiq mehmonlar kelgan. Tashrif buyuruchilarning ko`pligidan mehmonxonalarda joylar yetishmayapti.

Taʼkidlash joizki, festival doirasida gullar yarmarkasi ham tashkil etilgan bo‘lib, unda Namangan viloyati gulchilaridan tashqari, Farg‘ona, Andijon hamda
Toshkent viloyatlaridan jami 200 yaqin gulchillik bilan shug`illanadigan tadbirkorlar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishmoqda. Yarmarkada 500 xil turdagi gullar sotuvi b yo‘lga qo‘yilgan.

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Murojaatlar uchun @eko_nam_bot

🌴Bizni kuzating ⤵️
https://t.iss.one/eko_xabarla
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Namangan shahrini tutun bosib ketganligi to‘g‘risidagi qilingan video murojaatga munosabat.

Ushbu holat 8 iyun kunidagi holat bo‘lib, shu vaqtning o‘zida muammo bartaraf etilgan. 9 iyun kuni Zahiriddin Muhammad Bobur bog‘ida Namangan shahar Ekologiya bo‘limi, Ichki ishlar bo‘limi hamda Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari birgalikda bog‘da faoliyat yuritayotgan ovqatlanish joylarida monitoring o‘tkazib, oshxona rahbarlariga atmosfera havosini ifloslanishini oldini olish yuzasidan ogohlantirish berildi va tutunlarni tortuvchi maxsus dudburonlar o‘rnatilgunga qadarli faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha ogohlantirish berildi.

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Murojaatlar uchun @eko_nam_bot

🌴Bizni kuzating ⤵️
https://t.iss.one/eko_xabarla