Edu.uz | Lotin
631 subscribers
815 photos
128 videos
16 files
517 links
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yangiliklari/Новости Министерства высшего и среднего специального образования

📞 1006
📧 [email protected]
🌐 www.edu.uz
📲 instagram.com/edu.uz/
📲 facebook.com/eduuzrasmiy
📲 https://youtube.com/c/eduuz
Download Telegram
Yaponiya tibbiyot korporatsiyasi bilan hamkorlikda innovatsion loyiha

Toshkent tibbiyot akademiyasida
tibbiy radiologiya va onkologiya sohasini rivojlantirish maqsadida Mobil kompyuter tomografiya tizimi ishga tushirildi.

Ushbu tizim orqali nafaqat radiologiya yoʻnalishi boʻyicha, balki tahsil olayotgan talabalarni amaliyot asosida tayyorlash hamda yetakchi mutaxassislar tomonidan aholiga bepul tashxis qoʻyishda ham foydalaniladi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ishchi_guruh_xulosasi
#Qashqadaryo_yakun

Prezidentimizning ozgina tashvishlari ming chandon toʻgʻri ekanligiga amin boʻlib ketyapman. Barchasi boʻyicha xulosa qilinadi. Endi taʼlim siyosatiga hamma javob beradi

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Munosabat

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari murojaati nazoratga olindi

Kecha, 2-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda TATU masʼullarining xatosi tufayli talabalar boʻlib oʻtgan yakuniylardan universitet hisobiga 300 mln soʻmdan ortiq pul toʻlashi mumkinligi haqidagi eʼtirozli xabar tarqaldi.

Bugun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida mazkur masalani oʻrganish boʻyicha masʼullardan iborat tezkor ishchi guruh tuzildi.

Holat ishchi guruh tomonidan obyektiv va batafsil oʻrganiladi hamda natijasi boʻyicha maʼlumot vazirlik rasmiy manbalari orqali qoʻshimcha eʼlon qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ TALABALAR UCHUN YANGI STIPENDIYA TANLOVIGA START BERILDI

🔰Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va moliyaviy ragʻbatlantirish maqsadida respublika miqyosida talabalar uchun “REGISTON STIPENDIYASI” tanlovi o‘tkaziladi.

Unda barcha davlat va nodavlat oliygohlarida tahsil olayotgan bakalavr bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT

✔️ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tavsiyalari asosida Registon taʼlim loyihasi tashabbusi bilan ushbu stipendiya tashkil etildi.

🏆 Tanlov gʻoliblari “Registon stipendiyasi sohibi” maxsus guvohnomasi, esdalik sovgʻalar, pul yutuqlari bilan tantanali ravishda taqdirlanadi.

📑 Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi.

➡️ Batafsil maʼlumot: @Stipendiya_Edubot

➡️ Tanlov nizomi: https://oliygoh.uz/post/registon-stipendiyasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot

Taʼlim jarayonlari 7-fevraldan 24-fevralga qadar bosqichma-bosqich anʼanaviy shaklga oʻtkaziladi

Moʻmin Ibodov,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Axborot xizmati rahbari

👉 HD formatda koʻrish

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika

46-MAQSAD
Keyingi besh yilda oliy taʼlimga qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va taʼlim sifatini oshirish

#Taraqqiyot_strategiyasi #Oliy_taʼlim_2022_2026

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika

47-MAQSAD
2026-yilga qadar 10 ta salohiyatli oliy taʼlim muassasasini QS va THE xalqaro reytinglariga kirishga maqsadli tayyorlash

#Taraqqiyot_strategiyasi #Oliy_taʼlim_2022_2026

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Soʻragan_edingiz

SAVOL:
Professional taʼlim muassasalari, akademik litseylarda taʼlim jarayonlari qanday tartibda yoʻlga qoʻyiladi?

Ushbu savolga Axborot xizmati rahbari Moʻmin Ibodov javob beradi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
❗️DIQQAT, JAMOATCHILIK MUHOKAMASI!

📜Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida taʼlim oluvchilarning har yilgi qishki taʼtili toʻgʻrisida”gi farmoni loyihasi qoʻyildi.

📢 Barchadan farmon loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tizimi rivojiga xizmat qiladigan takliflarni regulation.gov.uz va Edu.uz saytlari orqali yuborishlarini soʻraymiz.

‼️ Loyiha boʻyicha oʻz fikr va mulohazalaringizni bildirishda faol boʻlishga chaqiramiz.

MUHOKAMALAR 4-FEVRALDAN 19-FEVRALGACHA DAVOM ETADI

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Yangi_Oʻzbekiston
#Vazir
#Maqola

💬“Azaldan yaxshi kasb egasi, malakali usta el-ulus orasida qadrlangan, hurmat topgan. Demak, namunali taʼlim olgan, tajribali mutaxassisning jamiyatdagi oʻrni, nufuzi oshib boraveradi. Shuning uchun ham navbatdagi besh yillikda davlat dasturlari doirasida Oʻzbekistonda OTMlar sonini 200 taga yetkazish rejalashtirilgan. Koʻpchilikda bular faqat raqam va son haqida gapiryapti, sifat-chi, degan eʼtiroz ham tugʻilishi tabiiy hol...”.

Maqolani toʻliq oʻqish https://edu.uz/uz/news/view/3466

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Tabrik
#UzA_30_yil

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov vazirlik jamoasi nomidan Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (OʻzA) tashkil topganining 30 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.

Yurtimizning ijtimoiy-siyosiy hayotini xolis va tezkor yoritib kelayotgan agentlikning barcha xodimlariga ijodiy parvozlar, sogʻlom axborot makonida mustahkam oʻrin egallashlarini tilaydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xushxabar

Yodju talabasi gran-pri sohibasi boʻldi

🔰 Janubiy Koreyaning TOP universitetlaridan taklif qilingan professor-oʻqituvchilar, 25 ta mamlakatdan 258 nafar talaba, bir hafta davomida saralash bosqichi vanihoyat kutilgan gʻalaba!

🥇 Janubiy Koreya Respublikasining taʼlim vazirligi tomonidan tashkil qilingan adabiyot mavzusidagi xalqaro konferensiyada Abduqodirova Sevinch gran-prini qoʻlga kiritdi.

💐 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 25 ta mamlakat ichida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan iqtidorli talaba Sevinch Abduqodirovani ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kompleks_oʻrganish
#Surxondaryo

Ilmiy salohiyatni koʻtarishga deyarli eʼtibor qaratilmagan

Navbatdagi manzil Surxondaryo viloyatida joylashgan 6 ta oliy taʼlim muassasasini tahlily, tanqidiy oʻrganish boʻldi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
❗️JAMOATCHILIK MUHOKAMASI

📜 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga qurilish, transport, energetika, qishloq xoʻjaligi, yengil sanoat, xizmat koʻrsatish va axborot texnologiyalari kabi sohalar boʻyicha kollej va texnikumlarda umumiy qabul parametrlarining kamida 50 foizi davlat granti asosida belgilanishi, kasb-hunar maktablarida yakuniy baholari “yaxshi” va “aʼlo” boʻlgan hamda kollej va texnikumlarda davlat granti asosida taʼlim olayotgan oʻquvchilarga stipendiya toʻlanishi va boshqa shu kabi imtiyoz hamda qulayliklar aks etgan “Professional taʼlim sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmon loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

📣 Muhokamalarda faol ishtirok etib, takliflaringizni regulation.gov.uz va Edu.uz saytlari orqali qoldiring.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xizmat_safari

Buxoro davlat tibbiyot institutida yangi tibbiy laboratoriya tashkil etildi

Vazir oʻrinbosari Raximjon Xakimov laboratoriya imkoniyatlari va qurilishi nihoyalayotgan yangi kampus bilan tanishdi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xizmat_safari

Talabalar uchun 300 oʻrinli yotoqxona quriladi

Vazir oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov yangidan qurilayotgan 300 oʻrinli talabalar turar-joyining qurilish ishlari va loyihalari bilan tanishish maqsadida Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filialida boʻldi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Talaba_eʼtiborda

Xabaringiz bor, 7-fevraldan boshlab 24-fevralga qadar mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonlari ishlab chiqilgan reja-grafik asosida ham anʼanaviy, ham masofaviy shaklda olib borilishi maʼlum qilingan edi. Bunda dars mashgʻulotlari 24-fevraldan toʻliq anʼanaviy (oflayn) tarzga oʻtkaziladi.

Ayni kunlarda talabalar oliy taʼlim muassasalari yotoqxona hamda ijara xonadonlariga qaytmoqdalar.

Barcha oliygohlarda talabalarning yetib kelishi boʻyicha grafiklar tuzilgan boʻlib, ishlar prorektorlar, dekanlar, boʻlim boshliqlari va tyutorlar jamoasidan iborat guruhlar tomonidan toʻliq nazoratga olingan.

Yotoqxonalarga qaytgan talabalar uchun dasturxon tuzalib, osh va boshqa tansiq taomlar tortildi. Dasturxon atrofida samimiy suhbat qurilib, ularga koʻtarinki kayfiyat ulashildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube