Davlat rahbarlarining muzokaralaridan soʻng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi boʻldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Mun Chje In Oʻzbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi oʻrtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirish toʻgʻrisidagi qoʻshma bayonotni qabul qildilar.
Ikki mamlakat rahbarlari huzurida sogʻliqni saqlash, “aqlli” shaharlar, energetika, nodir metallar sohasida hamkorlik qilish, loyihalarni moliyalashtirish boʻyicha qator kelishuvlar imzolandi.
—
После переговоров глав государств состоялась церемония подписания двусторонних документов.
Президенты Шавкат Мирзиёев и Мун Чжэ Ин приняли Совместное заявление об углублении отношений особого стратегического партнерства между Республикой Узбекистан и Республикой Корея.
В присутствии лидеров подписан ряд документов о сотрудничестве в области здравоохранения, “умных” городов, энергетики, редких металлов, финансировании проектов.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

#JanubiyKoreya #hamkorlik
Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri A.Toshqulov Koreya energetika agentligi prezidenti janob Chang-Seob Kim bilan uchrashdi
Ochiq, doʻstona shaklda oʻtgan uchrashuv davomida energetika sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.
– Soʻnggi yillarda “yashil iqtisodiyot” va “yashil energetika” mavzulari Oʻzbekiston oliy ta’lim muassasalarining oʻquv rejalari va dasturlarida oʻz aksini topmoqda. Aminmanki, bioenergetika bugungi kunda barchamiz uchun global masalaga aylanayotgan elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojni qondirishda biqiyos ahamiyat kasb etadi. Oʻz oʻrnida, ushbu sohada yetuk malakali kadrlarni tayyorlash arzon, ishonchli, barqaror va zamonaviy energetikani joriy etishda muhim rol oʻynaydi.
Batafsil: 👉 https://edu.uz/uz/news/view/3330
🇰🇷 한국어로
🇬🇧 in English
🇷🇺 На русском
—
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Talabaga_yengillik
🏠 Andijon davlat universitetining Pedagogika institutida 840 oʻrinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi
✔️ Shuningdek, bu yerda mahalliy tadbirkorlar bilan talaba-qizlarni hunarga oʻrgatish maqsadida tikuvchilik kurslarini tashkil qilish rejalashtirilmoqda.

#Yoshlar_forumi_2021
Germaniyadagi vatandosh yoshlarimiz bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tadi
🔰“O‘zbekiston yoshlari forumi — 2021” doirasida 24-dekabr kuni Zoom platformasi orqali Germaniyada istiqomat qilayotgan va muvaffaqiyatga erishgan vatandoshlarimiz bilan uchrashuv oʻtkaziladi.
✔️ Unda, bugungi kunda oʻz sohasining yetakchi vakillari boʻlgan taniqli yurtdoshlarimiz Tesla kompaniyasi xodimi Mushtariy Sharifova, Humboldt universiteti (Berlin) dotsenti Ahmad Hamidov, Passau shahridagi Rothallmyunster shifoxonasi doktori, kardiolog Bunyodbek Jalolov va boshqalar bilan fikr almashib, ularga o‘z savollaringizni berishingiz mumkin bo‘ladi.
📲 Ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: https://bit.ly/3m8IOt7

20-21-dekabr kunlari Congress Hall binosida “Toshkent yoshlar forumi – 2021” boʻlib oʻtadi
🔰 Forumning dastlabki kuni, 20-dekabr soat 16:00da Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov bilan yoshlar oʻrtasida suhbat boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
📲 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziriga savollarni quyidagi Telegram-bot orqali yuborish mumkin: https://t.iss.one/toshkent21bot

#Yoshlarforumi_2021
UCHINCHI RENESSANS: TAʼLIM — MAMLAKAT TAQDIRI
📢 20-dekabr, soat 16:00da “Tashkent City Congress Hall”da “Toshkent yoshlar forumi – 2021” doirasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov ushbu mavzuda yoshlar bilan muloqot qiladi.
📌Uchrashuv ishtirokchilari yaqin kelajakda oliy va professional ta’limda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan rejalar haqida o‘z fikr va takliflarini o‘rtoqlashadilar.
〰️〰️〰️〰️
УЧИНЧИ РЕНЕССАНС: ТАЪЛИМ — МАМЛАКАТ ТАҚДИРИ
📢 20 декабр, соат 16:00да «Tashkent City Congress Hall»да «Тошкент ёшлар форуми – 2021» доирасида Олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов ушбу мавзуда ёшлар билан мулоқот қилади.
📌 Учрашув иштирокчилари яқин келажакда олий ва профессионал таълимда амалга оширилиши кўзда тутилган режалар ҳақида ўз фикр ва таклифларини ўртоқлашадилар.

⚡️Talabalar uchun aviachiptalarga maxsus chegirma e’lon qilindi
✈️ Unga ko‘ra, o‘z shahridan uzoqda joylashgan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar joriy yilning 28-dekabridan 2022-yilning 10-yanvarigacha Uzbekistan Airways ichki aviaqatnovlariga chiptalarni 50% chegirma bilan xarid qilishlari mumkin.

#Vazir_hisobotidan
TAʼLIM JARAYONINI XALQARO TALABLARGA MOSLASHTIRISH
Oliy taʼlim jarayoni 2020/2021-oʻquv yilidan boshlab qisman, joriy oʻquv yilidan boshlab toʻliq kredit-modul tizimiga oʻtkazildi. Asos sifatida Yevropaning ECTS (European Credit Transfer and Accumulation System) tizimi qabul qilindi.
Mazkur 2 ta standart – “Oliy taʼlimning Davlat taʼlim standarti. Asosiy qoidalar” va “Oliy taʼlimning Davlat taʼlim standarti. Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori” 2021/2022-oʻquv yili boshlanguniga qadar YUNESKO tomonidan joriy etilgan “Taʼlimning xalqaro standart klassifikatsiyasi” (TXSK 2011) hamda “TXSK: Taʼlim va kasbiy tayyorlash sohalari” (TXSK-S 2013) asosida qayta ishlab chiqildi, tasdiqlandi va Davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Oʻquv reja va oʻquv dasturlar tayanch oliy taʼlim muassasalari tomonidan ishlab chiqilib, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanishi amaliyoti bekor qilindi. Oliy taʼlim muassasalariga akademik mustaqillik berilib, 2021/2022-oʻquv yilidan boshlab barcha oʻquv rejalar va oʻquv dasturlar har bir oliy taʼlim muassasasi tomonidan mustaqil ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi tartibi joriy etildi.
Yangi standartlar va malaka talablari asosida kredit-modul tizimiga mos ravishda OTMlar tomonidan 625 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va 634 ta magistratura mutaxassisligi boʻyicha oʻquv rejalar hamda 4,7 mingdan ziyod oʻquv dasturlar ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Kelgusi yillarda:
➖oliy taʼlimning me’yoriy-uslubiy tizimi xalqaro standartlarga muvofiq joriy etiladi va buning natijasida:
mamlakat oliy taʼlim tizimi jahon taʼlim makoniga toʻliq integratsiya qilinadi;
➖xalqaro akademik va ilmiy mobillik huquqiy asosga ega boʻlib, keskin kengayadi;
➖diplomlar, akademik va ilmiy darajalar “konvertatsiyasi” uchun keng imkoniyatlar yaratiladi;
➖taʼlim dasturlarini xalqaro miqyosda uygʻunlashtirish imkoniyatlari kengayadi;
➖mamlakat oliy taʼlim muassasalari xalqaro reytinglarda tengma-teng ishtirok etishi imkoniyatlari yanada oshadi;
➖taʼlim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish imkoniyatlari kengayadi;
➖xalqaro akademik va ilmiy loyihalarni amalga oshirish koʻlami kengayadi;
➖qoʻshma dasturlar asosida oʻqitish imkoniyatlari kengayadi.
Taʼlim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida “Kredit-modul tizimi asosida taʼlim jarayonlarini tashkil etish” boʻyicha qisqa muddatli trenerlar tayyorlash kursi tashkil etildi. Mazkur kurslarda bugungacha 222 nafar trenerlar tayyorlandi.
Oʻquv mashgʻulotlari Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster, Toshkent davlat iqtisodiyot hamda yuridik universitetlari bazasida olib borilmoqda. Kurslarga moderatorlar sifatida ushbu sohada yuqori natijalarga erishgan oliy taʼlim muassasalarining tajribali mutaxassislari jalb etildi.
Professor-oʻqituvchilarning mutaxassislik yoʻnalishlari boʻyicha malakalarini oshirish bilan bir qatorda hozirgi kunda muhim hisoblangan “Masofaviy taʼlimni tashkil etish texnologiyalari”, “Ingliz tili (beginner)”, “Ingliz tili (interrmidiate)” yoʻnalishlari boʻyicha masofaviy kurslarda oʻqish imkoniyati yaratilgan. Ayni vaqtda mazkur kurslardagi tinglovchilar soni 21 000 nafar.
2021-yilda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi hamda oliy taʼlim muassasalarining oʻzaro hamkorlik va grant dasturlari doirasida 1345 nafar professor-oʻqituvchilar xorijiy oliy taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalariga malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun yuborildi. Ularning, 579 nafari Yevropa, 172 nafari Amerika, 82 nafari Osiyo, 512 nafari MDH mamlakatlariga yuborildi.
Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish maqsadida 2021-yilda 1793 nafar xorijlik mutaxassislar oʻquv jarayoniga jalb qilingan boʻlib, ularning 481 nafari Yevropa, 97 nafari Amerika, 263 nafari Osiyo, 952 nafari MDH mamlakatlari professor-oʻqituvchilari va soha mutaxassislari hisoblanadi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 27 nafar talaba yangi yilni Toshkent shahridagi talabalar turar-joyida kutib olmoqda
Maʼlumki, barcha oliy taʼlim muassasalari talabalari qishqi taʼtilga chiqishib, ularning barchasi doimiy yashash joylariga joʻnab ketishdi. Ammo Toshkent shahri va hududlardagi taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan ayrim xorijiy va toʻliq davlat taʼminotidagi talabalar qishki taʼtilni talabalar turar-joyida oʻtkazishmoqda va yangi yilni ham shu yerda kutib olishmoqda.
Shu jumladan, ayni vaqtda 27 nafar xorijiy va toʻliq davlat taʼminotidagi talabalar yangi yilni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining 2-sonli talabalar turar-joyida kutib olmoqda.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov ushbu talabalar holidan xabar olish va ularga bayram kayfiyatini ulashish maqsadida yangi yil arafasida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalar turar-joyiga keldi va ular bilan uchrashib, dildan suhbatlashdi.
Vazir talabalar bilan yaqindan tanishib, samimiy muloqotda boʻlarkan, ularning oʻtib borayotgan yildagi yodda qoladigan taassurotlari, oʻz oldiga qoʻygan orzu-maqsadlari bilan qiziqdi. Suhbat davomida A.Toshqulov ularga bayram tabrigini yoʻllab, oʻqishlariga omad, kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyat tiladi.
Shu oʻrinda, vazirlik nomidan bayram dasturxoni bezatilib, ularga yangi yil bayrami shukuhi va kayfiyati ulashildi.
Maʼlumot oʻrnida, joriy oʻquv yili qishki taʼtil davrida xorijiy va davlat qaramogʻidagi chin yetim hamda nogironligi boʻlgan talabaning har bir viloyatda bittadan turar-joyda uyushgan holda olib qolinishi tashkil etilgan boʻlib, bu kabi tadbirlar hududlardagi OTMda ham izchil davom ettirilmoda.
Ayni bayram arafasida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining talabalar turar-joyida 27 nafar talaba, shundan 5 nafari chin yetim, 22 nafari xorijiy: 13 nafari – Afgʻoniston, 9 nafari – Turkmaniston fuqarolari istiqomat qilmoqda.

#Kompleks_oʻrganish
Respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasalari kompleks oʻrganiladi
Bugundan boshlab Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov va Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Toshkenboyev boshchiligida tuzilgan ishchi guruh tomonidan respublika oliy taʼlim muassasalarining barchasi 23 ta mezon asosida tanqidiy, tahliliy oʻrganiladi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube