Edu.uz | Lotin
519 subscribers
815 photos
128 videos
16 files
517 links
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yangiliklari/Новости Министерства высшего и среднего специального образования

📞 1006
📧 [email protected]
🌐 www.edu.uz
📲 instagram.com/edu.uz/
📲 facebook.com/eduuzrasmiy
📲 https://youtube.com/c/eduuz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi | O‘zbekiston qahramoni Shavkat Ayupov bilan suhbat

Youtube'da (HD formatda) ko‘rish
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️ Rasman bir necha daqiqalardan soʻng mandat eʼlon qilina boshlaydi!

🔰 2021-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalarini 15:00 dan boshlab bilish mumkin.

Natijalar quyidagi jadvalga muvofiq e’lon qilinadi:

👉 15:00 dan – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari;

👉 16:00 dan – Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlari;

👉 17:00 dan – Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahri.
________
➡️ @eduuz
Mandatni qanday bilsam boʻladi?

☝️Tanlov natijalarini quyidagi usullar orqali bilish mumkin:

1️⃣ my.dtm.uz sayti orqali:

my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali:

mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2021” bo‘limidan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

👉 @mandat2021bot
👉 @mandat2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot

4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

5️⃣ QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

6️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

✔️ Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
_____
Kanalga ulanish: 👇
https://t.iss.one/joinchat/Rfn4C07nmVy_NS2j
#Intervyu

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot xizmati rahbari Sardorbek Usmanov Kun.uz muxbiriga Prezidentimizning yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyalash borasidagi farmonida belgilangan ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTM talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishi vazifasi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berdi.
____________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qonunchilik_yangiliklari

OTMlar huzurida 24 ta texnikum tashkil etiladi

“Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻrtasida taʼlim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-5241, 31.08.2021) qabul qilindi.

🔰 Qarorga koʻra, 2021/2022 oʻquv yilidan:

oliy taʼlim muassasalari huzurida 24 ta texnikum tashkil etiladi;

turdosh OTM hamda asosiy yoʻnalishlari boʻyicha tarmoq tashkilotlariga 213 ta texnikum biriktiriladi;

Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Jizzax xizmat koʻrsatish va servis texnikumi tugatilib, uning barcha mol-mulki TATU huzuridagi Jizzax axborot texnologiyalari texnikumiga oʻtkaziladi;

texnikumlar va akademik litseylarda malaka talablari, oʻquv reja va dasturlar, oʻquv-me’yoriy hujjatlar tayanch OTM tomonidan ishlab chiqiladi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;

OTMlar oʻzlariga biriktirilgan texnikumlarni oʻquv-metodik hujjatlar bilan taʼminlaydi.

☑️ Shuningdek, qarorga muvofiq 2022/2023 oʻquv yilidan quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilgan:

🔸 texnikumlarga qabul parametrlarini shakllantirishda qurilish, transport, qishloq xoʻjaligi, yengil sanoat, xizmat koʻrsatish va axborot texnologiyalari kabi sohalarda oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlashning davlat buyurtmasini bosqichma-bosqich koʻpaytirish;

🔸 OTMga oʻqishga kirmagan maktablarning 11-sinf bitiruvchilarini texnikumlar va kollejlarda birinchi kasb yoki mutaxassisliklar boʻyicha bepul oʻqitish.
____________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Oʻqishni_koʻchirish

⚠️ RESPUBLIKA DAVLAT OLIY TAʼLIM MUASSASALARIARO OʻQISHINI KOʻCHIRISH (TIKLASH) BOʻYICHA ROʻYXATDAN OʻTGANLAR DIQQATIGA !!!

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi vakolatidagi talabalar oʻqishini koʻchirish boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan arizalar (oliy taʼlim muassasalaridan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi oliy taʼlim muassasalariga mos va turdosh yoʻnalishlar boʻyicha) vazirlik komissiyasi tomonidan koʻrib chiqildi.

Koʻrib chiqish natijalari ariza mualliflariga quyidagi tartibda eʼlon qilinadi:

Oʻqishi koʻchirilishi tavsiya etilmaganligi boʻyicha maʼlumotlar ariza mualliflarining transfer.edu.uz elektron tizimidagi shaxsiy kabinetlariga yuboriladi. Shunga koʻra ushbu toifadagi talabalar 2021-yil 5-sentabr kuni soat 10:00 dan boshlab arizalarining koʻrib chiqish natijalari boʻyicha shaxsiy kabinetlari orqali maʼlumot olishlari mumkin.

Oʻqishi koʻchirilishi tavsiya etilgan talabalar roʻyxati 2021-yil 6-sentabr kuni 16:00 dan boshlab talabalar oʻqishi koʻchirilishi soʻralgan oliy taʼlim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.

Oʻqishi koʻchirilishi tavsiya etilgan talabalarning bazaviy yoki tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida koʻchirilishi muayyan oliy taʼlim muassasasi tomonidan uzrli sabablarni asoslovchi hujjatlarning asli koʻrib chiqilgandan soʻng belgilanadi.
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Tanlov

“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichlari o‘tkazilmoqda

Ma’lumki, shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” tanlovining tuman-shahar bosqichlari o‘tkazilmoqda.

Mamlakatimiz mustaqilligining 30 yillik bayrami arafasida tanlovning So‘x va Termizda tuman bosqichi o‘tkazildi va g‘oliblar aniqlandi.

👉 Batafsil
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
⚡️ Rasman magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari eʼlon qilindi

📌 2021-2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi.

Imtihonlarda ishtirok etgan talabgorlar tanlov natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin.

1️⃣ magistr.dtm.uz sayti orqali:

magistr.dtm.uz saytiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali:

mandat.dtm.uz saytining “Magistratura-2021” bo‘limidan talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (talabgorning ID raqamini yuborgan holda):

👉 @mandat2021bot
👉 @mandat_2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot

4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Munosabat

YANGI O‘ZBEKISTONDA TA‘LIMGA YANGICHA YONDASHUV!

Keyingi yillarda ta'lim tizimiga yondashuv ushbu sohadagi faoliyatimiz mezoniga aylandi. Muhtaram Prezidentimiz davlat mustaqilligimizning 30 yilligi bayramiga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbirida so‘zlagan nutqlarida “Chindan ham, agar biz ta'limni o‘zgartirsak, ta'lim insonni o‘zgartiradi. Inson o‘zgarsa – butun jamiyatimiz o‘zgaradi” – degan fikrlarni ta'kidlab o‘tdilar.

Toshkent davlat stomatologiya instituti ham yosh va umidli oliy ta'lim muassasalaridan biridir. So‘nggi uch yilda institutda talabalar kontingenti 1600 tadan, qariyb 4200 taga yetdi. Shuning o‘zi sohaga qiziqish va institutga bo‘lgan intilishni ko‘rsatadi.

👉 Batafsil
_______
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul_2021 |#Double_degree

Abituriyentlar diqqatiga‼️

O‘zbekiston milliy universiteti O‘zbek-Isroil qo’shma fakultetiga qabul jarayoni 15-sentabrga qadar DAVOM ETADI

🔷Hujjatlar 15-sentabrga qadar https://admission.nuuhit.uz/ internet manzili orqali quydagi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha onlayn qabul qilinadi:

💻Kompyuter bilimlari (Computer Science) — kvota 30 ta, 2,5-1,5 dastur;

📊Texnologiyalar menejmenti (Technology Management) — kvota 30 ta, 3-2 dastur;

📈Muhandislik matematikasi (Engineering Mathematics) — kvota 30ta, 2,5-1,5 dastur.

👉Batafsil
〰️〰️〰️〰️
ВНИМАНИЕ, АБИТУРИЕНТЫ‼️

Продолжается приём документов на Узбекское-Израильский совместный факультет Национального университета Узбекистана до 15 сентября

🔷 Документы принимаются до 15 сентября (этот день включительно). Можно Зарегистрироваться в этот университет по ссылке https://admission.nuuhit.uz/ по нижеприведённым направлениям:

💻Компьютерные науки (Computer Science) — квота 30, 2,5-1,5 программа;

📊Менеджмент технологий (Technology Management) — квота 30, 3-2 программа;

📈Инженерная математика (Engineering Mathematics) — квота 30, 2,5-1,5 программа.

👉Подробно
〰️〰️〰️
ATTENTION TO APPLICANTS‼️

Admission for Uzbek-Israel joint faculty of National University of Uzbekistan continues until September 15

🔷Documents are accepted to September 15. You can register to this university using the link https://admission.nuuhit.uz/ to following courses:

💻Computer Science — 30 places, 2,5-1,5 program;

📊 Technology Management — 30 places, 3-2 program;

📈Engineering Mathematics — 30 places, 2,5-1,5 program.

Ma'lumot uchun: |Контакты: |Contacts:

🌐www.nuuhit.uz;📱t.iss.one/uzbek_israel_joint_faculty; 📞+99894-605-34-83, +99890-910-06-03
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Zo‘ravonlikka yo‘l yo‘q!» kanallari kimlar uchun?

🔰Xabaringiz bor, xotin-qizlar, qolaversa, gender zo‘ravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashishga targ‘ib etish maqsadida Telegram, Fecebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida «Zo‘ravonlikka yo‘l yo‘q!» kanallari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

🔘Kanallar zo‘ravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashish masalasi bilan bevosita va bilvosita daxldor bo‘lgan davlat-nodavlat idora va tashkilotlar, jurnalist va blogerlar hamda keng omma uchun ochilgan.

➡️Kanallarda siz yoki yaqinlaringiz, oilada yoxud ish joyingizda gender zo‘ravonlikka uchragan taqdiringizda, kerakli huquqiy yordam, amaliy ma’lumot va kimga, qaerga murojaat qilish kerakligi haqida zarur axborotlarga ega bo‘lishingiz mumkin. Bu yerda mamlakatimiz va jahon miqyosida gender tenglikni ta’minlash va gender zo‘ravonlikka qarshi kurashishga oid eng so‘nggi yangilik va xabarlar, videoroliklar, fotosuratlar, mutaxassis fikrlari joylashtirib boriladi.
________
➡️ @eduuz
Forwarded from Edu.uz
YILLIK TO'LOV-KONTRAKT.pdf
870.9 KB
⚡️⚡️DIQQAT MUHIM YANGILIK!!!

📌 Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 6-son bayoni bilan pandemiya sharoitida respublika aholisining toʻlov qobiliyati pasayganligini hisobga olib, farzandi toʻlov-kontrakt asosida oʻqiydigan oilalarga yengillik yaratish va ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida, istisno tariqasida, 2021/2022-oʻquv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) boʻyicha bitta talabani toʻlov-kontrakt shaklida bir yillik oʻqitish qiymati miqdorlari tasdiqlandi.

✔️ Bunda, oliy ta’lim muassasalarining KUNDUZGI ta’lim shaklida tahsil olib (bakalavriat va magistratura), 2021-yil 1-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) talabalarga 2021/2022-oʻquv yili uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga 10 foiz chegirma berilishi belgilandi.
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Taqqoslama jadval_2021-2022.pdf
666.2 KB
⚡️⚡️⚡️DIQQAT MUHIM!!!

📌Davlat oliy ta’lim muassasalarida 2021/2022-oʻquv yili uchun KUNDUZgi ta’lim shaklida bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha bir talabani bir yillik oʻqitish qiymati miqdorlarining TAQQOSLASH JADVALI ilova qilinmoqda.

✔️Bunda siz joriy yil uchun belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorini 2020/2021-oʻquv yili bilan solishtirish imkoniga ega boʻlasiz.
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Turar_joy_dayjesti

🔰Bugungi kunda har bir OTM uchun talabalarni turar-joy bilan ta’minlash asosiy va dolzarb masala bo‘lib turibdi. Talabalarga qulaylik yaratish, ular uchun talabalar turar-joyidan joy olish imkonini berish, ijaraga turar-joy topishda ko‘maklashish maqsadida oliy ta’lim muassasalari tomonidan amaliy ko‘mak tadbirlari yְo‘lga qo‘yildi.

🔸Jizzax politexnika institutida talabalarning talabalar turar-joyiga joylashishi va ijaraga turar-joy topishida ko‘maklashish bo‘yicha ovozli chat tashkil etildi.

🔹Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filialida talabalarni turar-joy bilan ta’minlash bo‘yicha shtab tashkil etildi.

🔸Toshkent iqtisodiyot universitetining qo‘shimcha uyi borlarga murojaati: “Xonadoningizga bizning talaba yoshlarni ijaraga joylashtirsangiz, butun yashash vaqtidagi nazoratni o‘z zimmamizga olamiz”.

🔹Jizzax davlat pedagogika instituti prorektori bilan talabalarni yashash joyi bilan ta’minlash yuzasidan ovozli chat tashkil qilindi.

🔸Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti prorektori bilan talabalarni yashash joyi bilan ta’minlash yuzasidan ovozli chat tashkil qilindi.

🔹Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalar turar-joyiga talabalarni joylashtirishda adolat, halollik va oshkoralikni ta'minlash maqsadida hujjatlarni elektron platforma orqali qabul qilishni yo‘lga qo‘ydi.

🔸TIQXMMI Buxoro filiali direktori talabalar turar-joyida bo‘lib, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va talabalarni yotoqxonaga joylashtirish jarayonini ko‘zdan kechirdi.

🔹Urganch davlat universitetida talabalar turar-joyiga talabalarni joylashtirish adolat, halollik va oshkoralik mexanizmi asosida amalga oshirilmoqda.

🔸Andijon davlat tibbiyot instituti talabalar turar-joyiga bir kunda 131 nafar talaba joylashtirildi.

🔹Guliston davlat universiteti yoshlar yetakchisi talabalar turar-joyida ochiq muloqot o‘tkazdi.

🔸Namangan davlat universiteti rahbariyati tomonidan talabalarga qulaylik yaratish maqsadida yotoqxona uchun belgilangan toʻlov miqdoriga chegirma belgilandi.

🔹Milliy rassomlik va dizayn instituti prorektori ishtirokida talabalarni turar-joyi bilan qamrab olish mavzusida ovozli chat tashkil qilindi.

🔸Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti prorektori bilan talabalarni turar-joy bilan ta’minlash masalasida ovozli chat tashkil etildi.

🔹Toshkent tibbiyot akademiyasi prorektori bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘lib o‘tgan onlayn muloqotda talabalarni turar-joy va ijaraga joylashtirishdagi imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

🔸Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus filiali direktor o‘rinbosari bilan telegram kanali orqali talabalar turar-joyiga talabalarning joylashtirilishi tartibi mavzusi doirasida ovozli chat o‘tkazildi.

🔹TIQXMMI Qarshi filiali direktor o‘rinbosari bilan talabalarni turar-joy bilan ta’minlash mavzusida ovozli chat o‘tkazildi.

🔸O‘zbekiston milliy universiteti prorektorlari bilan talabalar turar-joyiga joylashtirish tartiblari mavzusida ovozli chat o‘tkazildi.

🔹Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rasmiy telegram kanalida talabalarning turar-joyga joylashishi va ijaraga turar-joy topishida ko‘maklashish bo‘yicha ovozli chat tashkil etildi.
#Qonunchilik_yangiliklari

Prezident stipendiyasi yoki nomli davlat stipendiyasi sohiblari davlat OTM magistraturasiga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.

🔘 Farmonga koʻra, 2021/2022-oʻquv yilidan:

▶️ Prezident davlat stipendiyasi kvotasi:

tayanch doktoranturada oʻqiyotgan doktorantlar va magistratura bosqichi talabalari uchun 2 barobarga oshirilib, tegishlicha 10 ta va 22 ta etib;

bakalavriat bosqichi talabalari uchun esa har bir OTMga bittadan etib belgilandi;

☑️ Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi OTMda tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi Toʻlepbergen Qaipbergenov hamda Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari joriy etildi.

➡️ Prezident stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari davlat OTMning qoʻshma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan hamda respublikadagi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallari va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham tatbiq etiladi.

🎓 Shunga koʻra, mazkur ta’lim muassasalarini tamomlagan Prezident stipendiyasi yoki nomli davlat stipendiyasi sohibi boʻlgan talabalar ham davlat OTM magistraturasiga bakalavriatning ta’lim yoʻnalishiga mos va turdosh mutaxassislik boʻyicha kirish imtihonlarisiz qoʻshimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.

➡️ Batafsil
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qonunchilik_yangiliklari

Talabalarni turar joy bilan qamrab olish mexanizmi takommillashtiriladi

Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Axborot xizmati rahbari Sardor Usmanov va Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadritdin Turabdjanovlar sharh berdi.
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Toshkent davlat texnika universiteti qoʻshma taʼlim dasturlari asosida 2+2 formatida oʻqishga taklif etadi

▪️Bugungi kunda Toshkent davlat texnika univeriteti chet elning 7 ta nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda 19 ta taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻygan.

🔸2021/2022- oʻquv yilida Toshkent davlat texnika universitetida tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlari uchun ajratilgan qabul kvotalari hamkor OTM bilan kelishilgan holda rasman tasdiqlandi.

🗓 Ushbu dasturlarga qabul jarayoni 2021-yilning 26-sentabriga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

📌 Abituriyentlar quyidagi qoʻshma taʼlim dasturlari asosida tashkil etilgan taʼlim yoʻnalishlariga hujjat topshirishlari mumkin:

🔘Bakalavriat uchun:

➡️ Belarus Respublikasining Belarus milliy texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar boʻyicha)”, “Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish”, “Avtomobilsozlik va traktor sozlik”, “Biotibbiyot muhandisligi”, “Energiya mashinasozligi”;

➡️ Belarus Respublikasining Belarus davlat texnologiyalar universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va soxalar boʻyicha)”, “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar boʻyicha)”, “Biotexnologiya”;

➡️ Rossiya Federatsiyasining Milliy tadqiqot universiteti “Moskva energetika instituti” bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Elektr energetikasi”;

➡️ Rossiya Federatsiyasining Don davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Tehnologik mashina va jihozlar (oziq-ovqat sanoati mashina va apparatlari)”, “Transport vositalari muhandisligi (qishloq xoʻjaligi texnikalari ekspluatatsiyasi)”, “Transport vositalari muhandisligi (qishloq xoʻjaligi texnikalariga texnik xizmat koʻrsatish)”.

➡️ Rossiya Federatsiyasinig Ufa davlat neft-texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Neft va gaz ishi (faoliyat turlari boʻyicha)”;

➡️ Xitoy xalq Respublikasining Shimoliy Xitoy texnologiyalar universiteti bilan hamkorlika “Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va soxalar boʻyicha)”.

🔘 Magistratura mutaxassisligi uchun:

➡️ Rossiya Federatsiyasining Don davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Er usti transport vositalari va tizimlari” (transport turlari boʻyicha);

➡️ Belarus Respublikasining Belarus milliy texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Metallurgiya (metal turlari boʻyicha)”;

➡️ Rossiya Federatsiyasinig Ufa davlat neft-texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish”, “Neft va gaz konlarini qidiruv razvedka ishlarinig geofizik usullari”;

➡️ Koreya Respublikasining Chungnam milliy universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Elektr taʼminot (tarmoqlar boʻyicha)”, “Muqobil energiya manbalari”.

Batafsil maʼlumot:

📞 Telefon: 71 207-54-00, +998 99 743 88 80, 90 371-32-20
🌐 Sayt: www.sop.tdtu.uz
📱 Telegram: @sop_tgtu
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#FAQ |#Foydali

Vazirlik “Call-center”iga eng ko‘p kelib tushayotgan savollardan

Bilasizmi?

▪️OTMda talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi Nizomga koʻra, yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi boʻyicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.

🔸Talaba uzrli sabablarga koʻra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.

🔹Bitiruvchi kurs boʻlmagan talabalar kuzgi semestr natijalari boʻyicha 3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi boʻlgan hollarda talabaga bir oygacha, bahorgi semestr natijalari boʻyicha 3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi boʻlgan talabaga tegishli fan (fanlar) boʻyicha oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turlarini yangi oʻquv yili boshidan qayta topshirish uchun 1 oy muddat beriladi.

🔸Bitiruvchi kurs talabalariga bahorgi semestr natijalari boʻyicha oʻzlashtirmagan fandan (fanlardan) qayta topshirish uchun yakuniy davlat attestatsiyasi boshlangunga qadar ruxsat beriladi.

🔹Fanlardan akademik qarzdorligi 4 ta va undan koʻp boʻlgan talabalarga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi va ular oliy taʼlim muassasasi rektorining (boshligʻining, filial direktorining) buyrugʻi bilan kursdan qoldiriladi.
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube