#Xizmat_safari
Talabalar uchun 300 oʻrinli yotoqxona quriladi
Vazir oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov yangidan qurilayotgan 300 oʻrinli talabalar turar-joyining qurilish ishlari va loyihalari bilan tanishish maqsadida Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filialida boʻldi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Talaba_eʼtiborda
Xabaringiz bor, 7-fevraldan boshlab 24-fevralga qadar mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonlari ishlab chiqilgan reja-grafik asosida ham anʼanaviy, ham masofaviy shaklda olib borilishi maʼlum qilingan edi. Bunda dars mashgʻulotlari 24-fevraldan toʻliq anʼanaviy (oflayn) tarzga oʻtkaziladi.
Ayni kunlarda talabalar oliy taʼlim muassasalari yotoqxona hamda ijara xonadonlariga qaytmoqdalar.
Barcha oliygohlarda talabalarning yetib kelishi boʻyicha grafiklar tuzilgan boʻlib, ishlar prorektorlar, dekanlar, boʻlim boshliqlari va tyutorlar jamoasidan iborat guruhlar tomonidan toʻliq nazoratga olingan.
Yotoqxonalarga qaytgan talabalar uchun dasturxon tuzalib, osh va boshqa tansiq taomlar tortildi. Dasturxon atrofida samimiy suhbat qurilib, ularga koʻtarinki kayfiyat ulashildi.

Talabalarni qizgʻin kutib olish jarayonlaridan Foto&Videolavha

Tantanali marosimda vazir oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, institut jamoasi va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Kelgusida institutning 5 qavatli, 1250 oʻringa moʻljallangan yangi talabalar turar-joylari qurilishi rejalashtirilgan.
👉 Batafsil
—
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

#anʼanaviy_taʼlim
Talabalar turar joylarida 24 soatlik navbatchilik tashkil etilgan
Maʼlumki, 2022-yil 7-fevraldan boshlab barcha taʼlim tashkilotlarida oʻquv jarayoni bosqichma-bosqich anʼanaviy shaklga oʻtkazilmoqda.
Hududlardan kelib tahsil olayotgan talabalarning joylashishi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan toʻliq nazoratga olingan.
Shuningdek, talabalarga qulaylik yaratish, doimiy yashash hududidan taʼlim muassasalariga istalgan vaqtda yetib kelishlarini muvofiqlashtirish maqsadida oliy taʼlim muassasalari talabalar turar joylarida jadval asosida tyutorlar jamoasidan iborat 24 soatlik navbatchilik tashkil etilgan.
Bundan tashqari, talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish sektori tomonidan ijara uy topishga qiynalayotgan talabalar muammolarini bartaraf qilish uchun mahalla raislari va IIB profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.
Bugungi kunga kelib, hududlardan 36 738 nafar talaba Toshkent shahriga yetib kelgan. Ularning 10 032 nafari oliy taʼlim muassasalaridagi talabalar turar joylariga, 18 204 nafari ijara xonadonlariga, 8 502 nafari yaqin qarindoshlarinikiga joylashgan.

⚡️Ogoh bo‘ling, aldanib qolmang!
Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!
So‘nggi kunlarda fuqarolarni aldab, texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, moddiy manfaat orttirishga harakat qilayotgan firibgarlar uchramoqda.
Xususan, shu kunlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda Buxoro tibbiyot va Samarqand temir yo‘l texnikumlariga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, fuqarolardan pul olayotgan shaxslar ushlandi.
Shu o‘rinda, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mazkur holatlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
2021/2022 o‘quv yilida kollej va texnikumlarga qo‘shimcha kvotalar ajratish rejalashtirilmagan.
(Ma’lumot uchun, joriy o‘quv yili qabulida kollej va texnikumlarga kirish test sinovlarida ishtirok etib, o‘qishga kirolmagan abiturientlarning murojaatlariga ko‘ra, istisno tariqasida, ularni vakant o‘rinlarga o‘qishga qabul qilish jarayoni tugagan).
Bugungi kunda kollej va texnikumlarga abiturientlarni o‘qishga qabul qilish to‘liq to‘xtatilgan. Qo‘shimcha qabul ham rejalashtirilayotgani yo‘q.
Shu sababli barcha ota-onalar va abituriyentlardan bu kabi aldovlarga uchmasliklarini so‘rab qolamiz!
☝️Unutmang, qonunlarimizda pora bergan ham pora olgan bilan teng jazoga tortiladi.

#Alisher_Navoiy
#581_yilligi
Navoiyni yod etib...
Ayni damda poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavalludining 581-yilligi munosabati bilan adabiy-maʼrifiy kecha boʻlib oʻtmoqda.
Unda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi masʼullari, davlat va jamoat arboblari, shoir, yozuvchilar, adabiyotshunoslar, talaba va oʻquvchilar, ijodiy tashkilotlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.
Tadbir davomida sheʼriyat mulkining sultoni Alisher Navoiy haykali poyiga gul qoʻyish marosimi oʻtkazildi. Xiyobondagi atoqli adiblarning haykallari oldida yozuvchi va shoirlar, oliy oʻquv yurtlarining professor-oʻqituvchilari, talabalari ishtirokida adabiyot va kitobxonlik tadbirlari ham tashkil etilmoqda.