Edu.uz | Lotin
519 subscribers
815 photos
128 videos
16 files
517 links
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yangiliklari/Новости Министерства высшего и среднего специального образования

📞 1006
📧 [email protected]
🌐 www.edu.uz
📲 instagram.com/edu.uz/
📲 facebook.com/eduuzrasmiy
📲 https://youtube.com/c/eduuz
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vaziri bilan oliy ta’limdagi masalalar muhokama qilindi
Xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigirma ikkinchi yigʻilishi munosabati bilan Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Moskva shahrida boʻlib turibdi.

Tashrif dasturi doirasida ikki mamlakat vazirlik va idoralari rahbarlari ishtirokida turli uchrashuvlar tashkil etildi. Xususan, Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri A.Toshqulov bilan Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vaziri Valeriy Falkov oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida ikki tomon ham fan va ta’lim sohasida amalga oshirilgan ishlar, yutuqlar, soha istiqbollari haqida soʻz yuritishdi. Jumladan, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik jadal rivojlanayotgani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, Oʻzbekistonda Rossiya oliy ta’lim muassasalari filiallari ochilishi va faoliyat yuritishining konseptual masalalari, ilmiy tadqiqot sohasidagi hamkorlik va bugungi kun sharoitida ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari hamkorligining innovatsion mexanizmlari muhokama qilindi.

Qayd etish lozimki, bugungi kunda mamlakatimizda Rossiya oliy ta’lim muassasalari filiallarining soni 15 taga yetdi. Bundan tashqari, Rossiyaning 48 ta oliy oʻquv yurtlari bilan respublikamizning 31 ta oliy oʻquv yurtlarida qoʻshma ta’lim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash amalga oshirilmoqda.

На русском 👈

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Talabaga_yengillik

Toshkent shahridagi Inha universiteti TTJ (talabalar turar joyi)da yashovchi talabalari uchun bepul avtobus

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalar uchun birinchi marta TTJ va universitet yoʻnalishi boʻyicha bepul transport yo‘lga qo‘ydi.

Yotoqxonada yashovchi barcha talabalar uchun avtobus har kuni ertalab va kechqurun yoʻlga tushadi.

Free shuttle bus for IUT students living in the dormitory

For the first time Inha University in Tashkent has launched a free transfer for students on the route from the dormitory to Inha University in Tashkent.

The bus will run daily in the morning and in the evening for all the students living in the dormitory.

Бесплатный автобус для студентов УИТ, проживающих в общежитии

Университет Инха в Ташкенте впервые запустил бесплатный трансфер для студентов по маршруту общежитие - Университет Инха в Ташкенте - общежитие.

Автобус будет ходить ежедневно утром и вечером для всех желающих студентов, проживающих в общежитии.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
TDAU Termiz filialiga mustaqil institut maqomi berildi

Prezident qarori (PQ-5269-son, 28.10.2021) bilan Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali negizida Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti tashkil etildi.

🔰Institutda 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab:

🔸bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida ta’limning kredit-modul tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bunda, talabalar uchun haftaning shanba kuni mustaqil o‘zlashtirish kuni deb belgilanadi;

🔸xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan qo‘shma ta’lim dasturlarining o‘quv rejalari va fan dasturlari xorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda mustaqil tasdiqlanadi.

Institut faoliyati Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.

➡️ 2022 yil yakuniga qadar Institutda talabalar, magistrlar va ilmiy izlanuvchilar hamda yosh professor-o‘qituvchilarning ilmiy ishlanmalari asosida loyihalarning startaplarini yaratish va amaliyotga tatbiq etish bilan shug‘ullanuvchi IT-inkubator ilmiy innovatsion markazi tashkil etiladi.

🔹Institutga qabul parametrlari belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

❗️Institutning “Anorchilik” yo‘nalishidagi professor-o‘qituvchilari va tahsil olayotgan yosh olimlari anor yetishtirish tajribasini o‘rganish uchun ilg‘or xorijiy davlatlarga malaka oshirish kurslariga va stajirovkalarga yuboriladi.

👨‍🎓Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialining barcha talabalari Institutning mos ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga o‘tkaziladi hamda 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Institut diplomi beriladi.
___
👉 Eduuzdan yiroqlashmang!
#Eduuz_tavsiyaetadi

Sening joying Qoʻyliqda emas, o‘qi”

Navoiy viloyatidanman. 2019-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga oʻqishga kirdim. Oilaviy sharoitim tufayli xarajatlarimni qoplash uchun ishlashga toʻgʻri keldi. Ish qidira boshladim, ammo qayerga bormay “student kerak emas” deb qaytaraverishdi. Qancha harakat qilmay tayinli ish topa olmadim. Oxiri mardikorlikka chiqishga qaror qildim.

Oʻsha kuni ertalabdan yomgʻir yogʻgandi. Bunday ob-havo sabab kunlik ishlarning narxi oshardi, ammo ishga olib ketuvchilar ham shunga yarasha koʻp boʻlmasdi. Bir payt oldimizga Spark kelib toʻxtadi. “80 ming soʻm beraman, yertoʻlani tozalash kerak” dedi va ish joyining suratini koʻrsatdi. Ochigʻi, ish bu narxga arzimasdi, ya’ni bu yumushni bajarish uchun koʻproq pul toʻlanishi kerak aslida. Biroq ishni hech kim olmadi. Qaytib ketishga pulim yoʻqligi uchun men rozi boʻlib qoʻya qoldim.

Mahmud aka (meni ishga olib ketgan odam) shinavanda, ustiga ustak iqtisodchi, Kanadada firmasi bor ekan. Tezda chiqishib ketdim. Toʻytepagacha Oʻzbekiston iqtisodiyoti haqida suhbatlashib ketdik.

Manzilga yetgach, tezda ish boshladim. Mahmud akaning men bilan suhbatlashgisi keldi, shekilli, yonimga kelib yordam berishga kirishib ketdi. Gaplashib, qanday ishni tugatganimizni bilmay qoldik. Gap bilan boʻlib, soat 21:00 boʻlganini sezmabman ham. Mahmud akaga yotoqxonaga 22:00 dan keyin kirgizmasligini, tez ketishim kerakligini aytdim. Aka esa “Uyda bir oʻzimman. Oilam Kanadada. Agar xohlasang qolishing mumkin, ertalab oʻqishga ketaverasan” dedi.

Shunday qilib, Mahmud akanikida qoladigan boʻldim. Tun yarmiga qadar suhbatlashib oʻtirdik. Oʻsha kuni kitoblardagidan koʻp bilimga ega boʻldimki, menga endi ishlagan pulim ham kerak emasdi. Ammo moddiy sharoitim bunga yoʻl qoʻymasdi.

Tong otdi. Ertalab uydan chiqib ketayotgan vaqtim Mahmud aka qoʻlimga bir bogʻlam ming soʻmlik pul tutqazdi va “Kechgacha ishlaganing uchun mana 100 ming soʻm. Pulni sanama, oʻzimga toʻgʻri odamman” dedi. Shu sabab pulni sanamay, rahmat aytib uydan chiqib ketdim. Yotoqxonaga yetib borib, pulni sanamoqchi boʻldim. Qarasam, ikkita 100 dollarlik pul qatlab qoʻyilgan ekan. Bitta ming soʻmlikka esa “Sening joying Qoʻyliqda emas, oʻqi” deb yozilgan edi.

«Daryo» «Yaxshilik» loyihasi

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Channel name was changed to «Edu.uz | Lotin»
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_forumi_2021

⚡️“O‘zbekiston yoshlari forumi-2021”ga tez kunlarda start beriladi!

❗️Qadrli talaba-yoshlar, aziz o‘quvchilar 18-dekabrdan 25-dekabrga qadar yilning eng qaynoq va unutilmas voqeligi — “O‘zbekiston yoshlari forumi-2021” boshlanmoqda.

📲 O‘z takliflaringizni yuboring va forumda ishtirok etish imkoniga ega bo‘ling!

📩 Takliflar uchun havola 👉 https://bit.ly/3GboFtY

Mazkur forumni o‘tkazishdan asosiy maqsad yoshlarning g‘oya va takliflarini eshitish uchun keng platforma yaratish, zamon qahramonlarini kashf etish, ularning ilmiy va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish va mamlakatdagi yangilanishlarga faol jalb qilishdan iborat.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Talaba_uchun_foydali

⚡️ ⚡️ Har bir talabaga “feedback” kerak, tanqid emas.

🔰Bugun kundalik hayotimizda “feedback” (“fidbek”) iborasi tez-tez uchrab turadi.

✳️ Masalan, siz maqola chop ettirdingiz, yoki yangi mahsulot ishlab chiqdingiz, jamoatchilikning unga bo‘lgan fikri, mulohazasi, javoban bildirilgan munosabati “feedback” deb ataladi.

⚠️ Bu har doim ham “tanqid” degani emas. Yoki, agar tanqid qilinmasa, bu fidbek boʻlmaydi deyish notoʻgʻri.

🌐 G‘arb universitetlarida bir ibora bor: Har bir talabaga “feedback” kerak, tanqid yoki hukm emas❗️

🇬🇧Every student needs feedback, not criticism or judgment
❗️

Chunki o‘rni kelganida, hurmat va izzat bilan berilgan munosabat uni qabul qiluvchiga oʻziga xos “yoʻl-yoʻriq” sifatida foydali boʻlishi mumkin.

👉 Bunday “feedback” yoʻl qoʻyilgan xatolarni tuzatuvchi vosita ham boʻlishi mumkin.

☝️ Shuning uchun, konstruktiv fikrlaydigan insonlar “feedback” berganida, talaba ham uni konstruktiv qabul qilishi kerak.

©Manba
____
👉 @eduuz
#Tanlov

Tayanch doktorantlar uchun Prezident davlat stipendiyalari tanloviga hujjatlar qabuli boshlandi!

🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari tanloviga hujjatlar 2021-yil 6-12-dekabr kunlari https://doktorantura.edu.uz/ elektron platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.

❗️Talabgorlarning hujjatlari platformaga tegishli oliy ta’lim muassasasi (filial), ilmiy tashkilotlarning mas’ul xodimlari tomonidan kiritiladi.

▪️Tanlov yo‘nalishlari:

✔️ Tabiiy va aniq fanlar (3 ta kvota)
✔️ Ijtimoiy-gumanitar fanlar (3 ta kvota)
✔️ Texnika va texnologiya (2 ta kvota)
✔️ Sog‘liqni saqlash (1 ta kvota)
✔️ Qishloq xo‘jaligi (1 ta kvota)

➡️ Tayanch doktorantlarga Prezident davlat stipendiyalarini tayinlash uchun belgilangan mezonlar va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risida quyidagi havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin: 👉 https://lex.uz/acts/-1399382

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Professional_taʼlim

PROFESSIONAL TA’LIMDA OZIQ-OVQAT SANOATI YO‘NALISHI BO‘YICHA DUAL TA’LIM ASOSIDA KADRLAR TAYYORLASH YUZASIDAN ANJUMAN O‘TKAZILDI

Mazkur anjumanda, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, PECA loyihasi bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari ekspertlari, ish beruvchilar vakillari hamda professional ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.

Oziq-ovqat sanoatida dual ta’limni joriy etish, kasb standartlarini ishlab chiqish hamda ta’lim dasturlarini Germaniya tajribasi asosda takomillashtirish masalalari muhokama etildi va tavsiyalar berildi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Muxammadjon Tolibovich Parpiyev Andijon davlat universiteti Pedagogika instituti direktorining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Muxammadjon Parpiyev 1989-yil Andijon viloyatida tug‘ilgan. 2012-yilda O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.

Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Jamshid Shuhratovich Shonazarov Qarshi davlat universiteti Pedagogika instituti direktorining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Jamshid Shonazarov 1981-yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 2007-yilda O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.

Falsafa fanlari nomzodi, dotsent.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Odil Jo‘rayevich Pirimov Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali direktorining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Odil Pirimov 1978-yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 2002-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutini tamomlagan.

Texnika fanlari doktori, dotsent.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Alijon Madaminovich Baboyev O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali direktorining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Alijon Baboyev 1977-yil Xorazm viloyatida tug‘ilgan. 2001-yilda Toshkent avtomobil va yo‘llar institutini tamomlagan.

Texnika fanlari nomzodi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xizmat_safari

TDTU Olmaliq filialining moddiy-texnik bazasi o‘rganildi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasi hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni amaliy o‘rganish maqsadida Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida bo‘ldi.

Filial faoliyat ko‘rsatayotgan Olmaliq shahridagi ikkita va Ohangaron shahrida joylashgan bitta bino sharoitlari o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida har ikkala shaharda joylashgan filial binolarining qish mavsumiga tayyorgarlik holati, moddiy-texnik ta’minoti chuqur tahlil qilinib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar salmog‘ini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, vazir o‘rinbosari talaba-yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazib, ularni qiynayotgan muammo va takliflarini tingladi. Shundan so‘ng muammolar yechimi hamda takliflar yuzasidan universitet rahbariyatiga kerakli ko‘rsatmalarni berdi.

👉 Batafsil

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube