Edu.uz | Lotin
406 subscribers
815 photos
128 videos
16 files
517 links
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yangiliklari/Новости Министерства высшего и среднего специального образования

📞 1006
📧 [email protected]
🌐 www.edu.uz
📲 instagram.com/edu.uz/
📲 facebook.com/eduuzrasmiy
📲 https://youtube.com/c/eduuz
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

Vengriyaning Obuda universiteti rektoriga Toshkent kimyo-texnologiya instituti faxriy professori unvoni berildi

Bugun, shuningdek vazir Ibrohim Abdurahmonov Vengriyaning Obuda universiteti rektori professor Levente Kovach boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Tomonlar taʼlim va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish, ikki tomonlama manfaatli tadqiqotlar yoʻnalishlariga aniqlik kiritish, universitetlarning hamkorlikdagi startap dasturlarini qoʻllab-quvvatlash masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida Levente Kovachning Oʻzbekiston bilan ilmiy va oliy taʼlim sohasidagi yuqori darajadagi hamkorlik aloqalari uchun unga Toshkent kimyo-texnologiya instituti faxriy professori unvoni berildi. Diplomni institut rektori Botir Usmonov tantanali ravishda topshirdi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5298

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Talabaga_qulaylik

Farmasevtika ta’lim va tadqiqot institutida yangi zamonaviy talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi

Bugun institutda talabalar turar joyi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Yunusobod tumani Uvaysiy nomidagi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi ishtirok etdi.

7 qavatli yangi bino 280 o‘ringa ega. Binoda, shuningdek, ma’naviyat xonalari ham tashkil qilingan bo‘lib, ularda kompyuterlar o‘rnatilgan. Maishiy xonalar, oshxona zamonaviy texnik jihozlar bilan ta’minlangan.

Soha rivojlanishiga kelajakda o‘z hissalarini qo‘sha oladigan yuqori malakali mutaxassislarga ta’lim berish bizning asosiy maqsadimizdir, – dedi S.Buzrukxonov. – Farmasevtika ta’lim va tadqiqot instituti rahbariyati talabalarga zamonaviy standartlar asosida bilim olishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. Umid qilamizki, bu kabi yaratilgan qulayliklar natijasida bilimli kadrlar yetishib chiqadi.

Mehmonlar talabalar turar joyi bilan tanishgach, institutning o‘quv binosida talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlarni ham ko‘zdan kechirdilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

Farg’ona politexnika institutida “Yapon tili va yapon texnologiyalarini o‘rgatishga mo’ljallangan markaz” tashkil etiladi

Kuni kecha Yaponiyaning ilg‘or kompaniyalari uchun malakali mutaxassislar tayyorlab beruvchi “Willtec”, “Wat consulting” va “Nippondo” kompaniyalari rahbarlari institutga tashrif buyurdi. Tomonlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokara natijasida “Yapon tili va yapon texnologiyalarini o’rgatishga mo’ljallangan markaz”ni tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5296

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida biotexnologiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan 40 mln AQSh dollari qiymatidagi memorandum imzolandi

28-aprel kuni II Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Guangzhou Youdi Biotechnology Co., Ltd. kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi. Tomonlar ilmiy-texnikaviy va innovatsion hamkorlik, ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalarni rivojlantirish borasida o‘zaro anglashuvga erishdilar.

👉https://edu.uz/uz/news/view/5304

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Eduuz | Menejer
🟢 muzeyga sayohat

🏛 Kuni kecha Termiz davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti tyutori Sh.Mustafaqulov boshchiligida Geografiya va qitisodiy bilim asoslari ta’lim yo’nalishi talabalari ishtirokida Termiz shahridagi Tarix va madaniyat muzeyiga sayohat uyushtirildi. Tashrif davomida talabalar muzeydagi tarixiy eksponatlar va asori-atiqalar hamda hududning boy ma'naviy hayotini o‘zida mujassam etgan ko`rgazmalar bilan yaqindan tanishdilar.

✍️ Termiz davlat pedagogika instituti Axborot xizmati.

|Telegram |Facebook |Veb sayt |Youtube |Instagram|
Forwarded from Edu.uz
#OʻzMU_105_yoshda

O‘zbekiston milliy universiteti tashkil etilganiga 105 yili to‘ldi

Ayni paytda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 105 yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi “Intercontinental Tashkent” mehmonxonasida “O‘zbekiston milliy universitetining ilm-fan rivoji va jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, professor-o‘qituvchilar va xorijiy mehmonlar ishtirok etmoqda. Vazir kirish so‘zida ta’lim dargohining O‘zbekiston ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissasini e’tirof etib, universitet jamoasi va mehmonlarni samimiy tabrikladi.



105 лет со дня создания Национального университета Узбекистана

По случаю 105-летия Национального университета Узбекистана имени Мирзо Улугбека в гостинице “Intercontinental Tashkent” проходит международная научно-практическая конференция на тему «Роль Национального университета Узбекистана в развитии науки и общества».

В ней принимают участие министр высшего образования, науки и инноваций Иброхим Абдурахмонов, ректоры высших образовательных учреждений, профессорско-преподавательский состав, зарубежные гости. Во вступительном слове министр отметил вклад образовательного учреждения в развитие науки Узбекистана и тепло поздравил коллектив вуза и гостей.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube