#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv
Misr elchisi bilan oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi
25-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Misr Arab Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Tamer Fathi Abdussalom Hammad bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Bugungi kunda O‘zbekiston va Misr oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 10 dan ortiq hamkorlik bitimlari imzolangan bo‘lib, bu ko‘rsatkichni yanada oshirish rejalashtirilmoqda.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/37684
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

👍25❤5😁1
#XalqaroHamkorlik #Vazir #Elchi #Uchrashuv
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Fransiya elchisi bilan uchrashdi
2025-yil 4-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Aurélia Bouchez bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy-akademik hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari va oliy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.
Jumladan, Toshkent shahridagi Fransuz litseyi faoliyatini kengaytirish va uni O‘zbek-Fransuz universiteti tarkibiga kiritish hamda joriy yilning 10-mart kuni Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan “Ilm-fan va ta’lim: O‘zbekiston – Fransiya ko‘prigi” ilmiy-amaliy konferensiyasiga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/39127

👍27❤4🔥1
#yoshlar #Ilm_fan #uchrashuv #yoshlar_akademiyasi
Vazir Fransiyada tahsil olayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Fransiyaga tashrifi doirasida ushbu davlatda tahsil olayotgan yoshlar bilan dasturxon atrofida samimiy muloqot o‘tkazdi. Suhbat chog‘ida yoshlarning ilmiy izlanishlari, ta’lim jarayonidagi yangiliklar hamda ularning kelajak rejalari muhokama qilindi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/39524
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Vazir Fransiyada tahsil olayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Fransiyaga tashrifi doirasida ushbu davlatda tahsil olayotgan yoshlar bilan dasturxon atrofida samimiy muloqot o‘tkazdi. Suhbat chog‘ida yoshlarning ilmiy izlanishlari, ta’lim jarayonidagi yangiliklar hamda ularning kelajak rejalari muhokama qilindi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/39524
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍35❤8🔥4
#XalqaroHamkorlik #Vazir #Uchrashuv #ATU
14-mart kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Amerika texnologiyalar universiteti prezidenti Said Irandust, “Cintana Education” kompaniyasi prezidenti Rik Shengrou va mazkur kompaniyaning mintaqaviy bosh direktori Chagri Bagjiogʻluni qabul qildi.
Tomonlar muloqot davomida Amerika texnologiyalar universitetining faoliyat samaradorligi va rivojlanish yoʻnalishlari, taʼlim dasturlari, fakultetlarni takomillashtirish hamda AQSHning “Thunderbird School of Global Management” tomonidan amalga oshirilayotgan “100 million oʻquvchilar tashabbusi” loyihasi borasida fikr almashdilar.
Shuningdek, talabalarning tajribasini oshirish, universitet boshqaruv tuzilmasi va oliy taʼlim sohasidagi soʻnggi hamkorlik tashabbuslari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Oʻzbekistonda universitetning oliy taʼlimni rivojlantirishdagi oʻrni, davlat va xususiy sektor uchun oʻquv dasturlarini tashkil etish va investitsiya rejalari kabi dolzarb mavzular ham koʻrib chiqildi.
Muzokaralar samarali oʻtdi va ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha konstruktiv kelishuvga erishildi.

👍14
#HamkorlikBitimi #Uchrashuv
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Mudofaa vazirligi o’rtasida hamkorlik bitimi imzolandi
Strategik aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan mazkur hamkorlik bitimi O‘zbekiston armiyasini zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, innovatsion yechimlarni mudofaa tizimiga joriy etish va harbiy sohada yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/40779

👍19❤6🔥1
#IlmFan #Yoshlar #Uchrashuv #XalqaroHamkorlik
Vazir Garvard universiteti va Massachusets texnologiyalar instituti talaba va tadqiqotchilari bilan uchrashdi
2025 yil 20 mart kuni, Yangi O‘zbekiston universitetida O‘zbekiston Respublikasining Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov AQSHning Garvard universiteti va Massachusets texnologiyalar instituti talaba va tadqiqotchilari bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi – AQSHning yetakchi ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarni mamlakat rahbarining oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi strategik siyosati hamda uning ustuvor yo‘nalishlari bilan tanishtirishdan iborat.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/41407

👍24😁3❤2🔥2
#XalqaroHamkorlik #Vazir #Uchrashuv
O‘zbekiston va Qirg‘iziston: Ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik yangi bosqichda
25-mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Duyshonkul Chotonov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Mazkur uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi. Tomonlar ta’lim sohasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish muhimligini ta’kidlashdi.
Muloqotda davomida hamkorlikning muhim yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashilib, o‘tgan davr mobaynida qator amaliy ishlar qilinganligi e’tirof etildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/41963

👍31❤2🔥1🎉1
#PrezidentQaroriIjrosi #Uchrashuv #RahbarYoshlar
Bitiruvchi qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
26-mart kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov va Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova Olmazor tumanidagi 243-son umumta’lim maktabi hamda Respublika musiqa va san’at texnikumi bitiruvchi o‘quvchi qizlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvda yoshlarga ta’lim va kasb-hunar o‘rgatish, ularning bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, o‘qishga kirish jarayonida xotin-qizlar uchun yaratilgan imtiyozlar va xorijiy oliygohlarga kirishda davlat grantlari ajratilishi bo‘yicha ma’lumot berildi.
Muloqot davomida abituriyentlarga ko‘maklashish maqsadida oliy ta’limga tayyorlov kurslarini tashkil etish, texnikumlarda talab yuqori yo‘nalishlar bo‘yicha kasb-hunar o‘rgatish hamda mahallalar bilan hamkorlikda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

👍20❤3😁1
#uchrashuv #taʼlim #yashil_makon
Jenisbek Piyazov O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida bo‘ldi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining madaniyat sohasi bo‘yicha maslahatchisi Jenisbek Piyazov O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida bo'lib, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar bilan uchrashdi.
Tashrif asnosida talabalar bilan o'zaro motivatsion suhbat o'tkazilib, birgalikda manzarali ko'chatlar ekildi. Yangi qurilayotgan talabalar turar joyi binosi bilan tanishildi.
Batafsil
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

👍17🔥2
#ta’lim #uchrashuv
Xalqaro kosmonavtika kunida faxriy akademiklar talabalar bilan uchrashdi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 12-aprel – Xalqaro kosmonavtika kuni hamda 2025-yil – Kvant yili munosabati bilan “Koinot tuzilishi va elementar zarralar” nomli ilmiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Anjuman zamonaviy fizika va kosmos tadqiqotlariga bag‘ishlanib, unda yurtimizning yetuk olimlari – akademiklar Qodir G‘ulomov hamda Bobomurod Ahmedov o‘zlarining dolzarb ilmiy mavzulardagi ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/45525

👍25❤6🔥2😱1
#kelajakka_qadam #uchrashuv
Vazir Andijonda "Kelajakka qadam" loyihasi doirasida yoshlar bilan uchrashdi
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo'ng'irotboy Sharipov ayni paytda xizmat safari bilan Andijon viloyatida bo‘lib turibdi.
Bugun, 14-aprel kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Andijon davlat universitetida viloyat oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari bilan uchrashib, "Kelajakka qadam" loyihasi doirasida ochiq muloqot o'tkazdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/45817

👍21❤1🔥1
#sport #uchrashuv
Talabalar sportini rivojlantirish borasida yangi tashabbuslar
Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev hamda ushbu sport turi bo‘yicha Olimpiada va Osiyo o‘yinlari g‘olibi, ikki karra jahon chempioni Bahodir Jalolov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbatda asosiy e’tibor yoshlar o‘rtasida Olimpiya o‘yinlariga qiziqishni kuchaytirish, ularni sog‘lom turmush tarziga, sportga faol jalb etish masalalariga qaratildi. Eng muhimi, talabalar sportini rivojlantirish va bu borada dastlabki qadam sifatida may oyida “Sport oyligi”ni tashkil etish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi belgilab olindi.
Uchrashuv davomida talabalar uchun sport infratuzilmasini rivojlantirish, oliygohlarda boks seksiyalarini yo‘lga qo‘yish, mashhur sportchilar bilan motivatsion uchrashuvlar o‘tkazish bo‘yicha taklif va rejalar muhokama qilindi.

– Sport, xususan, boks orqali yoshlarimizda iroda, matonat, g‘alabaga ishonch kabi fazilatlar shakllanadi. Olimpiya ruhini yoshlikdan his etgan talaba ertaga Vatan sha’nini himoya qilishga ham doim tayyor bo‘ladi, – deya ta’kidladi vazir.
Uchrashuv davomida talabalar uchun sport infratuzilmasini rivojlantirish, oliygohlarda boks seksiyalarini yo‘lga qo‘yish, mashhur sportchilar bilan motivatsion uchrashuvlar o‘tkazish bo‘yicha taklif va rejalar muhokama qilindi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍37🔥2❤1👏1
#vazir
#uchrashuv
Vazir Toshkent davlat tibbiyot universitetida xorijlik talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi
2025-yil 6-may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Toshkent davlat tibbiyot universitetida bo‘ldi. U yerda dastlab universitetning bosh o‘quv binosida yaratilgan zamonaviy sharoitlar hamda innovatsion infratuzilma ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, vazir xorijlik talabalar, xususan, Hindistondan kelgan talaba-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/52242

👍44😁19🔥10🤔5🎉3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#vazir #uchrashuv
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Toshkent davlat tibbiyot universitetida xorijlik talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganib, hindistonlik talaba-yoshlar bilan muloqot qildi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Toshkent davlat tibbiyot universitetida xorijlik talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganib, hindistonlik talaba-yoshlar bilan muloqot qildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍20🔥2👏2
#XalqaroHamkorlik #OliyTaʼlim #Uchrashuv
Oʻzbekiston—Fransiya: taʼlim va fan sohasida umumiy istiqbollar
“Oʻzbek-Fransuz universiteti: istiqbollari va taraqqiyot” mavzusidagi Oʻzbekiston va Fransiya oliy taʼlim forumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev hamda Fransiya Respublikasi Yevropa va tashqi ishlar vazirligi Bosh kotibi Ann-Mari Dekot xonim oʻrtasida muloqot oʻtkazildi.
Muloqot chogʻida ikki davlat oʻrtasidagi oliy taʼlim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Jumladan, akademik almashinuvlarni faollashtirish, qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, oʻquv dasturlarini kengaytirish va yangi tadqiqot tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasida aniq kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturlari doirasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha ham hamkorlik yoʻnalishlari belgilab olindi.

👍16❤1
O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda
30-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Ozarbayjon Respublikasi Fan va ta’lim vaziri o‘rinbosari Idris Isayev bilan uchrashdi.
Unda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, jumladan qo‘shma ta’lim dasturlari, innovatsion loyiha va ilmiy almashinuvlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar Toshkent va Boku shaharlarida o‘tkazilgan ikki tomonlama ta’lim ko‘rgazmalari hamkorlik uchun muhim maydon bo‘layotganini qayd etdilar.
#XalqaroHamkorlik #Uchrashuv #Vazir #OliyTaʼlim

❤22🔥4
Sanoat uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash yo‘lida: JICA bilan hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) Sharqiy va Markaziy Osiyo, Kavkaz departamenti direktori Kendji Ogasaxara va JICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Yoshibumi Bito bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar doirasida asosiy e’tibor “Sanoatni modernizatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan yuqori malakali kadrlar bazasini kengaytirish” loyihasi yuzasidan istiqbolli hamkorlik masalalariga qaratildi.
#XalqaroHamkorlik #OliyTaʼlim #Vazir #Uchrashuv

👍17❤8🔥2
YUNESKO loyihasi doirasida O‘zbekistonda oliy va kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi
16-iyun kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov YUNESKOning O‘zbekistondagi vakili Sara Noshadiy xonim bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida vazir YUNESKOning O‘zbekistonda ta’lim sohasini rivojlantirishdagi faol ishtiroki va ko‘rsatayotgan ko‘magi uchun minnatdorlik bildirib, ushbu hamkorlik yuksak baholanayotganini ta’kidladi.
Tomonlar YUNESKOning “Oʻzbekistonning qishloq joylarida ishga joylashtirish koʻnikmalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida 2020–2026-yillar mobaynida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalarni muhokama qildilar.
Loyihaning keyingi bosqichida 4 ta texnikumni ta’mirlash va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, uchrashuvda vazir tomonidan YUNESKOning UNITWIN dasturi doirasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Qoʻqon davlat universitetida “Yashil iqtisodiyot” va “Barqaror rivojlanish” yo‘nalishlarida xalqaro kafedralar tashkil etish taklifi ilgari surildi.
#XalqaroHamkorlik #Vazir #Uchrashuv #YUNESKO

❤23🔥5👍2
#Mirziyoyev #uchrashuv #Xitoy #hamkorlik
Ostona shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbarlari keyingi yillarda O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlari misli ko‘rilmagan yuksak darajaga ko‘tarilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Ta’lim, fan, turizm va madaniyat, kadrlar tayyorlash va xitoy tilini o‘rganish sohalaridagi almashinuvlarni rivojlantirishdan manfaatdorlik bildirildi.
O‘zbekistonda Xitoyning Shimoli-g‘arbiy qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi universitetining filiali faoliyat ko‘rsatmoqda, Urganch universiteti negizida Pekin universiteti bilan hamkorlikda Xalqaro matematika markazi tashkil etilgan.
O‘tgan yili Konfutsiy instituti faoliyatining 20 yilligi nishonlandi, Xitoyning "Lu Ban ustaxonasi" professional ta’lim tizimi joriy etilmoqda.

❤14👍6🤔3🎉2😱1
Bangladesh elchisi bilan oliy ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi
17-iyun kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Mohammad Monirul Islam bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Bangladesh oliygohlari bilan mavjud hamkorligini kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish va ikki diplomli o‘qitish tizimini joriy etish taklif qilindi.
Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Batafsil:https://gov.uz/oz/edu/news/view/62001
#XalqaroHamkorlik #Uchrashuv #Vazir #Elchi #Bangladesh

❤16👍8😁3👏2🤔1