Edu.uz
154K subscribers
20.5K photos
4.39K videos
234 files
12.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#Qabul2022

Toshkent shahrida Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutiga 2022/2023-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul parametrlari

📲 Kvotalar to'liq 👉@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating:👉
@eduuz
#Qabul2022

2022/2023-o‘quv yili uchun Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filialiga qabul parametrlari

📲 Kvotalar to'liq 👉@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating:👉
@eduuz
#xalqaro_hamkorlik

🔰 Ayni kunlarda Yevropa Ittifoqi Erasmus+ dasturi boʻyicha “HIEDTEC” loyihasining 8-uchrashuvi Italiyaning Pavia shaxridagi Pavia universitetida boʻlib oʻtmoqda.

✔️ Talabalarning masofadan turib taʼlim olish imkoniyatini yaratish uchun oliy taʼlim muassasalarida professor-oʻqituvchilar tomonidan tegishli oʻquv resurslari yaratilishi va mavjud barcha oʻquv materiallarini masofaviy taʼlim platformalariga joylashtirib borishi, virtual muhitda ishlashni yaxshilash uchun “Masofaviy taʼlimni tashkil etish texnologiyalari” kurslari yoʻlga qoʻyilishi bu loyihaning asosiy maqsadi hisoblanadi.

➡️ Batafsil ushbu havola orqali oʻqishingiz mumkin.

Bizni kuzating:👉@eduuz
#Professional_taʼlim

B1 sertifikatini qoʻlga kiritgan oʻquvchilar Germaniyada oʻqib ishlashi mumkin

🔰Ushbu taklif professional ta’limni rivojlantirish masalalari boʻyicha vazir oʻrinbosari Sadoqat Siddiqovaning “GfM-Gruppe” mehnat migratsiyasi ijrochi direktori Matias Frayling bilan boʻlgan uchrashuvida bildirildi.

➡️Batafsil ushbu havola orqali tanishing.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
Abituriyentlar uchun maxsus @eduuzuniversalbot ishga tushirildi

Unda siz uchun eng muhim quyidagi maʼlumotlarni oson topishingiz mumkin.

BAKALAVR:
Fanlar majmuasi—2022;
Qabul kvotalari—2022 (kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy);
Oʻtish ballari—2021 (hududlar, yoʻnalishlar kesimida).

MAGISTRATURA:
Fanlar majmuasi—2022;
Qabul kvotalari—2022
Oʻtish ballari—2021 (OTM kesimida).

Shuningdek:

✔️Xorijiy hamda nodavlat OTMdan oʻqishni koʻchirish boʻyicha 2022-yil uchun oʻtish ballari;
✔️Professional taʼlim muassasalari va akademik litseylar haqida maʼlumot, ularga 2022/2023-oʻquv yilida oʻqishga qabul qilish boʻyicha qabul kvotalari va fanlar majmuasini bilishingiz mumkin.

☝️@eduuzuniversalbot biz sanamagan yana koʻplab qulayliklarga ega.

Bizni kuzating: 👉@eduuz
#OTM_bitiruvchilari_diqqatiga
#Bilasizmi

⚡️Ayni vaqtda 513 ta vakant lavozimga ish staji talab qilinmaydi!

Oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari
yoxud ish stajiga ega boʻlmagan fuqarolar davlat organlarining staj talab qilinmaydigan lavozimlarini egallash uchun ochiq tanlovlarda ishtirok etishlari mumkin!

🗓 Joriy yil 7-iyul holatiga koʻra, vacancy.argos.uz portalida davlat organlaridagi 2 110 ta vakant lavozim uchun ochiq tanlov davom etmoqda.

➡️ Vakant lavozimlarning 191 tasi respublika, 835 tasi hududiy (viloyat), 1 079 tasi tuman darajasidagi boʻsh ish oʻrinlari hisoblanadi.

✔️ Portalda mavjud vakant lavozimlarning 513 tasiga hujjat topshirish uchun ish staji talab etilmaydi.

Bizni kuzating:👉@eduuz
#Soʻragan_edingiz

Bu yil akademik litseylarga o‘qishga qabul qilish qay tartibda o‘tmoqda?

✔️10-iyul kuniga qadar litsey.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish amalga oshirilmoqda;

✔️ro‘yxatdan o‘tishda abituriyentga 3 tagacha litseyni tanlash imkoniyati berilgan (bunda ta’lim tili bir xil bo‘lgan bittadan mos yo‘nalish belgilanadi);

✔️imtihonlar ikki bosqichda – dastlabki yozma imtihon va kirish test sinovlari o‘tkaziladi;

✔️imtihon savollari umumta’lim fanlarining 5—9-sinf dasturlari asosida tuziladi;

✔️abituriyent o‘zi tanlagan hududda tashkil etiladigan test sinovlarida ishtirok etish huquqiga ega;

✔️dastlabki yozma imtihonlar akademik litsey tomonidan 2022-yil 11—16-iyul kunlari;

✔️ kirish test sinovlari esa DTM tomonidan 2022-yil iyul oyida o‘tkaziladi. Test sinovlari o‘tkaziladigan aniq kunlar dastlabki imtihonlar yakunlangandan soʻng qoʻshimcha ravishda e’lon qilinadi.

Bizni kuzating:👉@eduuz
Prezident Sh.Mirziyoyev yer yuzidagi jami musulmon ummati qatori qalbi shukuhga to‘lib turgan xalqimizni ulug‘ ayyom – Qurbon hayiti bilan tabrikladi.

“Barchamizga ayonki, islom dini avvalo tinchlik, ezgulik va insoniylik dinidir.
Hozirgi g‘oyat murakkab va tahlikali zamonda tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash va mustahkamlashdek o‘tkir talablar yurtimizda yashayotgan har bir mo‘min-musulmon, har bir inson uchun har qachongidan ham dolzarb bo‘lib turibdi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
Ishonamanki, bu ezgu va muqaddas vazifa O‘zbekistonda yashayotgan har bir fuqaroning qalb da’vati va insoniy burchiga aylanib, mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimizning tinch, erkin va farovon hayotini, farzandlarimizning yorug‘ kelajagini ta’minlash yo‘lida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi”, — deyiladi tabrikda.

Bizni kuzating:👉@eduuz
🌙 Ulugʻ ayyom — Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul2022

⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

🔚 BUGUN chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga qabulning so‘nggi kuni.

📌 2022/2023-o‘quv yili qabulidan
boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan

🏛 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
🏛 Samarqand davlat chet tillar instituti;
🏛 Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining

fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda

🏛 Toshkent davlat pedagogika universiteti;
🏛 Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
🏛 Nukus davlat pedagogika institutining

xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

📆 Mazkur ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

❗️Shu sababli mazkur ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar 10-iyulga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari (oldingi yillar bitiruvchilari) lozim.

Ma’lumot uchun: chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirmaydi va ularga chet tili fanidan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

➡️ Kvotalar va oʻtish ballari @eduuzuniversalbot'da

Bizni kuzating:👉@eduuz
Vebster universiteti jamoasiga yangi akademik rektor tanishtirildi

Unda ishtirok etgan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Rahimjon Hakimov universitet faoliyati haqida iliq fikrlar bildirib, yangi akademik rektor Vasilius Polymenesning faoliyatiga omad va zafarlar tiladi.

➡️ Batafsil ushbu havola orqali tanishing.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️Қорақалпоғистонлик абитуриентлар учун қабул муддати узайтирилади

🔰Хабар берганимиздек, бугун ОТМнинг чет тилидан касбий (ижодий) имтиҳон ўтказиладиган таълим йўналишлари ҳамда академик лицейларга қабулнинг сўнгги куни.

➡️2022/2023 ўқув йили учун олий таълим муассасалари ҳамда касб-ҳунар мактабларига онлайн ҳужжат топшириш жараёнлари 20 июль кунига қадар давом этади.

🔖Ҳозирда Қорақалпоғистон ҳудудида интернет тизимида айрим техник носозликлар туфайли ҳужжатларни онлайн топширишда узилишлар кузатилмоқда.

❗️Аммо хавотирга ўрин йўқ.

✔️Бу жараён ҳукумат томонидан тўлиқ назоратга олинган бўлиб, ҳозирда ҳужжат топширишга улгура олмаган қорақалпоғистонлик ёшлар учун онлайн рўйхатдан ўтиш муддати узайтирилиши кутилмоқда.

Ушбу масала тез орада ижобий ечимини топади ва бу ҳақидаги маълумот қорақалпоғистонлик абитуриентлар ҳамда уларнинг ота-оналарига (Beeline, Uzmobile, Ucell, UMS, Perfectum mobile) СМС хабар тарзида, шунингдек, ҳудудий телеканаллар орқали етказилади.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️Qoraqalpogʻistonlik abituriyentlar uchun qabul muddati uzaytiriladi

🔰Xabar berganimizdek, bugun OTMning chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladigan taʼlim yoʻnalishlari hamda akademik litseylarga qabulning soʻnggi kuni.

➡️2022/2023 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalari hamda kasb-hunar maktablariga onlayn hujjat topshirish jarayonlari 20-iyul kuniga qadar davom etadi.

🔖Hozirda Qoraqalpogʻiston hududida internet tizimida ayrim texnik nosozliklar tufayli hujjatlarni onlayn topshirishda uzilishlar kuzatilmoqda.

❗️Ammo xavotirga oʻrin yoʻq.

✔️Bu jarayon hukumat tomonidan toʻliq nazoratga olingan boʻlib, hozirda hujjat topshirishga ulgura olmagan qoraqalpogʻistonlik yoshlar uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish muddati uzaytirilishi kutilmoqda.

Ushbu masala tez orada ijobiy yechimini topadi. Bu haqidagi maʼlumot qoraqalpogʻistonlik abituriyentlar hamda ularning ota-onalariga (Beeline, Uzmobile, Ucell, UMS, Perfectum) SMS xabar tarzida, shuningdek, hududiy telekanallar orqali yetkaziladi.

👉@eduuz
Edu.uz pinned a photo