Edu.uz
167K subscribers
19.8K photos
4.2K videos
232 files
12K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talaba_hayotidan

Toshkent viloyatidan kelgan Gavhar Yertayeva o‘zi va oilasi, tug‘ilib o‘sgan uyidan olisda bo‘lishiga qaramay, Farg‘ona davlat universitetida tahsil olish sabablari haqida kun.uz saytiga so‘zlab berdi.

🎥 Eduuz ushbu suhbatni koʻrishni tavsiya etadi!

👉 Matn formatida oʻqish
👉 HD formatda koʻrish
____
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TDIU_90_yoshda

🏛Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tashkil topganligining 90 yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy-innovatsion yoʻnalishlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilmoqda.

🎈9️⃣0️⃣🎈

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Live

⚡️ Ayni paytda AOKA zalida oliy taʼlim sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazilmoqda.

📌 Matbuot anjumanida oliy taʼlim sohasida

🔹 korrupsiyaga qarshi “Komplayens-nazorat” tizimi faoliyati,
🔸 korrupsiyaviy holatlar yuzasida murojaatlar va
🔹 OTMda aniqlangan korrupsiyaviy holatlar tahlili

masalalari boʻyicha maʼlumot beriladi.

📹 Tadbirni quyidagi havola orqali real vaqt rejimida toʻgʻridan toʻgʻri kuzatib borishingiz mumkin: 👉 @facebook.eduuzrasmiy

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Matbuot_anjumani

❗️Oliy ta’lim muassasalaridagi komplayens nazorat tizimini boshqarish boʻlimlari tomonidan bir qator korrupsion holatlar aniqlangan. Jumladan:

🔹1 ta holatda 8 ta kurs ishlari va 10 ta bitiruv malakaviy ishlarda plagiatga yoʻl qoʻyilgan;

🔸2 ta holatda oraliq nazorat imtihonlariga oʻringa-oʻrin kirish holati aniqlangan;

🔹1 ta holatda tanlov gʻoliblariga beriladigan pul mukofoti berilmagan;

🔸1 ta holatda oʻqituvchi tomonidan talabalarga kitob sotish holati aniqlangan;

🔹3 ta holatda asbob-uskunalar va kompyuter vositalari (132 mln. soʻmlik) boʻyicha shartnomalar bekor qilingan;

🔸1 ta holatda OTM bosh hisobchisi oʻrinbosari manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻygan (119 mln. soʻm);

🔹1 ta holatda talabaning toʻlov-kontraktining ortiqcha qismini qaytarib olishda ta’magirlik holati aniqlangan;

🔸3 ta holatda baho evaziga pora talab qilingan.

Batafsil 👉 https://edu.uz/uz/news/view/3276

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida “YASHIL MAKON” aksiyasi

🌳🌿 Prezidentimiz tashabbusi bilan e’lon qilingan “Yashil makon” umummiliy loyihasi doirasida rahbariyat va xodimlar tomonidan vazirlik atrofidagi hududlarga Toshkent shahri iqlimi, tuproq sharoitlariga mos keluvchi 200 tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Aksiya doirasidagi daraxt ekish, parvarishlash va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ham faol ishtirok etishmoqda.

Keling, ko‘chat ekib yurtimizni ko‘kalamzorlashtirish ishlariga har birimiz o‘z hissamizni qo‘shaylik.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xizmat_safari

Vazir o‘rinbosari ijara va yotoqxonadagi talabalar sharoitini o‘rganmoqda

🔰 Hozirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov xizmat safari bilan Andijon viloyatida bo‘lib turibdi.

Xizmat safarining dastlabki kunida vazir o‘rinbosari S.Buzrukxonov Andijon davlat universitetida bo‘ldi.

📎 Universitetda amalga oshirilayotgan ishlar hamda talabalar turar-joyida va ijarada yashovchi talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

🖇 Shuningdek, talaba-yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazib, ularni qiynayotgan muammo va takliflarini tingladi. Shundan so‘ng muammolar yechimi hamda takliflar yuzasidan universitet rahbariyatiga kerakli ko‘rsatmalarni berdi.

♻️ Shu bilan birga, universitetda barpo etilayotgan yangi obyektlar bilan tanishib, yangi loyihalarni tayyorlash jarayonlari hamda kelgusidagi rejalarni ham ko‘zdan kechirdi va o‘z takliflarini bildirdi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qonunchilik_yangiliklari

⚡️Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasi faoliyati tubdan takomillashtiriladi

🔰 Bu bo‘yicha Hukumatning 2021-yil 25-noyabrdagi 713-son qarori qabul qilindi.

☑️ Unga ko‘ra, 2021/2022-o‘quv yilidan 5 ta yo‘nalish bo‘yicha yuridik shaxs bo‘lmagan filiallar tashkil etiladi.

➡️ Shuningdek, 2022/2023-o‘quv yilidan barcha tibbiyot OTMning “Davolash ishi” va “Pediatriya ishi” taʼlim yo‘nalishlari bitiruvchi kurs talabalari o‘quv yilining 1-semestri (5 oy) davomida doimiy yashash joylaridagi tibbiyot muassasalarida amaliyot o‘taydi hamda maʼruza va o‘quv mashg‘ulotlarining nazariy qismi masofaviy shaklda olib boriladi.

Batafsil 👉 https://edu.uz/uz/news/view/3277

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TDIU_90_yoshda

🏛 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 90 yilligi munosabati bilan ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.

🎈9️⃣0️⃣🎈

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Talaba_uchun_foydali

“Intellektual qatʼiyat” degan iborani eshitganmisiz?

🔰 Talabalarimiz orasida har kuni eng koʻp qoʻllanilishi lozim boʻlgan mazmunli iboralardan biri bu “intellektual qatʼiyat” (“Intellectual perseverance”).

“Intellektual qatʼiyat” bu — murakkab akademik sohalarni oʻrganayotgan vaqtda azm-u shijoatli boʻlish, qiyin vaziyatlarda orqaga chekinmaslik, niyatlardan voz kechmaslik, oʻz akademik tanlovini himoya qilish, tanlagan pozitsiyalarida mustahkam turish deganidir.

☝️ Bu “orqaga yoʻl yoʻq”, “oxirigacha boramiz” degan dunyo qarash bilan qurollanish.

✳️ “Intellektual qatʼiyatni” oʻzingizning ikkinchi tabiatingizga aylantirib olishingizni tavsiya etamiz.

✳️ “Intellektual kurashlarni” qabul qiling, ulardan qoʻrqmang.

🔆 Faqatgina shu holatda siz pirovardida gʻolib boʻlasiz.

©Manba

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali

Mamlakatimiz iqtisodiyoti yuksalishiga hissa qoʻshuvchi yirik loyiha ishga tushirildi!

Стартовал крупный проект, поспособствующий экономическому росту нашей страны!

A major project has started that will contribute to the economic growth of our country!

©️Invest Hub

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul_2021|#Professional_taʼlim

⚡️ Kollej va texnikumlarga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari eʼlon qilindi

🔰 2021-2022-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar)ning kunduzgi taʼlim shakliga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi.

✔️ Kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar tanlov natijalari bilan ruxsatnoma.dtm.uz sayti orqali tanishishlari mumkin.

👉 Buning uchun ruxsatnoma.dtm.uz saytining “Natijani olish” bo‘limiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish lozim.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Talaba_uchun_foydali

⚡️Suhbat qurish san'atini o‘zlashtiring: “intellektual kashfiyotchi” bo‘ling!

🇬🇧 Master the art of conversation: become an intellectual explorer!

🔆 Biror-bir inson bilan suhbatlashganingizdan so‘ng “Bugun ajoyib suhbat bo‘ldi-ya”, deb o‘ylagan holatingizni yodga oling.

Nima uchun sizga o‘sha suhbat ajoyib bo‘lib tuyuldi?

✳️ U suhbat bilimingizga bilim qo‘shib, siz o‘zingiz uchun yangi narsani kashf qilgandek bo‘lasiz. Sizga motivatsion kuch va ruh bag‘ishlagandek ham bo‘ladi.

🌐 O‘sha suhbat tufayli siz “Dunyoqarashim o‘zgardi” degan bo‘lishingiz mumkin.

☝️Ana shunday suhbatlarga intiling!

‼️Mazmunsiz suhbatlar tufayli vaqtingiz behuda sarflanishiga yo‘l qo‘ymang!

© Manba
__
👉 @eduuz
#INFOGRAFIKA

Oliy taʼlim muassasalarida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha komplayens-nazorat tizimida amalga oshirilgan ishlar raqamlarda

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube