Edu.uz
148K subscribers
20.9K photos
4.51K videos
234 files
12.4K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
“StudentHack 2021” musobaqasi g‘olibi aniqlandi!

Toshkent shahridagi Amity universiteti hududida “BePro IT Academy” va Toshkent shahridagi Amity universiteti hamkorligida tashabbuskor yoshlar orasida “StudentHack 2021” xakaton musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada talabalar yakka holda va jamoa tuzgan holda ishtirok etishdi. 3 kun davomida 38 jamoa 48 soat davomida gʻoyalar ustida ishlab, ularni taqdim etishdi.

Homiylar tomonidan g‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi Xususan:

1-o‘rin
— Dubayga sayohatni TATU talabalaridan iborat “DOT NET” jamoasi yutib oldi;
2-o‘rin — Noutbuklar Inha universiteti talabalaridan iborat “SENIORS” jamoasiga nasib etdi;
3-o‘rin — Amity universiteti talabalaridan iborat Smartfonlar “CYBERMEN” jamoasiga taqdim etildi.

StudentHack 2021 musobaqasi talabalarni qo‘llab-quvvatlash, IT loyihalar ustida ishlash, malakali mutaxassislar bilan chuqur aloqa o‘rnatish va bilim almashish maqsadida kelgusida talabalar faoliyatini boshlashi uchun imkoniyatlar yaratadi.
__
👉@eduuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Milliy_bayrogʻimiz
🇺🇿3️⃣0️⃣🇺🇿yoshda


18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan kun!

– Bayroqda da'vatkor kuch bor. Urush sharoitida ham, tinchilik sharoitida ham undan foydalanishgan. U chinakam ma'noda da'vat etuvchi, muayyan g‘oya sari ilhomlantiruvchi kuchga ega. U xalq va elning birligini, ayni paytda uni yuksak maqsadlar sari intilishini bildiruvchi ramzlardan biri.

Rahimboy Jumaniyozov, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti dotsenti, Axborot xizmati rahbari

🔗
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Tanlov

“YIL TALABASI—2021” tanlovining dastlabki OTM bosqichiga start berildi!

Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tashkil etilgan ushbu tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2, 3, 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda 7 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblar aniqlanadi.

📌 Tanlovda ishtirok etish uchun ariza va hujjatlar toʻplami joriy yilning 20-noyabrigacha OTM ishchi guruhi tomonidan qabul qilinadi (bu masalada OTM masʼullariga murojaat qiling).

👉 Tanlov nizomi

🏆 Nominatsiyalar bo‘yicha 1, 2 va 3-o‘rinlarni egallagan g‘olib va sovrindorlar, xususan:

🥇1-o‘rin sohibi – bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 8 barobari;

🥈2-o‘rin sohibi – BHMning 6 barobari;

🥉3-o‘rin sohibi – BHMning 4 barobari miqdorida mukofotlanadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Министр высшего и среднего специального образования Узбекистана посетил Сколтех

Министр высшего и среднего специального образования Узбекистана Абдукодир Тошкулов посетил с рабочим визитом Сколковский институт науки и технологий (Сколтех). В ходе визита министр побывал в кампусе, где познакомился с лабораториями и центрами коллективного пользования мирового уровня.

Подробно: 👉https://www.skoltech.ru/2021/11

🔸🔹🔸

O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri “Skoltech”da bo‘ldi

O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov amaliy tashrif bilan Skolkovo fan va texnologiya institutiga (Skoltech) keldi. Tashrif davomida vazir A.Toshqulov kampusda bo‘lib, jahon andozalari darajasidagi laboratoriyalar va jamoaviy foydalanish markazlar faoliyati bilan tanishdi.

Batafsil: 👉 https://edu.uz/uz/news/view/3237
_____
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube