Edu.uz
152K subscribers
20.6K photos
4.42K videos
234 files
12.3K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorligi

✍️ Endi TDIU talabalari Indoneziyada ham oʻqish imkoniyatiga ega

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mamlakatimizda taʼlim-tarbiya tizimini rivojlantirishda ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish va mamlakatimizda joriy etish boʻyicha qator vazifalar belgilab berilgan.

Ushbu vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida nufuzli Indoneziyaning Taʼlim universiteti (QS World University of Ranking by Subject TOP -300) taʼlim dasturi boʻyicha Toshkentda taʼlim olish va ikki tomonlama diplomga ega boʻlish imkoniyati yaratildi.

Indoneziya Taʼlim universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti oʻrtasida qoʻshma taʼlim dasturini tashkil etish boʻyicha shartnoma imzolandi.

👉 Batafsil
___
🔗 Kanalga ulaning:
👉 https://t.iss.one/eduuz
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga 42 kun qoldi..
—————
До выборов Президента Республики Узбекистан осталось 42 дня.

👉🏻Телеграм - Фейсбук - Инстаграм - You Tube - Twitter
#Saylov_24_10_2021 |#Soʻragan_edingiz

Savol:
Doimiy yashash hududidan olisda tahsil olayotgan talabalar saylovda ovoz berishi uchun o‘z saylov uchastkasiga borishi kerakmi?

JAVOB:
Yoʻq. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Prezident saylovida ishtirok etish uchun talabalarga qoʻshimcha imkoniyat yaratildi. Endilikda saylovlarda ovoz berish uchun talabalar oʻz saylov uchastkasini oʻzgartirib, vaqtincha yashab turgan manzilidagi saylov uchastkasida ovoz berishi mumkin.
———————————
➡️ Oʻz saylov uchastkangizni aniqlash uchun havolaga oʻting

➡️ Saylov uchastkangizni almashtirish uchun murojaat joʻnatmoqchi boʻlsangiz
mana bu havolaga oʻting

👉🏻 Telegram - Facebook - Instagram - You Tube - Twitter - Portal
🇺🇿QOSHMA TA'LIM DASTURI TALABALARI O‘QISHINI XORIJDA DAVOM ETTIRMOQDALAR

Andijon davlat universiteti hamda Rossiyaning Mordoviya milliy tadqiqotlar universiteti hamkorligidagi qo‘shma ta'lim dasturi talabalari Rossiya Federatsiyasida o‘qishini 3-bosqichdan davom ettirmoqdalar.

👉🏻Batafsil: https://adu.uz/uz/news/article/1604

🇷🇺СТУДЕНТЫ ПРОГРАММЫ СОВМЕСТНОГО ОБУЧЕНИЯ ПРОДОЛЖАЮТ ОБУЧЕНИЕ ЗА РУБЕЖОМ

Студенты Андижанского государственного университета и Мордовского национального исследовательского университета продолжают обучение в Российской Федерации с 3-го курса.

👉🏻Подробно: https://adu.uz/ru/news/article/1604

🇬🇧COMBINED EDUCATION STUDENTS CONTINUE STUDY ABROAD

Students of the joint educational program of Andijan State University and the National Research University of Mordovia of Russia continue their studies in the Russian Federation from the 3rd stage.

👉🏻Read more: https://adu.uz/en/news/article/1604

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Talabaga_yengillik

Endi talabalar ijara shartnomasini ortiqcha ovoragarchiliklarsiz rasmiylashtirishi mumkin

▪️Olmazor tumani Davlat soliq inspeksiyasi va “Yoshlik” shaharchasi hokimiyati hamkorligida talabalarga qulaylik yaratish, uy-joy ijarasini rasmiylashtirishda koʻmaklashuvchi ishchi guruh shtabi tashkil etildi.

🔰Ijara shartnomasini tuzish uchun kerakli hujjatlar:

1⃣ Ijarachi (uy egasi)ning shaxsini tasdiqlovchi hujjat va uy kadastri;
2⃣ Ijara oluvchi (talaba)ning shaxsini tasdiqlovchi hujjat va talabalik guvohnomasi yoki (1-kurslar uchun) talabalikka qabul qilinganlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma.

✔️ Maʼlumot uchun, talabalar turar-joyi bilan qamrab olinmagan talabalarga ijara haqining 50 foizi miqdorida Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish may oyidan boshlab yo‘lga qo‘yilgan.

🎥 Batafsil videolavhada 👆
_
Bizdan yiroqlashmang:
👉 https://t.iss.one/eduuz
#Magistratura | #KSPI

Rus filologiyasi taʼlim yoʻnalishlarini tamomlagan bakalavrlar uchun yana bir imkoniyat!

‼️Qoʻqon davlat pedagogika instituti hamda Rossiya Federatsiyasining Jaxon reytingida top 100 talikdan oʻrin olgan Qozon (Volgaboʻyi) federal universiteti bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturi doirasida RUS TILI VA ADABIYOTI magistratura mutaxassisligi uchun hujjatlar qabul qilish davom etmoqda.

🗓 Hujjatlar 2021-yilning 1-oktabriga qadar onlayn tarzda joint.kspi.uz sayti orqali qabul qilinadi.

🔸Nomzodlar tomonidan fuqarolik pasporti va bakalavr bosqichini tugatganligi haqidagi diplom (ilovasi bilan) taqdim etilishi lozim.

Qoʻshma taʼlim dasturida (1+1) oʻquv jarayoni rus tilida, toʻlov-kontrakt asosida olib boriladi.

🔸Dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan magistrantlarga butun dunyoda tan olinadigan ikki tomonlama diplom beriladi.

📞 Murojaat uchun telefonlar: 73-542-38-38, 91-694-01-55, 97-309-86-68, 99-086-70-08
___
Bizdan yiroqlashmang:
👉 https://t.iss.one/eduuz
​​#double_degree

Samarqand davlat chet tillar instituti abituriyentlarni qoʻshma taʼlim dasturlarida oʻqishga taklif qiladi

Hozirda Samarqand davlat chet tillar institutida bakalavriat bosqichi uchun 4 ta, magistratura mutaxassisliklari uchun esa 1 ta qoʻshma ta’lim dasturi mavjud.

2021-2022-oʻquv yilida Samarqand davlat chet tillar institutida tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlari uchun ajratilgan qabul kvotalari rasman tasdiqlangan.

🗓 Ushbu dasturlarga qabul jarayoni joriy yilning 13-sentabridan 25-sentabriga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

📌 Abituriyentlar quyidagi qoʻshma ta’lim dasturlariga ariza topshirib, tahsil olishlari mumkin boʻladi:

Bakalavriat uchun

➡️ Janubiy Koreyaning Sunchunyan universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Filologiya va tillarni oʻqitish: koreys tili” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari 30 nafar.

➡️ Malayziyaning “City University of Malaysia” universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari 30 nafar.

➡️ Rossiyaning Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari 30 nafar.

➡️ Rossiyaning Altay davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari ham 30 nafarni tashkil etadi.

Magistratura mutaxassisligi uchun

➡️ Rossiyaning Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Lingvistika: ingliz tili” mutaxassisligiga ajratilgan qabul kvotalari 5 nafar.

❗️Eslatib oʻtamiz: Ushbu dasturlar bilan bogʻliq qoʻshimcha ma’lumotlarni qabul boshlangach, institutning “Axborot xizmati” telegram kanali orqali jamoatchilikka e’lon qilib boriladi.

📞 Batafsil maʼlumot uchun telefonlar: +998933562802, +998662382980, +998662382936, +998662382932, +998662382946
_
Kanalga ulaning:
👉 https://t.iss.one/eduuz
#Qonunchilik_yangiliklari

🖥 Ijara shartnomalarini soddalashtirilgan raqamli imzosiz hisobga qo‘yishni ta’minlaydigan elektron tizim ishga tushiriladi.

🗓 2022-yil 1-yanvarga qadar:

oliy ta’lim muassasalari talabalarining hudud va oliy ta’lim muassasasi kesimidagi elektron bazasi yaratiladi;

talabalar uchun turar joy qidirishga ixtisoslashgan elektron platforma ishlab chiqiladi.

talabalar turar joylari bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkaziladi.
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Хозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
МFaktor асосчилари Ҳасан ва Ҳусан Мамасаидовлар онлайн таълимга бағишланган янги EduOn лойиҳасига асос солишибди.

Айни вақтда ушбу лойиҳанинг тақдимоти бўлиб ўтмоқда.

Томоша қилиш учун:
https://youtu.be/-0FEH-Dalxo
• TDYUning 30 yillik yubileyi 17-sentabrda nishonlanadi

TDYUning 30 yilligi munosabati bilan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, talabalar festivali, qiziqarli tanlovlar, fleshmob, konsert dasturi o‘tkaziladi.

——————————
• 30-летний юбилей ТГЮУ будет отпразднован 17 сентября

В честь 30-летия ТГЮУ будут организованы международная научно-практическая конференция, студенческий фестиваль, интересные конкурсы, флешмоб и праздничный концерт.

——————————
• The 30th anniversary of Tashkent State University of Law will be celebrated on September 17

In honor of the 30th anniversary of TSUL an international scientific and practical conference, a student festival, interesting competitions, a flash mob, and a festive concert will be organized.

——————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul_2021 |#Akademik_litsey

Navoiy davlat pedagogika instituti akademik litseyi bitiruvchilarining 95%i talaba boʻldi

▪️2020—2021-oʻquv yilida litseyni bitirgan 217 nafar oʻquvchilardan 206 nafari (95 foizi) oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirgan.

👨‍🎓👩‍🎓Talaba boʻlganlarning 113 nafari davlat granti asosida, 93 nafari esa shartnoma asosida oʻqishga kirishgan.
______
Bizdan yiroqlashmang:
👉 https://t.iss.one/eduuz
#Soʻragan_edingiz

122-SAVOL:
Assalomu alaykum, men kollej.edu.uz orqali hujjat topshirdim. Aytishlaricha imtihonsiz oʻqishga qabul qilinishim mumkin ekan. Shunday boʻlishi mumkinmi? Yoki imtihon boʻladimi?

JAVOB:
Amaldagi tartibga asosan, kollejlar, texnikumlarga kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha abituriyentlar tomonidan tushgan arizalar soni davlat buyurtmasi parametrlari bilan teng bo‘lganda, abituriyentlar tanlovsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘qishga qabul qilinadi. Ammo, agarda kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha tushgan arizalar soni tasdiqlangan kvotadan ortiq boʻlganda kirish imtihonlari kasb va mutaxassislik xususiyatiga koʻra test sinovlari, kasbiy (ijodiy) yoki yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi.

👉 Bungacha berilgan savollarga javoblar
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga 41 kun qoldi.
—————
До выборов Президента Республики Узбекистан осталось 41 день.

👉🏻Тelegram - Facebook - Instagram - You Tube - Twitter
DIQQAT! EʼLON‼️

Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti pedagogika sohasi bo‘yicha O‘zbekiston va xorijiy davlatlarda tahsil olgan yoki himoya qilgan ilmiy darajali (fan nomzodi, fan doktori (PhD, DSc)) kadrlarni ishga taklif etadi.

Murojaat uchun manzil: Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Shahrisabz ko‘chasi 10-uy.

📞 Telefon:
75 5224058
75 2301502
📧
Elektron pochta: [email protected]
_______
Bizdan yiroqlashmang:
👉 https://t.iss.one/eduuz
#Qonunchilik_yangiliklari

Talabalar turar joylarini barpo etish loyihalari tadbirkorlik subyektining o‘z mablag‘lari hisobidan erkin kelishiladigan shartlar asosida moliyalashtirilganda:

davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim amal qiladigan muddat davomida davlat sherigi tomonidan xususiy sherikka talabalar turar joylaridan erkin foydalanilishi uchun to‘lov to‘lanadi;

davlat sherigi ushbu to‘lovni talabalardan har oy yashash uchun yig‘iladigan to‘lovlarni chegirgan holda Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya hisobidan amalga oshiradi;

talabalar turar joyini saqlash va ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlar xususiy sherik hisobidan qoplanadi.
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Shavkat Mirziyoyev taqdim etayotgan Yangi O‘zbekiston strategiyasida oliy ta’lim tizimidagi vazifalardan

________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube