#Magistratura_2021
Imtihonlar jamoatchilik nazorati ostida shaffof tarzda bo‘lib o‘tmoqda
🔰Xususan, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida magistratura bosqichida tahsil olish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar uchun mutaxassislik fanlardan imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur jarayonlarning shaffof va adolatli o‘tishini ta'minlash maqsadida universitet rahbariyati va Qabul komissiyasi tomonidan barcha tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirildi.
🔸Shuning bilan birga, jamoatchilik nazoratini o‘rnatish maqsadida OAV vakillari, ijtimoiy tarmoq faollari, blogerlar imtihon jarayonlarini bevosita kuzatishga taklif etildi. Birinchilardan bo‘lib ushbu taklifni qabul qilgan O‘zbekiston milliy axborot agentligi bosh direktori o‘rinbosari, huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev imtihon jarayonlarini bevosita kuzatib bordi. Tashrif davomida imtihonlarni tashkil etish borasida o‘z taklif va tavsiyalari haqida TDIU axborot xizmatiga intervyu berdi.
🔹O‘tkazilgan imtihon natijalari abituriyentga shu zahoti ma'lum qilinib, to‘plagan ballari e'lon qilinib borilmoqda. Natijalardan norozi yoki abituriyent tomonidan noto‘g‘ri tuzilgan deb topilgan savollar bo‘yicha apellyatsiya tartibida shikoyat arizalari ham shu yerning o‘zida TDIU qabul komissiyasi tomonidan qabul qilinmoqda. Murojaatlar abituriyent va mutaxassislar ishtirokida bir kun muddatda ko‘rib chiqiladi.
🎥 Jarayonlar uzluksiz tarzda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining imtihon.edu.uz sayti orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translatsiya qilib borilmoqda.
________________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Magistratura_2021
TDTUda magistraturaga kirish imtihonlari o‘z yakuniga yetdi
🔰2021/2022-o‘quv yili uchun Toshkent davlat transport universitetida mavjud 38 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 1389 nafar abituriyentlarning hujjatlari qabul qilindi.
🔹Magistraturada o‘qish istagida bo‘lgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari belgilangan grafik asosida 14—17-avgust kunlari 4 smenada o'tkazildi.
🔹O'tgan 4 kun ichida jami 1033 nafar abituriyent ishtirok etib, natijalar rasmiy sayti orqali berib borildi.
🔹 14—17-avgust kunlari magistratura test sinovlariga COVID-19 sababli kelmagan abituriyentlar 18-avgust 19:00ga qadar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tasdiqlangan koronavirus infeksiyasiga PZR tahlili musbatlik xulosasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi hududiy boshqarmalar (tibbiyot muassasalari) tibbiy ma’lumotnomasini ilova qilgan holda [email protected] manziliga elektron ariza bilan murojaat qilishlari lozim!
——————
👉 @eduuz