Edu.uz
161K subscribers
19.9K photos
4.27K videos
233 files
12.1K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
​​#Tezkor

⚡️DIQQAT! MUHIM XABAR!!!

Hurmatli professor-oʻqituvchilar, ota-onalar va qadrli talaba-oʻquvchilar diqqatiga!

Xabaringiz bor, 2021-yil 24-dekabrda davlatimiz rahbari tomonidan oliy ta’lim tizimini tub ijobiy oʻzgarishlarga olib keladigan oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy, akademik va tashkiliy-boshqaruvda mustaqillik berish borasidagi 2 ta tarixiy qaror imzolandi. Bu bilan esa – Oʻzbekiston oliy ta’lim tizimida yangi davr boshlab berildi.

Qaror bilan 2022-yil yanvar oyidan boshlab respublikadagi eng salohiyatli 35 ta oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berilishi – bu boradagi vazifalarni sifatli tarzda amalga oshirish va hozirdanoq mustahkam poydevor yaratishni talab etadi.

Bu oʻz navbatida, oliy ta’lim muassasalari boshqaruvida yangicha tizim asosida yondashuvni talab etadi.

Shu maqsadda, oliy ta’lim tizimi tarixida ilk marotaba – rektorlar, prorektorlar, dekanlar va moliya masalalariga mas’ullar uchun oʻz kasbiy mahoratini oshirish, yangicha tartibda ishlashni boshlash maqsadida joriy yil 10-24-yanvar kunlari amaliy seminar-treninglar tashkil etiladi.

Shu bilan birga, oliy ta’lim muassasalari kredit-modul tizimiga toʻliq oʻtganligi sababli kafedra mudirlari va professor-oʻqituvchilari uchun asosiy ishdan ajralgan holda oʻquvlar barcha oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladi.

Bu jarayonga oliy ta’lim muassasalari huzuridagi barcha professional ta’lim muassasalari hamda akademik litseylar rahbarlari ham jalb etiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, 2021/2022-oʻquv yilining ikkinchi yarmini toʻliq va puxta tayyorgarlik koʻrgan holda boshlash maqsadida oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun qishki ta’til muddati 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirildi.

Oʻz navbatida, qishki ta’til davrida oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylar talaba-oʻquvchilarining vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamkorligida onlayn fan olimpiadalari, intellektual viktorinalar tashkil etiladi.

Barcha yoshlarimizni ushbu tadbirlarda ishtirok etib, oʻz salohiyatlarini namoyon qilishga chorlab qolamiz!

Talaba-oʻquvchilarga oʻz uylaridan ta’lim muassasalariga qaytishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temir yoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 2022-yilning 24-yanvariga qadar uzaytirildi.

Va asosiysi – 2022-yilning 11-yanvarigacha boʻlgan muddatga xarid qilingan avia va temir yoʻl chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib beriladi.

Mazkur masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlikda Maxsus shtab tashkil etilgan boʻlib, barcha tashkiliy masalalar yuzasidan quyidagi ishonch telefonlariga (10-06, 71-246-97-45, 71-246-28-63) murojaat qilishingiz mumkin!

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️#Tezkor

Oliy ta’lim muassasalari talabalarini koronavirus infeksiyasiga qarshi to‘liq emlash choralari ko‘riladi

🦠Ma’lum bo‘lishicha, mamlakatimizga kelgan xorijiy davlat fuqarosidan COVID-19ning yangi Omicron shtammi joriy yilning 7-yanvar kuni aniqlangan.

🔰 Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan jamoat joylarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish ustidan nazorat kuchaytirilmoqda.

🔹Bunda, barcha tashkilot, korxona va muassasalarda, yirik savdo majmualari, supermarketlar, ko‘ngilochar muassasalarning kirish qismida niqobda bo‘lish, ijtimoiy masofani saqlash, tana haroratini o‘lchash amaliyotiga qat’iy rioya etilishi ta’minlanadi.

💉Aholini to‘liq emlash va buster doza bilan emlash ishlari jadallashtiriladi.

✔️ Vazirlik, idoralar va boshqa davlat tashkilotlari hamda xo‘jalik birlashmalarida:

‼️ ishchilarning emlangandan so‘ng ish joylariga kiritishga ruxsat beriladi. Mazkur tartibni buzgan tashkilot rahbarlariga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qat’iy chora ko‘riladi;

mamlakatda amal qilayotgan karantin cheklovlari sharoitida aholi salomatligini ta’minlash maqsadida turli tadbirlar tashkil etish taqiqlandi.

👨🏻‍🎓Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ta’til davomida koronavirus infeksiyasiga qarshi to‘liq emlash choralari ko‘riladi. Ushbu tadbirlarga OTM rahbarlari shaxsan mas’ul etib belgilanadi.
____
👉@eduuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tezkor

Oliy taʼlim muassasalarida 24-yanvardan keyin o‘qish onlayn ta’limga o‘tishi mumkinmi?

Sessiya jarayonlari qay tarzda boʻladi?

Ushbu savollar yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov AOKAda o'tkazilayotgan matbuot anjumanida javob berdi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tezkor

Talabalarni vaksina bilan emlash jarayonlari qanday ketmoqda?

Barcha talabalar majburiy emlanishi shartmi?


🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
​​#Tezkor

⚡️DIQQAT! MUHIM!!!

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan
soʻnggi kunlarda yurtimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati kamayayotganligi yuzasidan qaror qabul qilindi.

❗️Unga koʻra, 2022-yil 7-fevraldan boshlab oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litseylar hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻquv jarayoni anʼanaviy shaklga oʻtkaziladi.

Bunda, barcha taʼlim tashkilotlarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etish va antiseptik vositalardan muntazam foydalanish talab etiladi.

Avia va temiryoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirmalarini saqlab qolinadi va 2022-yil 7-fevralga qadar avia va temiryoʻl chiptalari bepul tarzda boshqa muddatga almashtirib beriladi.

Hech bir talaba va oʻquvchi chiptasiz qolmaydi!

Mazkur masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlikda Maxsus shtab tashkil etilgan boʻlib, 3-fevraldan barcha tashkiliy masalalar yuzasidan quyidagi 71-230-64-64 Call-center va 10-06 ishonch telefonlariga murojaat qilishingiz mumkin.

👉 На русском

👉 @eduuz
#TEZKOR

⚡️O‘qish 23-yanvardan an’anaviy tarzda boshlanadi

Joriy yilning 23-yanvaridan e’tiboran barcha oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun dars mashg‘ulotlari an’anaviy tarzda boshlanishini ma’lum qilamiz.

Nazorat ishlari (oraliq, yakuniy) ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan shakllarda moslashtirilgan o‘quv grafiklariga muvofiq amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, talaba-oʻquvchilarning oʻz taʼlim muassasalariga qaytishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temiryoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 23-yanvarga qadar uzaytirilgan.

👉На русском

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor #Mobile_Rakurs

Farg‘ona davlat universitetida yangi talabalar turar joylari foydalanishga topshirildi.

Yotoqxonalar talabalarning qulay yashashi va ta’lim olishi uchun zarur bo‘lgan barcha jihozlar bilan ta’minlangan, jumladan, yoshlar uchun sport maydonchalari va madaniyat xonalariga ega.



В Ферганском государственном университете введены в эксплуатацию новые студенческие общежития.

Общежития оборудованы всем необходимым для комфортного проживания и обучения студентов, включая мебель, интернет, спортивные и культурные зоны.



The Fergana State University has recently opened new student dormitories.

These facilities provide accommodation for students who live far from the campus or need a convenient place to stay. The dormitories are equipped with modern amenities and offer a comfortable and safe environment for learning and socializing.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor

⚡️2023/2024-o‘quv yili qabulida kollej va texnikumlarga o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar diqqatiga!

Professional ta’limda o‘qish imkoniyati kengaytirilmoqda. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida my.uzbmb.uz platformasi orqali kollej va texnikumlarda (yuridik texnikumlar bundan mustasno) kasb yoki mutaxassislik egallash istagida ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarni qabul parametri doirasida mavjud vakant (bo‘sh) o‘rinlarga qabul qilish imkoniyati yaratildi.

Bunda birinchi navbatda, abituriyentlar test natijalari bo‘yicha ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda qabul qilinadi.

Shuningdek, qabul yakunlari bo‘yicha shakllanmagan (o‘quvchilar soni 12 nafardan kam bo‘lgan) guruhlarga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar arizasiga ko‘ra, ta’lim shakli o‘zgarmagan holda davlat granti asosida boshqa kasb (mutaxassislik)ga o‘zgartirishi mumkin.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlariga test sinovlarida ishtirok etib, o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar faqat ushbu texnikumdagi mos mutaxassislik bo‘yicha vakant o‘rinlarga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Ushbu texnikumlarning vakant o‘rinlariga mos mutaxassislik bo‘yicha o‘qishga da’vogar abituriyent bo‘lmagan taqdirda, mazkur muassasaning boshqa mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar qabul qilinishiga ruxsat beriladi.

Shu bilan birga, tibbiyot yo‘nalishidagi mutaxassisliklarga tavsiya etilmagan abituriyentlar boshqa kollej va texnikumlardagi vakant o‘rinlarga o‘qish uchun ham murojaat etishlari mumkin.

Vakant o‘rinlariga o‘qish istagida bo‘lganlar 2023-yilning 13-noyabr kuniga qadar professional ta’lim muassasasi ma’muriyatiga murojaat qilishlari lozim.

Izoh: Prezidentning 200-son (03.07.2023-y.) hamda Vazirlar Mahkamasining 516-son (29.09.2023-y.) qarorlarida belgilangan kasb (mutaxassislik)lar davlat granti asosida o‘qitiladi.

👉 На Русском
👉 In English

Bizni kuzating 👉@eduuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM