Edu.uz
137K subscribers
22.5K photos
4.84K videos
232 files
12.9K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#e’lon

Sirdaryo yoshlar texnoparki stipendiyasi uchun roʻyxatdan oʻtish davom etmoqda


Stipendiya “INNO X” inkubatsiya dasturida ishtirok etadigan 25 nafar ishtirokchiga 3 oy davomida har oy toʻlab boriladi. Oylik stipendiya miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 0.5 barobarini tashkil etadi.

🚀INNO X” inkubatsiya dasturida qanday ishtirok etish mumkin?

1. “INNO X” platformasidan roʻyxatdan oʻting va oʻz gʻoyangizni qisqacha mazmunini yozib qoldiring
(Muddat: 15-yanvarga qadar)

2. Platformada tanqidiy fikrlash test topshiriqlarini bajaring
(Muddat: 17-yanvar)

3. Platformaga oʻz gʻoyangiz taqdimotini yuklang va yoshlar texnoparkiga tashrif buyurib uni komissiya aʼzolari qarshisida himoya qilib bering
(Muddat: 19-yanvar) 

Eng yaxshi 25 nafar gʻoya egasi inkubatsiya dasturiga qabul qilinadi va har oylik texnopark stipendiyasini qoʻlga kiritadi!

☎️ Qoʻshimcha maʼlumot uchun: 90 863-14-04, 90 110-48-09.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#E’tirof

⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yoshlar akademiyasi rahbari Akbarxon Sobirxonov Mudofaa vazirligi tomonidan taqdirlandi.

Mudofaa vazirligi tizimida ilmiy-innovatsion salohiyatni yanada rivojlantirish, shuningdek harbiy bilim yurtlarining yosh kursantlari va tadqiqotchilarini qo‘llab-quvvatlashga qo‘shgan hissasi uchun Akbarxon Sobirxonov Mudofaa vazirligining III darajali "Namunali xizmati uchun" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

___

⚡️Руководитель Академии молодежи Министерства высшего образования, науки и инноваций Акбархон Собирхонов удостоен награды Министерства обороны РУз

Акбархон Собирхонов награжден медалью III степени «За образцовую службу» Министерства обороны за вклад в дальнейшее развитие научно-инновационного потенциала в системе Министерства обороны, а также поддержку молодых курсантов и научных работников военных образовательных учреждений.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

Buyuk Britaniya-O‘zbekiston Transmilliy Ta’lim (TNE) hamkorligini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari muhokama qilindi


2024-yilning 10-yanvar kuni Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Leo Dokerti O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi.

Ushbu tashrif dasturiga muvofiq Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida Leo Dokerti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Timoti Smart, Britaniya Kengashi direktori Denis Voddingem, Buyuk Britaniya Parlamenti delegatsiya a’zolari va Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU) rektori Bahrom Mirqosimov ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda Buyuk Britaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi istiqbolli sheriklik va ta’lim aloqalarini rivojlantirish yo‘nalishlari, jumladan, ingliz tilini o‘qitishga bo‘lgan talabning ortib borishini qo‘llab-quvvatlash yo‘llari, O‘zbekiston hukumatining oliy ta’lim sohasidagi ustuvor yo‘nalishlari hamda Buyuk Britaniya-O‘zbekiston Transmilliy Ta’lim (TNE) hamkorligining muvaffaqiyatlari va ularni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Tashrif davomida janob Dokerti uchun universitet bo‘ylab ekskursiya, shuningdek, universitet talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida talabalar universitetdagi akademik va ijtimoiy hayot haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube