#forum
Bugun, 9-yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yoshlar akademiyasi tomonidan Vazirlik binosida “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Harbiy bilim yurti kursantlari ishtirokidagi Yoshlar akademiyasi forumi” o‘tkazildi.
Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yoshlar akademiyasi, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Milliy gvardiya mutasaddilari, shuningdek harbiy bilim yurtlarida faoliyat yuritib kelayotgan iqtidorli yoshlar va yosh olimlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida ilmiy ishlanmalar va innovatsion loyihalar taqdimotlari o‘tkazildi. Faol ishtirokchilar taqdirlanib, Yoshlar akademiyasi liderlari aniqlandi. O‘z yutuqlariga ega kursantlar Yoshlar akademiyasi a’zoligiga qabul qilindi.
Qayd etilganidek, hozirda harbiy yo‘nalishda ta’lim oladigan yoshlar va yosh olimlarning 100 nafardan ortig‘i Yoshlar akademiyasiga a’zo va 50 dan ortiq loyihalar hamkorlikda amalga oshirilmoqda. O‘tgan yilda harbiy yo‘nalishda o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra, 1 milliard 128 million 519 ming so‘m miqdoridagi 13 ta loyiha moliyalashtirildi.
Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6339
Taqdirlanganlar rasmi bu yerda
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube