Edu.uz
165K subscribers
19.8K photos
4.23K videos
232 files
12K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#E'tibor

Namangan to‘qimachilik sanoati instituti magistrantiga vazir sovg‘asi topshirildi

12-sentabr kuni oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov Namangan to‘qimachilik sanoati institutiga tashrifi davomida institutning To‘qimachilik dizayni fakulteti birinchi bosqich magistranti Muhfira G‘aniyeva bilan suhbatda bo‘lib, u tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishdi. Vazir uning yorqin fikrlari, tashabbus va intilishlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5847

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#startap #parvoz

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan “Parvoz” loyihasi tashkil etilganidan xabaringiz bormi?

“Parvoz” loyihasi sizga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
▪️ Startap loyihani shakllantirish va rivojlantirish;
▫️ Inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarida qatnashish;
▪️ Startaplar uchun ko‘zda tutilgan imtiyozlar va preferensiyalar haqida xabardor bo‘lish;
▫️ Ko‘rik tanlovlar va startaplar uchun grantlar haqida doimiy ravishda ma’lumot olish;
▪️ Mahalliy va xorijiy ekspertlar tomonidan turli mavzularda onlayn va oflayn darslar olish va boshqalar.

Shu kabi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun “Parvoz” loyihasining rasmiy telegram sahifasi — https://t.iss.one/parvoz_loyihasiii ga ulanib, yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishni tavsiya etamiz!

👉https://t.iss.one/parvoz_loyihasiii

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
#Anjuman

Tojikistonda boʻlib oʻtgan Rektorlar ikkinchi forumida Oʻzbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi

13-sentabr kuni Tojikiston milliy universitetida Markaziy Osiyo davlatlari rektorlarining ikkinchi forumi boʻlib oʻtdi. Markaziy Osiyoning 80 dan ortiq universitetlari rektorlari, ilmiy doira vakillari, professorlari qatori Forumda Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari rektor va prorektorlaridan iborat delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5850

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

13-sentyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Shahlo Turdikulova Xitoy Savdo-sanoat palatasining dori vositalari va tibbiy mahsulotlar importi va eksporti boʻyicha vitse-prezidenti Wang Maochun boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv davomida Xitoyning yetakchi farmatsevtika va biotexnologiya kompaniyalari vakillari oʻz mahsulotlari va xizmatlari haqida maʼlumot berishdi. Har bir kompaniya kesimida hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, kelajakda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan loyihalar yuzasidan fikr almashildi.



13 сентября заместитель министра высшего образования, науки и инноваций Шахло Турдикулова приняла делегацию во главе с вице-президентом Китайской торгово-промышленной палаты по импорту и экспорту фармацевтических препаратов и изделий медицинского назначения Wang Maochun.

В ходе встречи представители ведущих фармацевтических и биотехнологических компаний Китая предоставили информацию о своей продукции и услугах. В разделе каждой компании были обсуждены перспективы сотрудничества, а также обменялись мнениями о перспективных проектах.



On September 13, Deputy Minister of Higher Education, Science and Innovation Shakhlo Turdikulova received a delegation led by Wang Maochun, the Vice President of the Chinese Chamber of Commerce and Industry for the Import and Export of Pharmaceuticals and Medical Products.

During the meeting, representatives of leading pharmaceutical and biotechnology companies in China provided information about their products and services. In the section for each company, prospects for cooperation were discussed, and opinions were exchanged on promising projects.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik_yangiliklari

Qatar bilan oliy taʼlim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik qilinadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-sentabrdagi “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
PQ–305-son qarori qabul qilindi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston va Qatar Davlati Hukumatlari oʻrtasida oliy taʼlim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi.

Mazkur bitim 2023-yil 6-iyunda Samarqand shahrida imzolangan.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube