Edu.uz
160K subscribers
19.9K photos
4.28K videos
233 files
12.1K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#talabaga_qulaylik

Toshkent davlat transport universitetida tashkil etilgan Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari boʻyicha maʼlumotlar markazi faoliyatidan

Ijara xonadonlari haqida maʼlumot 👈

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#qabul2023
#Professional_taʼlim

Kollej va texnikumlarga oʻqishga qabul qilish boʻyicha savollarga tezkor javob olish mumkin

Buning uchun 2023/2024-o‘quv yili qabul jarayonlarida abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining hududiy boshqarmalarida “Abituriyentlarni qoʻllab-quvvatlash” markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Markazlar yakshanba kunidan tashqari har kuni soat 9:00 dan 18:00 ga qadar faoliyat ko‘rsatadi.

👉На русском
👉In English

Qabulga doir foydali bot: 👉@eduuzuniversalbot

Hududiy boshqarmalarning telegram kanallari quyida👈

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#talabalaga_qulaylik

Talabalarni turar joy bilan ta’minlanishi vazirlik nazoratida bo‘ladi

Bunda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus shtabi OTMlardagi talabalarga ko‘maklashuvchi markazlar faoliyatini muvofiqlashtiradi

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#vazir_talaba

Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Talabalarni turar joylar bilan taʼminlash markazi shtabida boʻlib, u yerdagi koʻngilli yoshlar va tyutorlar faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, shtabga murojaat bilan kelgan talabalar bilan suhbatda bo‘ldi.

Soʻngra Oʻzbekiston milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti turar joy bilan taʼminlash markazlarining tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirib, bu borada olib borilgan ishlar yuzasidan muassasalar masʼullarining axborotini tingladi.

Vazir yangi oʻquv yilida birorta talaba turar joy masalasida eʼtiborsiz qolmasligi, buning uchun bor imkoniyatni ishga solish kerakligini qayd etib, talabalarning yashash joylarida ularning oʻz ustida ishlashi, dam olishi uchun yetrarli sharoitlar yaratilsh borasida mutasaddilarga zarur ko‘rsatmalar berdi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#qabul2023 #kollej #infografika

⚡️19-avgust soat 18:00 holatiga ko‘ra, kollejlarga qabul bo‘yicha jami 10 804 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan:
Kunduzgi – 4 563 nafar;
Sirtqi – 5 284 nafar;
Kechki – 51 nafar;
Dual – 906 nafar ta’lim shakllari uchun (batafsil infografikada).

❗️Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz elektron platformalari orqali 10-sentabr (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

Kvotalar to‘liq
@eduuzuniversalbot’da

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#qabul2023 #texnikum #infografika

⚡️19-avgust soat 18:00 holatiga ko‘ra, texnikumlarga qabul bo‘yicha jami 37 494 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan:
Kunduzgi – 33 117 nafar;
Sirtqi – 3 819 nafar;
Kechki – 33 nafar;
Dual – 525 nafar ta’lim shakllari uchun (batafsil infografikada).

❗️Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz elektron platformalari orqali 10-sentabr (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

Kvotalar to‘liq @eduuzuniversalbot’da

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#talabaga_qulaylik

Talabalarni turar joy bilan ta'minlashda qulaylik yaratildi

Endilikda Andijon davlat pedagogika institutida turar joyga oid muammolarga duch kelayotgan, shuningdek, institut yotoqxonasiga joylashmoqchi boʻlganlar “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari boʻyicha maʼlumotlar markazi”ga murojaat qilishlari mumkin.
___

Созданы условия для обеспечения студентов жильем

Для оперативного решения вопросов с проживанием и размещения в общежитиях Андижанского государственного педагогического института создан «Информационный центр по студенческим общежитиям и аренде жилья».
___

Conditions have been created to provide students with housing

To
promptly resolve issues with accommodation and accommodation in the dormitories of the Andijan State Pedagogical Institute, an “Information Center for Student Hostels and Housing Rental” was created.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#topshiriq_ijrosi

19 avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi vaziri I. Abdurahmonov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi talabalarni turar joy bilan taʼminlash jarayonlari bilan tanishdi.

Universitet hududida tashkil etilgan Talabalarni turar joy bilan taʼminlash markaziga shu kunga qadar 2 000 nafardan ziyod talaba onlayn murojaat qilgan va talabalar turar joylariga joylashtirish talablariga koʻra 105 nafar talaba turar joy bilan taʼminlangan. Boshqa talabalarni esa ijara uylari bilan taʼminlanishi boʻyicha tashkiliy ishlar amalga oshirilgan.

Vazir mazkur markazning faoliyatini ijobiy baholadi va yanada samaradorlikka erishish uchun TDIU masʼullariga bir qator topshiriqlar berdi. Shundan soʻng vazir talabalar uchun tashkil etilgan Akademik registrator xonasi, talabalar turar joylari va auditoriyalarning yangi oʻquv yiliga tayyorlik darajasini koʻzdan kechirdi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul2023 #Imtiyoz

Imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mandat.uzbmb.uz saytiga joylashtirildi

Bilimni baholash agentligining mandat.uzbmb.uz saytiga qo‘shimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etadigan imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirildi.

Endilikda mandat.uzbmb.uz saytidagi “Bakalavr-2023” bo‘limining “Imtiyozli” qismidan tegishli imtiyoz turini tanlagan holda ushbu imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rish mumkin.

Bunda abituriyentlarning ro‘yxati ularning to‘plagan ballari asosida tartiblanadi va mazkur imtiyoz doirasida ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari soni ham ko‘rsatiladi.

📌 Imtiyoz asosida qo‘shimcha kvota doirasida talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar barcha abituriyentlar kabi umumiy tanlovda ishtirok etadi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Edu.uz pinned «#Qabul2023 #Imtiyoz Imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mandat.uzbmb.uz saytiga joylashtirildi Bilimni baholash agentligining mandat.uzbmb.uz saytiga qo‘shimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etadigan imtiyozga ega abituriyentlar…»
19-avgust kuni Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov raisligida respublika oliy taʼlim muassasalarining 2022/2023-oʻquv yilidagi ilmiy va innovatsion faoliyati natijadorligi yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda respublikamizdagi barcha oliy taʼlim muassasalari rektorlari, prorektorlari va vazirlik masʼul xodimlari ishtirok etdilar.

Respublikamiz oliy taʼlim muassasalarining 2022/2023-oʻquv yilidagi ilmiy va innovatsion faoliyati muhokama qilinib, ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektorlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

Hozirgi kunda 69 ta oliy taʼlim muassasasining ilmiy salohiyat koʻrsatkichi 2023-yil oʻrtacha maqsadli koʻrsatkichidan past ekani qayd etildi. Shu munosabat bilan faoliyatini qoniqarsiz amalga oshirayotgan ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektorlarga tegishli choralar koʻrilishi qayd etildi.

Batafsil



19 августа под председательством министра высшего образования, науки и инноваций Иброхима Абдурахмонова состоялось расширенное совещание по вопросам эффективности научно-инновационной деятельности высших образовательных учреждений республики в 2022/2023 учебном году. В нем приняли участие ректоры, проректоры и должностные лица всех высших и

Обсуждена научная и инновационная деятельность вузов в 2022/2023 учебном году, дана информация об эффективности работ, проводимых проректорами в области научных работ и инноваций.

Подробно



On August 19, under the chairmanship of the Minister of Higher Education, Science and Innovation, Ibrohim Abdurakhmonov, an expanded meeting was held on the effectiveness of scientific and innovative activities of higher educational institutions of the republic in the 2022/2023 academic year.


Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#topshiriq_ijrosi #talabaga_qulaylik

⚡️Davlat oliy taʼlim muassasalarining talabalar turar joyiga onlayn joylashish imkonini beruvchi xizmat ishga tushirildi

Mazkur xizmat, 2023-yil Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (18.08.2023-y) bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz saytida ishga tushirildi.

Endilikda, 2023/2024-oʻquv yili qabulida talabalikka tavsiya etilgan barcha abituriyentlar davlat OTMlarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalimy.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.

Eslatib oʻtamiz, mazkur xizmatdan 2023/2024-oʻquv yili uchun davlat OTMlariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari (mandat) eʼlon qilingandan soʻng foydalanish mumkin boʻladi. Boisi, platformada 1-bosqich talabalari haqidagi ma’lumotlar 2023-yil qabul parametrlariga muvofiq mandat natijalari asosida yangilanadi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#talabaga_madad

Toshkent davlat agrar universitetida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari boʻyicha maʼlumotlar markazi” faoliyat olib bormoqda.



В Ташкентском государственном аграрном университете действует «Информационный центр по студенческим общежитиям и арендуемому жилью».



"Information center on student accommodation and rental apartments" is operating at Tashkent State Agrarian University

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM