Edu.uz
136K subscribers
25.6K photos
5.33K videos
242 files
13.8K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
[email protected]

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Qabul_2023
#jarayon
#fotogalereya

Bugun 2023/2024-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarining 9-kuni boʻlib oʻtdi.

Jizzax politexnika instituti tomonidan abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari uchun bayramona dasturxon yozildi, malakali oshpazlar katta doshqozonda osh damladi.

Tashkil etilgan badiiy dasturlar orqali ota-onalar OTM faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻldilar. Ular tashkilotchilarga bayramona dasturxon-u shod-xurramlik uchun minnatdorlik bildirdilar.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍175👏7😁7😱5🤔4
⚡️ Sakkizinchi kun natijalari e’lon qilindi

📆 2023-yil 8-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

8-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍55👏62🤩1
#vazir_yoshlar

Zamonaviy bilim va xorijiy tajribaga ega yangi avlod yoshlari safi kengaymoqda

Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiylar vaziri Ibrohim Abdurahmonov “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2023-yil 1-ochiq stipendiya tanlovida g‘olib bo‘lib, xorijiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan bir guruh yoshlar bilan uchrashdi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5537

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍51🥰42
#Mutolaa

📚 Jojo Moyesning “Sen bilan uchrashguncha” asari davomi...

Uill dam olish kunlari Luizaga uyidagi bo‘sh uyda yashashni taklif etadi. Luiza rad etadi va yigiti Patriknikiga ko‘chib o‘tishga qaror qiladi.

📖Maroqli mutolaa

👉
https://online.pubhtml5.com/ilkp/xapc/

PDF shaklida o‘qish

Avvalgi qismlari 👈

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍358🤔5🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

👍 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovini e’lon qiladi.

📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 25-avgustga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:

🔴Oybekning “Navoiy” asari
🔴Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” asari

Yakunda 50 nafar ishtirokchi finalga yo‘l oladi va final bosqichi bellashuvi natijasiga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi hamda quyidagi tartibda taqdirlanadi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – noutbuk;
🔵2-o‘rin (2 nafar) – smart televizor;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – planshet;
🔵4-o‘rin (4 nafar) – smartfon (6/128);
🔵5-o‘rin (10 nafar) – smartfon (4/64);
🔵“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – smartfon.

📌 Tanlov nizomi bilan tanishish

Kitob o‘qib, g‘oliblar qatoridan joy egallang.

👉 TANLOVDA ISHTIROK ETISH

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71🔥7🤔43
#Qabul2023

⚡️ Ichki ishlar vazirligining akademik litseylariga kirish test sinovlari sanasi aniq bo‘ldi

📆 Ichki ishlar vazirligining akademik litseylariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2023-yil 14-avgust kuni 1 smenada bo‘lib o‘tadi va 09:00 da boshlanadi.

📍 Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 08:00 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

🔖 Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma talabgor hujjat topshirgan Ichki ishlar vazirligining akademik litseyi tomonidan tarqatiladi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍423🥰1
📣📣Kompyuter o‘yinlarini Unreal Engine 5 orqali yaratish bo‘yicha bepul seminar

Kompyuter o‘yinlariga qiziqasizmi? Ularni qanday yaratishni o‘rganishni istaysizmi? Unda sizni Cube of Skill va Diba Innovation Hub tomonidan tashkil etilgan bepul seminarga taklif etamiz!

Bunda siz eng yaxshi o‘yin mexanizmi - "Unreal Engine 5" orqali orzuyingizdagi o‘yinni yaratish haqida bilimlarga ega bo‘lasiz.

📆 12-avgust, 17:00
📍Diba Innovation HUB binosida
❗️ Unda ishtirok etish mutlaqo bepul.

Ro‘yxatdan o‘tish 11-avgustgacha davom etadi: @cube_of_skill

➡️Batafsil: https://ihitt.uz/formdiba/



📣📣Бесплатный семинар по созданию компьютерных игр с использованием Unreal Engine 5

Вам нравятся компьютерные игры? Вы хотите научиться создавать их? Тогда мы приглашаем вас на бесплатный семинар, организованной компанией Cube of Skill и Diba Innovation Hub.

Здесь вам расскажут как сделать игру, о которой вы мечтали, на самом лучшем игровом движке - Unreal Engine 5!

📆 12 августа, 17:00
📍Diba Innovation HUB binosida
❗️Участие бесплатное

Успей пройти регистрацию до 11 августа через Телеграм: @cube_of_skill

➡️Подробно: https://ihitt.uz/formdiba/

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍444
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tayyorgarlik

Yangi o‘quv yilida talabalarni kutib olishga tayyorgarlik qanday bo‘lmoqda?

Ayni kunlarda oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha alohida shtablar faoliyat yuritmoqda.

Jumladan, Qarshi davlat universiteti ishchi guruhi tomonidan talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlarida yashash sharoitlari o‘rganilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, universitetda jami 3 038 o‘ringa mo‘ljallangan 10 ta yotoqxonadan iborat kichik talabalar shaharchasi tashkil etilgan. Shuningdek, o‘quv binolariga yondosh mahallalarda 300 dan oshiq ijara huquqi asosidagi xonadonlar ro‘yxati shakllantirilgan.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍46😁7