Edu.uz
165K subscribers
19.8K photos
4.23K videos
232 files
12K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#VazirYoshlar_uchrashuvi

Qachonki, tadqiqotchining ilmiy faoliyatini ilmiy hamjamiyat tan olsagina, u olimga aylanadi – vazir

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida boʻlib, talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi. Professor-oʻqituvchilar hamda talabalar bilan uchrashib, ular faoliyatidagi muammo va takliflari yuzasidan samimiy suhbat oʻtkazdi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5336



Только когда научное сообщество признает научную деятельность исследователя, он становится ученым – министр

Министр высшего образования, науки и инноваций, академик Иброхим Абдурахмонов посетил Туринский политехнический университет в Ташкенте и ознакомился с условиями, созданными для студентов. Он встретился с профессорами и студентами и провел с ними открытую беседу, выслушал их предложения.

Подробно: https://edu.uz/ru/news/view/5336

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#talabalar_akademik_almashinuvi

Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari Ozarbayjon davlat tibbiyot universitetida xalqaro akademik mobillik dasturi doirasida amaliyot o‘tab qaytdilar.

Amaliyot davomida Boku shahrida bo‘lib o‘tgan “Tibbiyotning dolzarb masalalari” mavzusidagi X xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Vazir: Yoshlar taʼlim-tarbiyasiga barchamiz birdek masʼulmiz

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Mirobod tumanidagi fuqarolar xonadonida boʻldi. “Oltinkoʻl”, “Bilimdon” va “Navroʻz” mahallalarida yashovchi yoshlar muammolarini o‘rganib, ular bilan samimiy muloqot qildi.

Suhbat davomida soʻnggi yillarda yoshlar zamonaviy bilim olishi, kasb-hunar egallashi uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida soʻzlanib, ulardan unumli foydalanish taʼkidlandi. Bunda yoshi kattalar ularga toʻgʻri yoʻl-yoʻriq koʻrsatib, hayotda oʻz yoʻllarini topishda, jumladan, isteʼdodlarini roʻyobga chiqarish, iqtidor va qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirishda koʻmakchi boʻlishlari bildirildi.

Yoshlar muammosi jamiyat muammosi, ularning taʼlim-tarbiyasiga barchamiz birdek masʼulmiz, – dedi vazir.

Uchrashuvlar davomida yoshlarga IT sohasidagi bilim va koʻnikmalarini oshirish uchun kompyuter jamlanmasi sovgʻa qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#qonunchilik_yangiliklari

Oʻquvchi va talabalar uchun “Shaxmat stipendiyasi” taʼsis etiladi

Prezident qaroriga (08.05.2023-yil PQ-150-son) asosan, 2024-yil 1-yanvardan boshlab “Shaxmat stipendiyasi” taʼsis etiladi.

Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalarida “Maktab ligasi”, “Akademik litsey ligasi”, “Professional taʼlim muassasalari ligasi” va “Talabalar ligasi” musobaqalarini har yili uch bosqichda tizimli oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi.

Ushbu musobaqalarda gʻolib boʻlgan oʻquvchi-yoshlar va talabalar yil davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida “Shaxmat stipendiyasi” bilan ragʻbatlantiriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#bilasizmi

Bu yildan boshlab har yili Prezident qarori bilan tasdiqlanadigan kvotalar faqat davlat granti uchun tasdiqlanadi

Bu Prezidentning 279-son qarori (15.06.2022-y.) bilan belgilangan.

Unga ko‘ra 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab:

davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari (kvota) faqat davlat granti bo‘yicha tasdiqlanadi;

to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari esa, moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlarda Kuzatuv kengashlari qarori bilan, qolganlari tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi hamda har yili 20-iyunga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Davlat oliy taʼlim muassasalarining tegishliligi boʻyicha vazirlik va idoralar kesimidagi ro‘yxati bu yerda 👉https://t.iss.one/eduuz/12192

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Unda institutning akadem mobilligini oshirish hamda talabalarga qo‘shimcha qulayliklar yaratishga qaratilgan istiqbolli rejalar haqida ma’lumot berildi. Xususan:

🔹Vengriyaning Zemmelvays universitetida akademik almashinuv kurslari tashkil etiladi;
🔸Doktorantlar va ilmiy izlanuvchilar uchun 3 oylik stajirovka yoʻlga qoʻyiladi;
🔹Raqamli tibbiyot mutaxassisligi tashkil etiladi.

Shuningdek, 2023–2025-yillar davomida:

✔️Harbiy-tibbiy akademiya bilan hamkorlik qilinadi;
✔️Klinik psixologiya yoʻnalishi tashkil etiladi;
✔️Oliy maʼlumotli hamshira fakulteti ochiladi;
✔️Sogʻliqni saqlashda menejment magistratura mutaxassisligi tashkil etiladi;
✔️Immunologiya kafedrasi ochiladi;
✔️Transplantologiya kafedrasi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
✔️Institut klinikasi koʻp tarmoqli klinikaga aylantiriladi.

🏛Talabalarni turar joy bilan qamrovini oshirish maqsadida jami 1 500 o‘rinli, jumladan:

2023-yilda qoʻshimcha 600 oʻrinli;
2024-yilda qoʻshimcha 400 oʻrinli;
2025-yilda qoʻshimcha 500 oʻrinli yotoqxonalar quriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mutolaa

📚 “Abu Rayhon Beruniy” romanining 5-qismi: “Xoja Minovandiy, Ko‘chi Baluj” hikoyalari.

📖Maroqli mutolaa

👉
https://online.pubhtml5.com/ilkp/czqa/

PDF shaklida o‘qish

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OʻzMU_105_yoshda

O‘zbekiston milliy universiteti tashkil etilganiga 105 yili to‘ldi

Ayni paytda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 105 yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi “Intercontinental Tashkent” mehmonxonasida “O‘zbekiston milliy universitetining ilm-fan rivoji va jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, professor-o‘qituvchilar va xorijiy mehmonlar ishtirok etmoqda. Vazir kirish so‘zida ta’lim dargohining O‘zbekiston ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissasini e’tirof etib, universitet jamoasi va mehmonlarni samimiy tabrikladi.



105 лет со дня создания Национального университета Узбекистана

По случаю 105-летия Национального университета Узбекистана имени Мирзо Улугбека в гостинице “Intercontinental Tashkent” проходит международная научно-практическая конференция на тему «Роль Национального университета Узбекистана в развитии науки и общества».

В ней принимают участие министр высшего образования, науки и инноваций Иброхим Абдурахмонов, ректоры высших образовательных учреждений, профессорско-преподавательский состав, зарубежные гости. Во вступительном слове министр отметил вклад образовательного учреждения в развитие науки Узбекистана и тепло поздравил коллектив вуза и гостей.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️ Akademik litseylar bitiruvchilari uchun o‘tkazilgan chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

Test natijalari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus platformasi orqali litsey ma’muriyatiga taqdim etilgan bo‘lib, talabgorlar o‘z natijalarini litsey ma’muriyatidan bilishlari mumkin.

Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarning sertifikati ham mazkur platformaga elektron shaklda yuklangan.

O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun ichida (13-15-may) litsey ma’muriyati orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, jami 4,5 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etgan mazkur imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4910-son qaroriga muvofiq akademik litsey bitiruvchilari uchun bepul tarzda o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

Professional ta‘limda sifatni taminlash bo‘yicha xalqaro loyihalar amalga oshirilmoqda

Jumladan, kuni kecha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov professional ta’lim bo‘yicha xalqaro ekspert, Shveysariya Federal texnika universiteti professori Ursula Renold bilan uchrashdi.

Unda Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda professional ta’lim islohotlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

📹 Muloqotdan so‘ng professor U.Renold yurtimizga qilgan ilk tashrifi bo‘yicha taassurotlari, sohani rivojlantirishda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

👉
https://edu.uz/uz/news/view/5338

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube