Edu.uz
132K subscribers
23.7K photos
5.03K videos
239 files
13.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Ishonch Tel.: 1006 (2)

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

S.Djannini: Oʻzbekistondagi oliy va professional taʼlim xalqaro darajaga koʻtarilmoqda

Bugun, shuningdek vazir A.Toshqulov YUNESKOning erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berish boʻyicha II Butunjahon konferensiyasi doirasida YUNESKO Bosh direktorining taʼlim masalalari boʻyicha oʻrinbosari Stefaniya Djannini xonim bilan ham uchrashib, mamlakatimiz oliy taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildi.

➡️ Batafsil ushbu havolada

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#so‘rovnoma

OTMlarga kirish imtihonlari qanday o‘tdi?

📋 YUNISEFning “U-Report” loyihasi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Davlat test markazi bilan hamkorlikda so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

📌 So‘rovnoma 2022-yilda bo‘lib o‘tgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari bo‘yicha abituriyentlarning fikrini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan.

So‘rovnoma natijalari oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarini takomillashtirishga yordam beradi.

So‘rovnomada ishtirok eting va o‘z fikringizni bildiring.

👉 So‘rovnomada ishtirok etish uchun 👈

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qulaylik

Talaba qizning taklifi davlat rahbarining e’tiborida

🏛 Shahrisabz davlat pedagogika institutida zamonaviy axborot-resurs markazi qurilmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Vatanimiz bayrogʻi qabul qilinganligining 31 yilligi muborak boʻlsin!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar

🔥 O‘zMU talabasi Svetlana Osipova – Jahon chempiontida tarixiy natija ko‘rsatdi!

Ayollar o‘rtasida +73 kg vazn toifasida bahs olib borgan talabamiz Svetlana Osipova barcha raqiblarni mag‘lub etib, O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilingan kunda bayrog‘imizni Meksikada baland ko‘tardi 🇺🇿

Dastlab AQSH vakilasi ustidan g‘alaba qozongan Osipova chorak finalda Marokash, yarim finalda avstriyalik raqibalarini ham mag‘lubiyatga uchratdi. Finalda isroillik Dana Arzanga qarshi chempionlik uchun dayanga chiqqan Svetlana 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va 🥇oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Svetlana o‘zbek taekvondosi tarixidagi ayollar o‘rtasida Jahon chempioni bo‘lgan birinchi ayol hisoblanadi!

🎉 Tarixiy g‘alaba muborak bo‘lsin!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Oʻzbekiston talabasi” jurnali chop etila boshlandi

Ushbu bosma nashr talabalar hayoti bilan bogʻliq bir-biridan qiziqarli maqola va xabarlarni oʻz ichiga oladi.

Ommabop nashrda, shuningdek, koʻpchilikka manzur boʻladigan materiallar ham joy olgan. Xususan, mamlakatimizdagi vazirlarning qaysi oliy oʻquv yurtida tahsil olgani, dunyo universitetlari reytingi, yaponiyalik yosh onaning hasratlari, Navoiy zamonidagi stipendiya, “Chilim, bu – sen yaqinlashayotgan oʻlim” hamda oʻzbek futbolining bugungi yosh yulduzi Eldor Shomurodovning muvaffaqiyat yoʻli kabi bir-biridan qiziq maqolalar katta ishtiyoq bilan oʻqiladi.

Bir soʻz bilan aytganda talabalarga oid eng sara maqola va xabarlar sizlarga manzur boʻladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Muqaddasdir_Vatan_bayrog‘i

🇺🇿 Xalqlar Do‘stligi san’at saroyi maydonida davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan bayram tadbiridan videolavha

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

Italiya universitetlari bilan hamkorlikda Biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishi modernizatsiya qilinadi

Shu kunlarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Rahimjon Hakimov boshchiligidagi delegatsiya Italiyada safarda bo‘lib, doktoranturada sifatni ta’minlash tajribasini o‘rganish, ikki mamlakat oliygohlari o‘rtasida ilm-fan, ta’lim sohalarida keng qamrovli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va kelishuvlarga erishish yuzasidan qator muzokaralar olib bormoqda.

➡️ Batafsil ushbu havolada

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#taqdirlash_marosimi

🇺🇿 Bugun Yoshlar ishlari agentligida oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida ilmiy izlanish olib borayotgan yosh manbashunos olimlar, tadqiqotchi va magistrlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Uchinchi Renessans – yoshlar nigohida” tanlovi g‘oliblarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🎓 Tanlov g‘oliblari 1-o‘rin 30 million, 2-o‘rin 20 million va 3-o‘rin 10 million so‘m miqdoridagi pul yutuqlari, diplom hamda maxsus statuetka bilan taqdirlandi.

🏆 Nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar bilan tanishing:

🟢“Besh muhim tashabbusni keng joriy etishning ilg‘or texnologiyalari” nominatsiyasi bo‘yicha:
🔵1-o‘rin: Pirmatova Farangiz, TMI;
🔵2-o‘rin: Joniqulov Nurali, TKTI;
🔵3-o‘rin: Orziqulova Gavharxon, JizPI.

🟢“Yoshlar o‘rtasida IT-texnologiyalarini rivojlantirishning zamonaviy usullari” nominatsiyasi bo‘yicha:
🔵1-o‘rin: Omonov Ravshanjon, O‘zMU;
🔵2-o‘rin: Tursunniyozov Fazliddin, TerDU;
🔵3-o‘rin: Sandiboyev Suhrob, GulDU.

🟢“Xorijiy tillarni o‘zlashtirishning zamonaviy usullari” nominatsiyasi bo‘yicha:
🔵1-o‘rin: Dilshodov Asilbek, ADTI;
🔵2-o‘rin: Isroilov Sardorbek, NamMTI;
🔵3-o‘rin: Xasanova Sevara, JizPI.

🟢“Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishning ta’sirchan mexanizmlari” nominatsiyasi bo‘yicha:
🔵2-o‘rin: Otajonov Botirbek, TATU UF;
🔵3-o‘rin: Mengturayev Samandar, TerDU.

🟢“Yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqtirishning noan’anaviy usullari” nominatsiyasi bo‘yicha:
🔵2-o‘rin: Kamoliddinov Murodjon, NamMQI;
🔵3-o‘rin: Narzullayev Boburjon, NDKTU.

Izoh: so‘nggi 2 ta nominatsiya bo‘yicha ishtirokchilar yetarli ball to‘play olmagani sababli 1-o‘rin sohiblari e’lon qilinmadi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM