Edu.uz
159K subscribers
20K photos
4.32K videos
233 files
12.1K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish

📢 O‘quv adabiyotlarni ekspertizadan o‘tkazish va nashr guvohnomasini rasmiylashtirish raqamlashtirildi

Endilikda adabiyot.edu.uz platformasi orqali professor-o‘qituvchi va pedagog xodimlar o‘zlari yaratgan o‘quv adabiyotlar (o‘quv qo‘llanma yoki darsliklar)ni ekspertizadan o‘tkazish uchun onlayn yuborish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Tizim ushbu jarayonlarni ochiq va shaffof tashkil etishga hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga xizmat qiladi.

Platformadan foydalanish bo‘yicha savol va takliflar adabiyot.edu.uzda tashkil etilgan onlayn chat yoki @AdabiyotEduUzBot Telegram boti orqali qabul qilinadi.

◀️Batafsil yuqoridagi videoyo‘riqnomada☝️

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
#Xizmat_safari

Oliygohlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati oʻrganilmoqda

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Jizzax viloyatidagi oliy taʼlim muassasalarida boʻlib, yangi foydalanishga topshirilgan oʻquv bino va talabalar turar joylarida yaratilgan sharoit hamda yaqinlashayotgan sovuq kunlarga tayyorgarlik holatini koʻzdan kechirdi. Shuningdek, talabalar bilan bevosita muloqotda bo‘ldi.

👉Batafsil ushbu havolada

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti 90 yoshda

Ushbu sana munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda Prezident maslahatchisi Odil Abdurahmonov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov, Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi rahbar va xodimlari, xorijiy davlat vakillari, faxriy ustozlar, professor-o‘qituvchilar, shu dargohni tamomlab bugun turli davlat tashkilotlarida rahbar lavozimlarda faoliyat yuritib kelayotgan sobiq talabalar hamda soha vakillari ishtirok etishdi.

➡️ Batafsil ushbu havolada

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
Oliy ta’lim boshqaruvi tashkilotlari uchun “Erasmus+”dan navbatdagi sessiya

Bugun vazirlik huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnolgiyalarni tatbiq etish markazi va Erasmus+ dasturining mamlakatimizdagi milliy ofisi tomonidan “Oliy ta’lim boshqaruvi tashkilotlari uchun Erasmus+ sessiyasi” tashkil etildi.

➡️ Batafsil ushbu havolada

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
#Eʼlon

⚡️Doktoranturaga hujjat topshirish muddati uzaytirildi

🔰Maʼlumki, tegishli qarorga muvofiq oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarining barcha shakllariga maxsus elektron platforma orqali 15-sentabrdan 15-oktabrga qadar hujjat topshirish belgilangan.

➡️ Talabgorlarga qulaylik yaratish, shuningdek, ilmiy tadqiqot faoliyatiga ham qiziqish ortgani munosabati bilan hujjat topshirish muddati joriy yil 22-oktabrga qadar uzaytirildi.

✔️Maʼlumot oʻrnida, 2023-yil uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga oʻqitish uchun qabul kvotalari 50 foizga oshirilgan.

☝️Eslatib oʻtamiz, arizalar Yagona elektron platforma — phd.mininnovation.uz orqali qabul qilinmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube