Edu.uz
165K subscribers
19.8K photos
4.23K videos
232 files
12K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#JanubiyKoreya #hamkorlik

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Adju universiteti prezidenti bilan uchrashdi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov Koreyada elektron muhandislik, mashinasozlik, fermentatsiya kimyosi muhandisligi va sanoatni boshqarish sohalarida yetakchi oliy taʼlim muassasasi hisoblangan Adju universitetida boʻldi.

💬– Hozirgi bosqichda oliy taʼlim sohasida ham biz tobora koʻproq eʼtiborimizni IT ta'lim, xususan, texnika, muhandislik fanlari, axborot, raqamli hamda sanoat texnologiyalariga qaratmoqdamiz, Bu borada, ayniqsa “yashil texnologiyalar”ni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Albatta, bu sohalarda Koreya Respublikasining yuksak natijalarini eʼtirof etgan holda bu borada oʻzaro tajriba almashishdan manfaatdormiz.

Batafsil: 👉 https://edu.uz/uz/news/view/3325

🇰🇷 한국어로
🇬🇧 in English
🇷🇺 На русском

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tanishing

Suvon shahrida joylashgan Adju universiteti

🏛1973-yilda «XXI asrning eng yaxshi universiteti» shiori ostida tashkil etilgan Adju universiteti — 10 ta kollejni oʻz ichiga olgan yetakchi ilmiy tadqiqot universitetlaridan biridir.

👨🏻‍💻 Seuldan 30 km janubda Suvon shahrida joylashgan Adju universitetida jami 15 800 (10 ming nafar bakalavr, 4,3 ming nafar magistr va boshqa kurslarda 1,5 ming nafar) talaba tahsil oladi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#JanubiyKoreya #hamkorlik

Oʻzbekiston va Koreya Respublikasining oliy ta’lim vazirlari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi

Yuqori darajadagi uchrashuv davomida soʻnggi yillarda oliy ta’lim sohasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarining bugungi holati va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

– Biz Koreya universitetlari bilan tibbiyot, innovatsion texnologiyalar, mashinasozlik, energetika, qayta tiklanuvchi energiya manbalari kabi yoʻnalishlarda qoʻshma ta’lim dasturlarini yoʻlga qoʻyishdan manfaatdormiz. Ayniqsa, bu borada «yashil energiya» va «yashil iqtisodiyot» alohida ahamiyatga ega.

Batafsil:
👉 https://edu.uz/uz/news/view/3329

🇰🇷 한국어로
🇬🇧 in English
🇷🇺 На русском

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube