Edu.uz
167K subscribers
19.8K photos
4.2K videos
232 files
12K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#Matbuot_anjumani

❗️Oliy ta’lim muassasalaridagi komplayens nazorat tizimini boshqarish boʻlimlari tomonidan bir qator korrupsion holatlar aniqlangan. Jumladan:

🔹1 ta holatda 8 ta kurs ishlari va 10 ta bitiruv malakaviy ishlarda plagiatga yoʻl qoʻyilgan;

🔸2 ta holatda oraliq nazorat imtihonlariga oʻringa-oʻrin kirish holati aniqlangan;

🔹1 ta holatda tanlov gʻoliblariga beriladigan pul mukofoti berilmagan;

🔸1 ta holatda oʻqituvchi tomonidan talabalarga kitob sotish holati aniqlangan;

🔹3 ta holatda asbob-uskunalar va kompyuter vositalari (132 mln. soʻmlik) boʻyicha shartnomalar bekor qilingan;

🔸1 ta holatda OTM bosh hisobchisi oʻrinbosari manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻygan (119 mln. soʻm);

🔹1 ta holatda talabaning toʻlov-kontraktining ortiqcha qismini qaytarib olishda ta’magirlik holati aniqlangan;

🔸3 ta holatda baho evaziga pora talab qilingan.

Batafsil 👉 https://edu.uz/uz/news/view/3276

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida “YASHIL MAKON” aksiyasi

🌳🌿 Prezidentimiz tashabbusi bilan e’lon qilingan “Yashil makon” umummiliy loyihasi doirasida rahbariyat va xodimlar tomonidan vazirlik atrofidagi hududlarga Toshkent shahri iqlimi, tuproq sharoitlariga mos keluvchi 200 tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Aksiya doirasidagi daraxt ekish, parvarishlash va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ham faol ishtirok etishmoqda.

Keling, ko‘chat ekib yurtimizni ko‘kalamzorlashtirish ishlariga har birimiz o‘z hissamizni qo‘shaylik.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xizmat_safari

Vazir o‘rinbosari ijara va yotoqxonadagi talabalar sharoitini o‘rganmoqda

🔰 Hozirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov xizmat safari bilan Andijon viloyatida bo‘lib turibdi.

Xizmat safarining dastlabki kunida vazir o‘rinbosari S.Buzrukxonov Andijon davlat universitetida bo‘ldi.

📎 Universitetda amalga oshirilayotgan ishlar hamda talabalar turar-joyida va ijarada yashovchi talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

🖇 Shuningdek, talaba-yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazib, ularni qiynayotgan muammo va takliflarini tingladi. Shundan so‘ng muammolar yechimi hamda takliflar yuzasidan universitet rahbariyatiga kerakli ko‘rsatmalarni berdi.

♻️ Shu bilan birga, universitetda barpo etilayotgan yangi obyektlar bilan tanishib, yangi loyihalarni tayyorlash jarayonlari hamda kelgusidagi rejalarni ham ko‘zdan kechirdi va o‘z takliflarini bildirdi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qonunchilik_yangiliklari

⚡️Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasi faoliyati tubdan takomillashtiriladi

🔰 Bu bo‘yicha Hukumatning 2021-yil 25-noyabrdagi 713-son qarori qabul qilindi.

☑️ Unga ko‘ra, 2021/2022-o‘quv yilidan 5 ta yo‘nalish bo‘yicha yuridik shaxs bo‘lmagan filiallar tashkil etiladi.

➡️ Shuningdek, 2022/2023-o‘quv yilidan barcha tibbiyot OTMning “Davolash ishi” va “Pediatriya ishi” taʼlim yo‘nalishlari bitiruvchi kurs talabalari o‘quv yilining 1-semestri (5 oy) davomida doimiy yashash joylaridagi tibbiyot muassasalarida amaliyot o‘taydi hamda maʼruza va o‘quv mashg‘ulotlarining nazariy qismi masofaviy shaklda olib boriladi.

Batafsil 👉 https://edu.uz/uz/news/view/3277

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TDIU_90_yoshda

🏛 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 90 yilligi munosabati bilan ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.

🎈9️⃣0️⃣🎈

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Talaba_uchun_foydali

“Intellektual qatʼiyat” degan iborani eshitganmisiz?

🔰 Talabalarimiz orasida har kuni eng koʻp qoʻllanilishi lozim boʻlgan mazmunli iboralardan biri bu “intellektual qatʼiyat” (“Intellectual perseverance”).

“Intellektual qatʼiyat” bu — murakkab akademik sohalarni oʻrganayotgan vaqtda azm-u shijoatli boʻlish, qiyin vaziyatlarda orqaga chekinmaslik, niyatlardan voz kechmaslik, oʻz akademik tanlovini himoya qilish, tanlagan pozitsiyalarida mustahkam turish deganidir.

☝️ Bu “orqaga yoʻl yoʻq”, “oxirigacha boramiz” degan dunyo qarash bilan qurollanish.

✳️ “Intellektual qatʼiyatni” oʻzingizning ikkinchi tabiatingizga aylantirib olishingizni tavsiya etamiz.

✳️ “Intellektual kurashlarni” qabul qiling, ulardan qoʻrqmang.

🔆 Faqatgina shu holatda siz pirovardida gʻolib boʻlasiz.

©Manba

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali

Mamlakatimiz iqtisodiyoti yuksalishiga hissa qoʻshuvchi yirik loyiha ishga tushirildi!

Стартовал крупный проект, поспособствующий экономическому росту нашей страны!

A major project has started that will contribute to the economic growth of our country!

©️Invest Hub

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul_2021|#Professional_taʼlim

⚡️ Kollej va texnikumlarga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari eʼlon qilindi

🔰 2021-2022-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar)ning kunduzgi taʼlim shakliga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi.

✔️ Kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar tanlov natijalari bilan ruxsatnoma.dtm.uz sayti orqali tanishishlari mumkin.

👉 Buning uchun ruxsatnoma.dtm.uz saytining “Natijani olish” bo‘limiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish lozim.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Talaba_uchun_foydali

⚡️Suhbat qurish san'atini o‘zlashtiring: “intellektual kashfiyotchi” bo‘ling!

🇬🇧 Master the art of conversation: become an intellectual explorer!

🔆 Biror-bir inson bilan suhbatlashganingizdan so‘ng “Bugun ajoyib suhbat bo‘ldi-ya”, deb o‘ylagan holatingizni yodga oling.

Nima uchun sizga o‘sha suhbat ajoyib bo‘lib tuyuldi?

✳️ U suhbat bilimingizga bilim qo‘shib, siz o‘zingiz uchun yangi narsani kashf qilgandek bo‘lasiz. Sizga motivatsion kuch va ruh bag‘ishlagandek ham bo‘ladi.

🌐 O‘sha suhbat tufayli siz “Dunyoqarashim o‘zgardi” degan bo‘lishingiz mumkin.

☝️Ana shunday suhbatlarga intiling!

‼️Mazmunsiz suhbatlar tufayli vaqtingiz behuda sarflanishiga yo‘l qo‘ymang!

© Manba
__
👉 @eduuz
#INFOGRAFIKA

Oliy taʼlim muassasalarida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha komplayens-nazorat tizimida amalga oshirilgan ishlar raqamlarda

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Tavsiya

BIZNES VA TADBIRKORLIK OLIY MAKTABI MAGISTRATURASIGA QABUL DAVOM ETADI

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» (Biznes innovatsiyalar va tadbirkorlik) magistratura mutaxassisligiga 2021/2022-oʻquv yili uchun qabul davom etadi.

▪️Taʼlim shakli – kunduzgi
▪️Oʻqish muddati – 1 yil

🔚 Magistraturaga kirish uchun hujjatlar joriy yilning 15-dekabr sanasiga qadar faqat onlayn tarzda Oliy maktab veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

✔️ Oliy maktab magistraturasiga turdosh boʻlmagan bakalavriat yoʻnalishlarini tamomlagan nomzodlar ham hujjat topshirishlari mumkin.

📞 Maʼlumot uchun: +998 (71) 239-03-04

👉 Batafsil | Onlayn hujjat topshirish

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mirziyoyev #sammit #IHT #hamkorlik

Prezident: Tarixi, dini, urf-odat va anʼanalari yaqin boʻlgan birodar xalqlarimiz azal-azaldan savdo-sotiq aloqalari va madaniy rishtalar bilan chambarchas bogʻlangan.

Президент: Наши братские народы, которые объединяют общие история и религия, схожие обычаи и традиции, издревле были тесно связаны торговыми и культурными отношениями.

©️Shavkat Mirziyoyev_press-service

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Talabalar_diqqatiga

🎙 Talabalarni ovoz yozish audiostudiyasiga taklif qilamiz!

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi qoshida ovoz yozish audiostudiyasi faoliyat olib boradi.

🎓 Barcha talabalar ushbu ovoz yozish studiyasidan oʻqishdan boʻsh vaqtlarida, bepul foydalanishlari mumkin. Siz audiostudiyada sheʼr, qoʻshiq, hikoya va shu kabi ijod mahsullaringizni sifatli formatda yozish imkoniga ega boʻlasiz.
👉 Qiziquvchan barcha talabalarni loyiha guruhiga taklif qilamiz: https://t.iss.one/joinchat/27rCZ3VNte9lY2Uy

📌 Ha aytgancha, audiostudiyamiz Toshkent shahri, Talabalar shaharchasi, Ziyo Forum binosi 2-qavatida joylashgan.
👉 Manzilni Google xaritadan ko'rish

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

JAHON BANKINING MINTAQAVIY DIREKTORI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri oʻrinbosari Xakimov Raximjon Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyoda inson taraqqiyoti masalalari bo‘yicha mintaqaviy direktori Fadiya Saada xonimni qabul qildi.

Batafsil: 👉 https://edu.uz/uz/news/view/3285
🔹🔸🔹
СОСТОЯЛАСЬ ВСТРЕЧА С РЕГИОНАЛЬНЫМ ДИРЕКТОРОМ ВСЕМИРНОГО БАНКА

Заместитель министра высшего и среднего специального образования Рахимжон Хакимов принял делегацию Всемирного банка во главе с г-жой Фадией Саада, региональным директором Организации по человеческому развитию в Европе и Центральной Азии.

Подробно: 👉 https://edu.uz/ru/news/view/3285

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube