Edu.uz
160K subscribers
19.9K photos
4.29K videos
233 files
12.1K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik |#Международное_сотрудничество

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti rektori Viktor Martinovni qabul qildi.

Uchrashuv davomida tomonlar kelgusida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, kengaytirish va ularni amalga oshirish uchun zaruriy tadbirlarni belgilash bo‘yicha kelishib olishdi.

👉 Batafsil
〰️〰️〰️

Министр высшего и среднего специального образования Абдукодир Тошкулов принял ректора Российского государственного университета нефти и газа им. И.М. Губкина Виктора Мартынова.

В ходе встречи стороны также договорились о практических мерах для дальнейшего развития, расширения и реализации сотрудничества.

👉 Подробно

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Seminar_trening

Seminar-trening: Korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish

Vazirlik markaziy apparati xodimlari uchun BMTning Taraqqiyot dasturi hamda KPMG xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Tadbir BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonda samarali, hisobdor va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish” loyihasi bo‘yicha yetakchi ekspertlar – N.Muradasilov va N.Zikrillayeva hamda KPMG kompaniyasining Rossiya Federatsiyasi va MDHdagi vakillari – tavakkalchilik bo‘yicha maslahat bo‘limi direktori I.Burdikova, bo‘lim bosh menejeri P.Serdyuk, shuningdek, O‘zbekistondagi KPMG kompaniyasining vakillari – F.Abdullaxanov va X.Gazixanovlar tomonidan olib borildi.

Seminar-treningda vazirlik va uning quyi tuzilmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini joriy etish bo‘yicha asosiy tushuncha hamda tamoyillar, korrupsiya va uni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish, korrupsion xavf-xatarlarni baholash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish masalalari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Seminar-trening bahs va munozaralarga boy o‘tdi. Ayniqsa, vazirlik xodimlari o‘z savol va mulohazalari bilan mutaxassislarga yaxshi taassurot qoldirishdi.

Dasturga muvofiq seminar-trening o‘z ishini ertaga ham davom ettiradi. Unda vazirlik huzuridagi tashkilotlar rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlari, Korrupsiyaga qarshi komplaens-nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshliqlari, Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari rahbarlari hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ullar ishtirok etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#spetsifikatsiya

MUHIM XABAR❗️

⚡️ Umumta’lim fanlari bo‘yicha test topshiriqlari tafsiloti e’lon qilindi

🔰 2022-2023-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida foydalaniladigan umumta’lim fanlari bo‘yicha test topshiriqlari tafsiloti (spetsifikatsiya) e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test topshiriqlari tafsiloti bilan https://dtm.uz/page/tafsilot manzili orqali tegishli fanni tanlagan holda tanishish mumkin.

☝️Izoh: Test topshiriqlari tafsilotlariga aprobatsiya natijalari hamda vakolatli davlat tashkilotlarining tegishli qaror va buyruqlariga asosan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.


Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#O‘quv_adabiyotlar

YANA BIR MUHIM XABAR❗️

⚡️ Umumta’lim fanlaridan tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

📌 2021-2022-o‘quv yili
da umumta’lim maktablari va akademik litseylarda qo‘llanilayotgan darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar asosida tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

Umumta’lim fanlari bo‘yicha saytda keltirilgan adabiyotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati asosida shakllantirilgan.

👨🏻‍💻 Darsliklar ro‘yxati bilan https://dtm.uz/info/textbooks manzili orqali tegishli fan va tilni tanlagan holda tanishishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Litva Seymi a’zosi, O‘zbekiston-Litva parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi bilan ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Raximjon Xakimov Litva Seymi a’zosi, O‘zbekiston-Litva parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi Kyastutis Masyulis bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish istiqbollari, hamkorlikning bugungi holati va keyingi bosqichlarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan bir qator masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, K.Masyulis ayni paytda bo‘lib o‘tgan siyosiy tadbirlarni yuqori baholadi hamda O‘zbekistondagi qisqa vaqt ichida olib borilgan islohotlarga, jumladan, oliy ta’lim sohasidagi o‘zgarishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va uni yanada mustahkamlash bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

👉 @eduuz