Edu.uz
153K subscribers
20.5K photos
4.41K videos
234 files
12.3K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

Toshkentdagi «MEI» Milliy tadqiqot universiteti faoliyati takomillashadi

5 fevral kuni Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev «MEI» Milliy tadqiqot universiteti rektori Nikolay Rogalev bilan uchrashdi.

Muzokaralar davomida N. Rogalev O‘zbekiston energetika sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlovchi «MEI» Milliy tadqiqot universitetining Toshkentdagi filialini yanada rivojlantirish uchun kompleks tadbirlarni jadallashtirishga tayyorligini bildirdi.

Tomonlar universitet professor-o‘qituvchilarining malakasini oshirish, universitet axborot-resurs markazi imkoniyatlarini kengaytirish hamda sanoat hamkorlari bilan aloqalarni mustahkamlash masalalari yuzasidan kelishuvga erishdi. Shuningdek, energetika sohasi mutaxassislari ishtirokida konferensiya tashkil etish va bitiruvchilar uchun ish beruvchilar yarmarkasini o‘tkazish rejalashtirildi.

N. Rogalev universitet O‘zbekiston energetika mutaxassislarining malakasini oshirish, Respublika energetika sohasi xodimlari orasidan abituriyentlarni oliygohga maqsadli jalb qilish hamda O‘zbekistonlik tadqiqotchilarning nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoyasini tashkil etishga tayyor ekanligini ta’kidladi.

Uchrashuv doirasida O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasi «MEI» Milliy tadqiqot universitetining ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi so‘nggi yutuqlari hamda uning moddiy-texnik bazasi bilan tanishdi.

Bizni kuzating
Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram