Edu.uz
163K subscribers
19.9K photos
4.25K videos
232 files
12K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
Ayni kunlarda Qozogʻistonning Turkiston shahrida II Turkiy davlatlar universiadasi oʻyinlari boʻlib oʻtmoqda.

Ushbu musobaqada hamyurtlarimiz ham ishtirok etishmoqda.

Bugun hamyurtlarimiz dzyudo bo‘yicha 5 ta oltin, 2 ta kumush, erkin kurash bo‘yicha 4 ta kumush, 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, ertaga stol tennisi, yunon-rum kurash, dzyudo, voleybol va shaxmat bo‘yicha sportchilarimiz musobaqadagi yurishlarini davom ettirishadi.

II Turkiy davlatlar universiadasi oʻyinlari 10-noyabrga qadar davom etadi.

———

В настоящее время в городе Туркестан Республики Казахстан проходит II Универсиада тюркских государств

В ней также принимают участие наши соотечественники.

Сегодня наши спортсмены завоевали 5 золотых, 2 серебряные медали по дзюдо, 4 серебряные и 3 бронзовые медали по вольной борьбе.

Также завтра они продолжат соревнования по настольному теннису, греко-римской борьбе, дзюдо, волейболу и шахматам.

Игры II Универсиады тюркских государств продолжатся до 10 ноября.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Tezkor

⚡️2023/2024-o‘quv yili qabulida kollej va texnikumlarga o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar diqqatiga!

Professional ta’limda o‘qish imkoniyati kengaytirilmoqda. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida my.uzbmb.uz platformasi orqali kollej va texnikumlarda (yuridik texnikumlar bundan mustasno) kasb yoki mutaxassislik egallash istagida ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarni qabul parametri doirasida mavjud vakant (bo‘sh) o‘rinlarga qabul qilish imkoniyati yaratildi.

Bunda birinchi navbatda, abituriyentlar test natijalari bo‘yicha ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda qabul qilinadi.

Shuningdek, qabul yakunlari bo‘yicha shakllanmagan (o‘quvchilar soni 12 nafardan kam bo‘lgan) guruhlarga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar arizasiga ko‘ra, ta’lim shakli o‘zgarmagan holda davlat granti asosida boshqa kasb (mutaxassislik)ga o‘zgartirishi mumkin.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlariga test sinovlarida ishtirok etib, o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar faqat ushbu texnikumdagi mos mutaxassislik bo‘yicha vakant o‘rinlarga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Ushbu texnikumlarning vakant o‘rinlariga mos mutaxassislik bo‘yicha o‘qishga da’vogar abituriyent bo‘lmagan taqdirda, mazkur muassasaning boshqa mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar qabul qilinishiga ruxsat beriladi.

Shu bilan birga, tibbiyot yo‘nalishidagi mutaxassisliklarga tavsiya etilmagan abituriyentlar boshqa kollej va texnikumlardagi vakant o‘rinlarga o‘qish uchun ham murojaat etishlari mumkin.

Vakant o‘rinlariga o‘qish istagida bo‘lganlar 2023-yilning 13-noyabr kuniga qadar professional ta’lim muassasasi ma’muriyatiga murojaat qilishlari lozim.

Izoh: Prezidentning 200-son (03.07.2023-y.) hamda Vazirlar Mahkamasining 516-son (29.09.2023-y.) qarorlarida belgilangan kasb (mutaxassislik)lar davlat granti asosida o‘qitiladi.

👉 На Русском
👉 In English

Bizni kuzating 👉@eduuz
Edu.uz pinned a photo
#Tadbir

“Eng yaxshi darslik” respublika tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazida ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha “Eng yaxshi darslik” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida bugungi kunda zamon talablariga mos darsliklarni chop etishdagi mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari bo‘yicha ekspertlarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Shuningdek, tanlovda g‘olib deb topilgan 12 ta darslik mualliflariga Vazirlikning maxsus diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

☎️ Qoʻshimcha maʼlumot uchun: 71-207-03-43 (108)

👉 На Русском
👉 In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#dayjest

⚡️ Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan tayyorlangan “Astronomiya sohasidagi ilmiy va innovatsion ishlanmalar” boʻyicha dayjestni eʼtiboringizga havola etamiz. Unda suv topilgan sayyora, boshqa galaktikalarda yulduzlarning shakllanishi, yangi sayyorlarning izlab topishda sun’iy intellektning o‘rni haqida qiziqarli ma’lumotlar berilgan.

👉 https://online.pubhtml5.com/knoh/uirz/
___

Предлагаем Вашему вниманию дайджест «Научные и инновационные разработки в области астрономии», подготовленный Центром научно-технической информации. В нём представлена информация о планете, на которой была обнаружена вода, образовании звезд в других галактиках и роли искусственного интеллекта в поисках новых планет.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#XUSHXABAR

⚡️Bu yil respublikamizning 14 ta oliygohi Osiyodagi TOP-1000 talikdan joy oldi

🔰
Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o‘tkazilayotganQS Higher Education Summit Asia Pacific 2023 sammiti doirasida QS reyting tashkiloti Osiyo universitetlarining 2024-yil uchun reyting (QS Asia University Rankings 2024) natijalarini e’lon qildi.

🏛 Unga ko‘ra, mamlakatimizning 6 ta hududidan 14 ta oliy ta’lim muassasasi TOP-1000 talikdagi Osiyoning eng yaxshi universitetlari ro‘yxatiga kiritildi.

📌 Joriy yilda xalqaro tan olinganlik darajasi, ilmiy-tadqiqotlar rivoji, ta’lim sifati, xalqaro hamkorlik, akademik mobillik sohalari bo‘yicha Osiyo oliygohlari reytingida 25 ta davlatdan 856 ta (148 ta ilk marta) oliygoh ishtirok etdi.

✔️ Bunda 3 ta “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Akademik reputatsiya” indikatori bo‘yicha TOP-200 oliygohlar qatoridan o‘rin egalladi.

Qayd etish kerak, ilk bor mazkur reytingning TOP-1000 taligidan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Jizzax politexnika instituti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Farg‘ona politexnika instituti o‘rin egalladi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6177

👉 На Русском
👉 In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Tanlov

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Yil talabasi” tanlovini eʼlon qiladi

Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2-, 3-, 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin. Mazkur tanlovda oldingi yillarda ishtirok etib 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan talabalarning qayta ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi:


◀️Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;
◀️Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;
◀️Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
◀️Yilning eng faol sportchi talabasi;
◀️Yilning eng faol iqtidorli talabasi (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik bo‘yicha);
◀️Yilning eng faol ijodkor talabasi;
◀️Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).

Tanlov nominatsiyalari bo‘yicha birinchi OTM bosqichida yuqori o‘rinlarni egallagan g‘oliblar oliy taʼlim muassasasining faxriy yorlig‘i va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Respublika bosqichi esa joriy yilning noyabr oyida tashkil etiladi. Ushbu bosqich g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi diplomi, maxsus statuetka hamda bazaviy hisoblash miqdorining 1-o‘rin 15 barobari, 2-o‘rin 10 barobari va 3-o‘rin 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

“Yil talabasi” tanlovi nizomi

Hujjatlar oliy taʼlim muassasalarining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼullari tomonidan qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun oʻz oliygohingiz masʼullariga murojaat qiling.

👉 На Русском
👉 In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon

“Yashil makon” umummilliy loyihasi: Chirchiq davlat pedagogika universitetida kuzgi ko‘chat ekish tadbirlari davom etmoqda
___

Национальный проект «Яшил макон»: В Чирчикском государственном педагогическом университете продолжаются осенние озеленительные работы

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube