Edu.uz
164K subscribers
19.8K photos
4.23K videos
232 files
12K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
"Besh tashabbus olimpiadasi” sport turlari boʻyicha gʻoliblik quyidagicha taqsimlandi:

Yengil atletika
🥇1-oʻrin Buxoro viloyati – Buxoro davlat pedagogika
🥈2-oʻrin Xorazm viloyati – Urganch davlat universiteti
🥉3-oʻrin Samarqand viloyati – Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

Futbol

🥇1-oʻrin Xorazm viloyati – Urganch davlat universiteti
🥈2-oʻrin Fargʻona viloyati – Fargʻona davlat universiteti
🥉3-oʻrin Andijon viloyati – Andijon davlat universiteti

Stol tennisi (oʻgʻil bolalar)
🥇1-oʻrin Toshkent viloyati – Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya  va sport universiteti
🥈2-oʻrin Xorazm viloyati – Urganch davlat universiteti
🥉3-oʻrin Fargʻona viloyati – Qoʻqon davlat pedagogika instituti

Stol tennisi (qizlar)

🥇1-oʻrin Jizzax viloyati  -- Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universitetining Jizzax filiali
🥈2-oʻrin Sirdaryo viloyati – Guliston Davlat universiteti
🥉3-oʻrin Samarqand viloyati – Samarqand davlat universiteti

Stritbol (oʻgʻil bolalar)

🥇1-oʻrin Toshkent viloyati – Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya  va sport universiteti
🥈2-oʻrin Qoraqalpogʻiston Respublikasi – Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya  va sport universiteti Nukus filiali
🥉3-oʻrin Surxondaryo viloyati – Termez Davlat universiteti

Stritbol (qizlar)

🥇1-oʻrin Fargʻona viloyati – Fargʻona davlat universiteti
🥈2-oʻrin Andijon viloyati – Andijon davlat universiteti
🥉3-oʻrin Jizzax viloyati– Jizzax davlat pedagogika universiteti

Voleybol (qizlar)

🥇1-oʻrin Toshkent viloyati – Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya  va sport universiteti
🥈2-oʻrin Buxoro viloyati – Buxoro davlat universiteti
🥉3-oʻrin Namangan viloyati – Namangan davlat universiteti

Voleybol (oʻgʻil bolalar)

🥇1-oʻrin Buxoro viloyati – Buxoro davlat universiteti
🥈2-oʻrin Toshkent viloyati – Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya  va sport universiteti
🥉3-oʻrin Namangan viloyati – Namangan davlat universiteti

Barcha g'oliblarga g'alaba muborak bo'lsin!🎊

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Texnopark

Vazir o‘rinbosari yurtimizda barpo etilayotgan navbatdagi Yoshlar texnoparki binosining qurilish ishlari bilan tanishdi

Yoshlarni ilmiy faoliyatga yana-da kengroq jalb etish, yosh isteʼdod egalarini kashf etish hamda ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy yo‘nalishlarini yana-da rivojlantirish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida Yoshlar texnoparklari barpo etilmoqda. Xususan, Buxoro viloyati Yoshlar texnoparkining ham jadal suratlarda qurish ishlari davom etmoqda.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6166

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#talabaga_qulaylik
#ttj_qurilishi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti hududida davlat-xususiy sheriklik asosida 400 o’rinli talabalar turar joyi qurilish ishlari bilan tanishdi.

“Nurafshon Invest” MCHJ tomonidan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qad ko‘tarayotgan yotoqxonaning yer to’la qismidagi qazish ishlari tugatilib, betonni qabul qilish ishlariga tayyorlandi.

Loyihani 2024-yilda topshirish rejalashtirilmoqda.

___

Заместитель министра высшего образования, науки и инноваций Сарвархон Бузрукхонов ознакомился с ходом строительства студенческого общежития на 400 мест на основе государственно-частного партнерства на территории Бухарского института управления природными ресурсами при Национальном исследовательском университете «Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства».

ООО «Нурафшон Инвест» на условиях государственно-частного партнерства завершило земляные работы в насыпной части общежития и подготовилось к приему бетона.

Сдача объекта планируется в 2024 году.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Olimlar_minbari
#30.10.—05.11.2023

📰Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda


“Industrial zonalarning eksport salohiyatini kuchaytirish qo‘shimcha qiymat yaratadi” — Qo‘ng‘irotboy SHARIPOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori;

“Ilm-fan va ta’limda istiqbolli aloqalar” — Obidjon HAMIDOV, Buxoro davlat universiteti rektori, professor;

“O‘zbek shansonesi” yoxud fransuzlarni maftun etgan san’atkor” — Avaz MANSUROV, Milliy estrada san’ati instituti rektori;

«Образование с корейским акцентом: высокий уровень знаний, дисциплина, профессионализм» — Виктор НАМ, ректор университета Пучон в Ташкенте доктор педагогических наук;

“Sun’iy intellekt hayotimizni nechog‘li yengillashtiradi?” — Bobur RAHIMOV, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri maslahatchisi;

“Teran ildizlardan kuch olgan do‘stlik ilm-ma’rifatga tayanib mustahkamlanadi” — Abdurahim NOSIROV, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti prorektori, professor;

“Jipslashayotgan millat va ijtimoiy mas’ullik” — Abduxalil MAVRULOV, O‘zbekiston milliy universiteti professori;

“Hurmat va ishonchga asoslangan sheriklik” — Bahodir HASANOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;

«Права человека в узбекистане: история, теория, практика» — Рахбар ХАЛИКОВА, Заведующая кафедрой Ташкентского государственного технического университета, профессор;

«Открытый диалог во всех сферах» — Баходир ХАСАНОВ, профессор Ташкентского государственного экономического университета;

«К современному образованию нужны новые подходы» — Абдулхамид ХОЛМУРОДОВ, проректор Каршинского государственного университета, профессор;

“Muqobil energiya nechog‘liq zarur?” — Sanjar SHOQO‘CHQOROV, Toshkent davlat texnika universiteti dotsenti;

“Ilmsiz qalb bo‘larmidi salomat” — Abdulhamid JUMANOV, Toshkent islom instituti o‘qituvchisi;

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va Avstriyaning “FELDER KG” kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda birinchi “Yog‘ochga ishlov berish innovatsion o‘quv markazi” ochildi.
———
В сотрудничестве с Национальным исследовательским университетом «ТИИИМСХ» и австрийской компанией «FELDER KG» в Узбекистане открыл первый «Инновационный учебный центр деревообработки».
———
The first "Innovative Woodworking Training Center" was opened in Uzbekistan in collaboration between the National Research University "TIIAME" and the Austrian company "FELDER KG".

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

Toshkent davlat stomatologiya instituti AQSHning nufuzli Columbia University bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Columbia University dekani, professor Kristian Stoler institutning iqtidorli talabalari, yosh mutaxassislari va professor-o‘qituvchilari bilan davra suhbati o‘tkazdi. AQSHning nufuzli Columbia University 1754 yilda tashkil etilgan bo‘lib, xalqaro QS reytingida 23 o‘rinni egallagan.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6167

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#tanlovnatijasi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti hamkorligida “To‘qimachilik sohasidagi qahramonlar” kreativ onlayn tanlovini e‘lon qilgan edi.

Bugun etiboringizga ushbu onlayn tanlov natijalarini havola etamiz:

#1-g‘olib: Kiyas Askarov (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
📹 To‘qimachilik sohasi mutaxassisi Yuzimgul aya haqida rolik

#2-g‘olib: Bunyod Janayev (Surxondaryo viloyati)
📹 Boysunlik Feruza Holiqova haqida video-rolik

#3-g‘olib: Nargiza Qaljanova (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
📹 Nukuslik Bekmuratova Zulfiya - ip yigiruv ustasi haqida video-rolik

‼️ Tanlovda saralab olingan qolgan ishtirokchilar loyiha tomonidan rag’batlantiruvchi sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Taqdirlash marosimi bo‘yicha tez orada loyiha vakillari ishtirokchilar bilan bog‘lanadi.

Barcha g‘oliblarni chin dildan tabriklaymiz. Ishtirokingiz uchun tashakkur!

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston ilk bor Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining sammitiga mezbonlik qilmoqda

Tadbirda Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiyaning davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Kun tartibiga muvofiq, IHT doirasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish hamda ushbu ko‘p tomonlama tuzilma faoliyatini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Ta’kidlash joizki, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga 1985-yilda asos solingan, uning doimiy faoliyat yurituvchi kotibiyati Tehron shahrida joylashgan.

O‘zbekiston Respublikasi 1992-yildan boshlab IHT a’zosidir.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#xalqaro_reyting

O‘zbekiston OTMlari QS reyting agentligi sammitida qatnashmoqda


2023-yil 7–9-noyabr kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o‘tkazilayotganQS Higher Education Summit Asia Pacific 2023 sammitida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari mas’ullaridan iborat delegatsiya faol ishtirok etmoqda. Oliy ta’lim muassasalari uchun alohida pavilon ajratilgan bo‘lib, unda oliygohlarning ilmiy-pedagogik faoliyati haqida ma’lumotlar berilmoqda.

Mazkur tadbir oliy ta’lim muassasalarining xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, xalqaro nufuzni oshirish, xalqaro reyting tashkilotlari ro‘yxatiga kirish imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, mazkur sammit doirasida “QS Quacquarelli Symonds” xalqaro reyting agentligi tomonidan “QS Dunyo universitetlari reytingi: Osiyo 2024” reytingini e’lon qilish kutilmoqda.

👉 На Русском
👉 In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube