Edu.uz
149K subscribers
20.8K photos
4.47K videos
234 files
12.4K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik
#seminar

2023-yil 17–19-oktabr kunlari Toshkent shahrida Yevropa ta’lim fondining (ETF) professional ta’lim tizimini rivojlantirish masalalariga oid DARYA loyihasi doirasida “Tegishli malaka uchun ko‘nikmalarga bo‘lgan talabni o‘rganish” mavzusida xalqaro seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda Gruziya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Portugaliya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va Estoniya davlatlarining professional ta’lim bo‘yicha ekspertlari ishtirok etib, dual ta’limni tashkil etish va mehnat bozorini o‘rganishning zamonaviy tamoyillari, ishlab chiqarish jarayonlarini intellektuallashtirish va ish beruvchilar tomonidan kadrlarga bo‘lgan talab kabi masalalar muhokama qilindi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6083

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#live
#InnoWeek2023
#final

“Kreativ ta’lim va innovatsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi to‘rt kun davom etadigan “InnoWeek-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘z nihoyasiga yetdi.

Haftalikning rasmiy yopilish marosimi “Alpomish” muz saroyida bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov kirish so‘zi bilan ochib, kelganlarni samimiy qutladi.

Marosimni jonli kuzatish: https://www.youtube.com/watch?v=HyGomcbQPgQ

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Edu.uz pinned «#live #InnoWeek2023 #final “Kreativ ta’lim va innovatsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi to‘rt kun davom etadigan “InnoWeek-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘z nihoyasiga yetdi. Haftalikning rasmiy yopilish marosimi “Alpomish”…»
#InnoWeek2023
#taqdirlash

“InnoWeek-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligi rasmiy yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi

“Kreativ ta’lim va innovatsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi to‘rt kun davom etgan “InnoWeek-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘z nihoyasiga yetdi.

Haftalikning rasmiy yopilish marosimi “Alpomish” muz saroyida bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov kirish so‘zi bilan ochib, kelganlarni samimiy qutladi.

Tantanali yopilish marosimida haftalik doirasida faol ishtirok etgan xorijiy va mahalliy tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, oliy ta’lim muassasalari matbuot kotiblari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda o‘tkazilgan tadbirlardagi ishtiroki uchun “Eng faol oliy ta’lim muassasasi” nominatsiyasi hamda fan va innovatsiyalar bo‘yicha turli tanlov g‘oliblari taqdirlandi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6084

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#InnoWeek2023

“VISION-2050» mavzusida ekspertlar yigʻilishi oʻtkazildi

20-oktabr kuni “InnoWeek.Uz-2023» xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida “VISION-2050» ekspertlar yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari Shahlo Turdikulova hamda Jahon bankining “Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasi Xalqaro ekspertlar kengashi raisi Yerbol Suleymenov boshchiligida oʻtkazildi.

Ekspertlar uchrashuvi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Jahon banki bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Yigʻilishda ilm-fan, tijoratlashtirish, venchur kapital fondlari, nashriyot faoliyati, sarmoya va biznes kabi turli sohalardan mutaxassislar yigʻildi. Shuningdek, xalqaro tashkilotlar, jumladan Jahon banki (WB), Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (UNDP), Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi (UNECE) va Yevropa Ittifoqi (EU) vakillari ham ishtirok etdilar. Mahalliy ekspertlar bilan bir qatorda AQSH, Germaniya, Vengriya, Rossiya, Qozogʻiston, Isroil va Buyuk Britaniya kabi turli mamlakatlarning fikr va tajribalari taqdim etildi.

Batafsil

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube