#vazir_qabuli
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti rektori Ilhom Mamatqulovning muassasada talaba va professor o‘qituvchilar uchun yaratilayotgan sharoit va ilmiy salohiyatni oshirish, shuningdek institut tomonidan hududlarning turistik salohiyatini ko‘tarish borasida qilinayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborotini tingladi.
Dastlab, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Parkent va Ohangaron tumanlari hamda Angren shahrining turistik salohiyatini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Shu o‘rinda, vazir tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ullari bilan hamkorlik o‘rnatish, tur agentliklari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar bildirildi. Hududning turistik salohiyati haqida keng ommani xabardor qilish, ko‘proq targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish haqida ham to‘xtalindi.
Shuningdek, ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha oldinga qo‘yilgan vazifalar ham ma’lum qilindi. Bunda institutga yangi yo‘nalishlarni olib kirish — kelajakda talab yuqori bo‘ladigan bakalavriat yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligida yangi ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda universitetlar bilan yaqindan hamkorlik aloqalarni olib borish bo‘yicha vazifalar berildi.
Qolaversa, turizm sohasini rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritish va bu jarayonga talabalarni keng jalb qilish orqali hududda turizmni rivojlantirishga mo‘ljallangan tur-paketlar ishlab chiqish, bunda sayyohlik firmalar bilan yaqindan hamkorlik qilish, ular bilan shartnomalar tuzib, xorijiy va mahalliy sayyohlar oqimini oshirishda institutning rolini yangi pog‘onalarga olib chiqish borasida ham fikr almashildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

#Vazir_qabuli
9-iyun kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonovning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha navbatdagi qabuli tashkil etildi.
Unda uzoq hududlarda bo‘lib, vazirlikka kela olmagan, lekin vazir bilan uchrashishni istagan fuqarolarga video-konferens-aloqa vositasi orqali murojaat yo‘llash imkoniyati ham yaratildi.
👉https://edu.uz/uz/news/view/5407
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube