Edu.uz
162K subscribers
19.9K photos
4.25K videos
232 files
12K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#OʻzMU_105_yoshda

O‘zbekiston milliy universiteti tashkil etilganiga 105 yili to‘ldi

Ayni paytda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 105 yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi “Intercontinental Tashkent” mehmonxonasida “O‘zbekiston milliy universitetining ilm-fan rivoji va jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, professor-o‘qituvchilar va xorijiy mehmonlar ishtirok etmoqda. Vazir kirish so‘zida ta’lim dargohining O‘zbekiston ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissasini e’tirof etib, universitet jamoasi va mehmonlarni samimiy tabrikladi.



105 лет со дня создания Национального университета Узбекистана

По случаю 105-летия Национального университета Узбекистана имени Мирзо Улугбека в гостинице “Intercontinental Tashkent” проходит международная научно-практическая конференция на тему «Роль Национального университета Узбекистана в развитии науки и общества».

В ней принимают участие министр высшего образования, науки и инноваций Иброхим Абдурахмонов, ректоры высших образовательных учреждений, профессорско-преподавательский состав, зарубежные гости. Во вступительном слове министр отметил вклад образовательного учреждения в развитие науки Узбекистана и тепло поздравил коллектив вуза и гостей.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️ Akademik litseylar bitiruvchilari uchun o‘tkazilgan chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

Test natijalari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus platformasi orqali litsey ma’muriyatiga taqdim etilgan bo‘lib, talabgorlar o‘z natijalarini litsey ma’muriyatidan bilishlari mumkin.

Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarning sertifikati ham mazkur platformaga elektron shaklda yuklangan.

O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun ichida (13-15-may) litsey ma’muriyati orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, jami 4,5 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etgan mazkur imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4910-son qaroriga muvofiq akademik litsey bitiruvchilari uchun bepul tarzda o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

Professional ta‘limda sifatni taminlash bo‘yicha xalqaro loyihalar amalga oshirilmoqda

Jumladan, kuni kecha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov professional ta’lim bo‘yicha xalqaro ekspert, Shveysariya Federal texnika universiteti professori Ursula Renold bilan uchrashdi.

Unda Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda professional ta’lim islohotlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

📹 Muloqotdan so‘ng professor U.Renold yurtimizga qilgan ilk tashrifi bo‘yicha taassurotlari, sohani rivojlantirishda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

👉
https://edu.uz/uz/news/view/5338

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from OTFIV ǀ RASMIY
#sog’lom_hayot

Oila va xotin-qizlar qo’mitasi tomonidan Xalqaro oila kuniga bag’ishlangan vazirlik, idora va tashkilotlar xodimlari, ularning oila a’zolari o’rtasida GIMNASTRADA sport festivali o’tkazildi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va tizim tashkilotlari vakillaridan iborat jamoamiz ham ishtirok etib, “Eng istiqbolli jamoa” nominatsiyasi g’olibi bo’lishdi.

Sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish maqsadida tashkil etilgan ushbu sport festivalida ishtirokchilar sahnalashtirilgan badiiy va gimnastik chiqishlari bilan qatnashishdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Mutolaa

📚 “Abu Rayhon Beruniy” romanining 6-qismi: “Xuroson. Sulton Mahmud G‘aznaviy” hikoyasi.

📖Maroqli mutolaa

👉
https://online.pubhtml5.com/ilkp/tkij/

PDF shaklida o‘qish

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Vazir_qabuli

Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va sohaga doir masalalariga yechim berish bo‘yicha vazir Ibrohim Abdurahmonovning navbatdagi qabuli o‘tkazildi.

Vazir qabulida fuqarolar, tadbirkorlar, magistrantlar, ilmiy tadqiqotchilar hamda professor-o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, jumladan, nodavlat oliy ta’lim muassasasi faoliyati, ilmiy va innovatsion loyihalar, falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi, magistrantlarni ish bilan ta’minlash va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5340

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Ispaniyaning yirik kompaniyalari bilan memorandum imzoladi

Joriy yil 7–12-may kunlari Ispaniyaning keramika sanoatidagi tashkilot va idoralar, oliy ta’lim muassasalari hamda biznes vakillaridan iborat delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi amalga oshirildi. Tashrif doirasida qator uchrashuvlar o‘tkazilib, yakunda Toshkent kimyo-texnologiya instituti va ITC texnologiya instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5341

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube