Edu.uz
166K subscribers
19.8K photos
4.22K videos
232 files
12K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#Rasmiy_bayonot

Qoʻqon pedagogika instituti yotoqxonasida boʻlgan voqea yuzasidan qoʻshimcha

Xabar berilganidek, Qoʻqon davlat pedagogika instituti talaba qizlari shikoyatiga koʻra holat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan nazoratga olindi.

Vazirlik inson shaxsiy hayotiga oʻzboshimchalik bilan aralashish, shaxsiy maʼlumotlarni ochiqlashga urinish kabi xatti-harakatlarni qattiq qoralaydi, ushbu holatni talaba-qizlarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitish deb baholaydi. Hech kim inson erki va shaxsiy hayotiga daxl qilishga haqi yoʻq, deb hisoblaydi.

Shu bois, bevosita jarayonda ishtirok etib, xizmat vazifasini suiisteʼmol qilgan 4 nafar masʼul xodim, jumladan, voqeada bevosita ishtirok etgan prorektor egallab turgan lavozimidan ozod etildi va bir nafar mutaxassisga intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi.

Shu oʻrinda, voqea ishtirokchisi boʻlgan qizlarning tazyiqsiz taʼlim olishlari kafolatlanadi.

Oʻz navbatida, huquq-tartibot organlari tomonidan tekshiruv ishlari davom ettirilayotganini maʼlum qilamiz.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati

〰️〰️〰️
#Rasmiy_bayonot

Ijtimoiy tarmoqlarda oliy ta‘lim muassasalari xodimlari talabalarni ularning erkiga zid ravishda referendumda qatnashishga chorlayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Qonunchiligimizga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining referendumda ishtirok etishi ixtiyoriy va erkindir. Fuqarolarni referendumda ishtirok etishga yoki ishtirok etmaslikka majbur qilish maqsadida ularga, shuningdek xohish-irodasini erkin bildirishiga ta‘sir ko‘rsatishga hech kim haqli emas.

Barcha oliy ta‘lim muassasalari rahbariyati va mas‘ul xodimlari qonunchiligimizdagi ushbu talablardan xabardor etilgan va tizimda mazkur talablarga rioya etilishi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining alohida nazoratidadir. Vazirlik talabalarning referendumda ishtirok etishi ixtiyoriy va erkin bo‘lishini ta‘minlash borasida qat‘iy pozitsiyaga ega.

Aziz talabalar!
Basharti, bu boradagi huquqlaringiz biron-bir tarzda buzilayotgan bo‘lsa, +998712071762 raqamiga yoki tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berishingizni so‘raymiz. Sizning huquqlaringiz qonunga muvofiq himoya qilinadi va aybdorlarga tegishli choralar ko‘rilishi ta‘minlanadi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
#Rasmiy_bayonot

Toshkent milliy ta’lim universitetiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya berilmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent milliy ta’lim universitetiga qabul bo‘lib o‘tayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Vazirlik vakolatli organ sifatida ushbu xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Vazirlik ushbu xususiy ta’lim muassasasiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun hech qanday litsenziya bermagan va uning faoliyati noqonuniy.

Shu o‘rinda, abituriyentlar va ularning ota-onalaridan faqatgina vazirlikning edu.uz rasmiy saytida ko’rsatilgan davlat, nodavlat va xorijiy oliygohlar ro‘yxatidagi oliy o’quv yurtlarini tanlashlari so’raladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#rasmiy_bayonot

Hurmatli OAV hamda talaba-yoshlar,


Bugun soat 11:30da Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining Qarshi davlat universitetida o‘tkazilishi rejalashtirilgan sayyor qabuli ma’lum uzrli sababga ko‘ra boshqa kunga qoldirilganligini ma’lum qilamiz.

Navbatdagi sayyor qabul aniq kuni va sanasi bo‘yicha qo‘shimcha xabar beriladi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Rasmiy_bayonot

Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan Samarqand davlat universiteti talabalari tomonidan o‘zlashtirilmagan fanlardan kreditlar bo‘yicha ortiqcha to‘lov qilinayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan

Xabar berilganidek, ushbu masalani o‘rganish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “Fuqarolar murojaatini o‘rganish to‘g‘risida” 2023-yil 25-iyuldagi buyrug‘i asosida tuzilgan vazirlik mas’ullaridan iborat ishchi guruhi talabalar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashgan holda vaziyatni o‘rgandi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra hamda talabalar va ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olgan holda talabalar arizasiga muvofiq quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

Istisno tariqasida 2022/2023-o‘quv yilida akademik qarzdor talabalarga bir marta qayta topshirishga ruxsat beriladi. Bunda qayta imtihon topshirish istagini bildirgan talabalarga 10-avgustdan boshlab tegishli fanlardan imtihonlar tashkil etiladi, grafiklar alohida e’lon qilinadi.

Bundan tashqari, qayta o‘qish istagida bo‘lgan talabalar 25-avgustga qadar tegishli fanlardan o‘zlashtirilmagan kreditlariga mos ravishda belgilangan miqdorda to‘lovni amalga oshirganidan so‘ng fanlarni qayta o‘qishlari mumkin.

Shuningdek, talabalarga istisno tariqasida 2023-yil 15-sentabrga qadar akademik qarzdor bo‘lgan fanidan mustaqil bilimini oshirib, so‘ng to‘lovlarsiz qayta imtihon topshirishga ruxsat beriladi.

Qayta imtihonlar natijasi yuzasidan appelyatsiya komissiyasiga murojaat etish mumkin.

Qayta topshirish imtihonlaridan o‘ta olmagan talabalar belgilangan tartibda GPA (Grade Point Average – ta’lim oluvchining dastur bo‘yicha o‘zlashtirgan ballari o‘rtacha qiymati) ko‘rsatkichlari asosida kursdan-kursga qoldiriladi. Bunda talabalarni kursdan-kursga o‘tkazishda GPA ko‘rsatkichi 2022/2023-o‘quv yili uchun va undan keyin 2,4 ball etib belgilandi.

Qayta imtihonlarni tashkil etish, natijalarni e’lon qilish hamda apellyatsiya jarayonlarini tashkil etish tegishliligi bo‘yicha institutlar dekanatlari va fakultetlar dekanlari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Zarurat bo‘lganda, qayta imtihonlar tegishli fakultet va dekanatlar tomonidan yetakchi oliygohlardan jalb etilgan xolis ekspertlar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida amalga oshiriladi.

Istisno tariqasida 2022/2023-o‘quv yilida akademik qarzdor bo‘lgan talabalarning qayta o‘qish uchun to‘lagan to‘lovlari arizaga muvofiq, keyingi o‘quv yili kontrakt summasiga qo‘shiladi yoki qayta topshirishdan keyin o‘zlashtira olmagan fan kreditlariga mos ravishda hisoblanadi. Davlat granti asosida o‘qiydigan hamda o‘qishini boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirayotgan talabaning qarzdor fanlariga qayta o‘qish uchun to‘langan to‘lovi talabalar safidan chiqarilganda yoki universitetni tamomlaganda tegishli tartibda hisob-kitob qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand davlat universitetida yuzaga kelgan holat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov tomonidan shaxsan nazoratga olingan.

Talabalarning e’tiroz va shikoyatlari vazirlikning 1006 ishonch telefoni orqali qabul qilinadi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Rasmiy_bayonot

Acharya universitetiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya berilmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda Acharya universitetiga qabul bo‘lib o‘tayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Vazirlik vakolatli organ sifatida ushbu xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Mazkur oliy ta’lim muassasasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tashkil etilgan bo‘lib, hujjatda tegishli tartibda litsenziya olganidan so‘ng faoliyatini amalga oshirishi belgilangan.

Shu o‘rinda, abituriyentlar va ularning ota-onalaridan faqatgina vazirlikning edu.uz rasmiy saytida ko’rsatilgan davlat, nodavlat va xorijiy oliygohlar ro‘yxatidagi oliy o’quv yurtlarini tanlashlari tavsiya etiladi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Rasmiy_bayonot

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hokim oʻrinbosari obuna rejasini bajarmagan kollej direktorini kaltaklagan holatni keskin qoralaydi va majburiy obunaga mutlaqo qarshi

Kun.uz saytida eʼlon qilingan maqolada Bogʻdod tumani pedagogika kolleji zimmasiga yuklangan 2024-yilgi gazeta va jurnallar obuna rejasini bajarolmagan muassasa direktori tuman hokimining oʻrinbosari tomonidan kaltaklangani aytilgan. Voqea 14-noyabr kuni Fargʻona viloyati Bogʻdod tumani hokimligi yigʻilishida roʻy bergan.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi professional taʼlim tizimiga masʼul sifatida holatni tashvishli deb baholaydi va keskin qoralaydi. Vazirlik hokim oʻrinbosarining xatti-harakatiga huquqiy baho berilishi va bu kabi holatlar qayta takrorlanmasligi uchun zarur choralar koʻrilishi kerak deb hisoblaydi.

Shuningdek, vazirlik gazeta va jurnallarga majburiy obuna tashkil etilishiga mutlaqo qarshi boʻlib, bunday holatlarga qarshi kurash, oldini olish maqsadida oliy va professional taʼlim muassasalari, professor-oʻqituvchilar, oʻquvchi-talabalar hamda boshqa xodimlar oʻrtasida doimiy tushuntirish ishlari olib borilishini maʼlum qiladi.

Agar taʼlim muassasalarida gazeta-jurnallarga majburiy obuna holatlari aniqlansa, qonun doirasida zarur choralar koʻrilishi haqida ham ogohlantirilgan.

Taʼlim muassasalari oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqib, muassasaga mazkur maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida istagan va zarur deb hisoblagan bosma nashrlarga ixtiyoriy ravishda obuna boʻlishlari mumkin. Bunda professor-oʻqituvchilar, xodimlar va oʻquvchi-talabalarni majburiy obuna qildirish qatʼiy taqiqlanadi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

На русском
In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM