Edu.uz
134K subscribers
23.2K photos
4.95K videos
239 files
13.1K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#Zamonaviy_o‘quv_binosi

TerDUda zamonaviy o‘quv bino foydalanishga topshirildi

Bugun Termiz davlat universitetida Axborot texnologiyalar fakulteti uchun mo‘ljallangan 7 qavatli 1 850 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy yangi binoning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov, viloyat hokimi To‘ra Bobolov, universitet jamoasi va faxriylari, O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim, O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova hamda talabalar ishtirok etdi.

Batafsil ushbu havolada 👈

➡️O‘quv binodan fotoreportaj.

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
⚡️Ilmiy izlanuvchilar uchun 10 kunlik amaliy kurs

Vazirlik huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazda Toshkent shahridagi Vebster universiteti bilan hamkorlikda shartnoma asosidagi “Ten days research and Latex practical course” nomli qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etilmoqda.

Mazkur kurs Kipr, Fidji Janubiy Tinch Okeani, Hindiston Sharqshunoslik universitetlari professori Bidjay Kumar Kandel tomonidan 3–14-oktabr kunlari o‘tkaziladi.

Mashg‘ulotlar ingliz tilida olib boriladi va kurs yakunida sertifikat beriladi.

Tinglovchilar kurs davomida ilmiy tadqiqot olib borish metodikasi, dissertatsiyaning asosiy natijalarini xalqaro miqyosdagi yirik nashrlar bazasiga kiruvchi ilmiy jurnallarda e’lon qilish uchun “Latex” dasturidan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar.

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
Vazir yoshlar davrasida

Bugun Termiz davlat universitetida yangi oʻquv yilining boshlanishi hamda zamonaviy shart-sharoitlarga ega yangi oʻquv binosining ochilishi munosabati bilan universitetning 6 ta talabalar turar joyi yoshlari uchun osh tayyorlanib, bayram dasturxoni yozildi.

Batafsil ushbu havolada 👈

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube