Edu.uz
165K subscribers
19.8K photos
4.23K videos
232 files
12K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
“Osiyo bolalari-2022”: sohil voleyboli boʻyicha yigitlarimiz sovrindor boʻlishdi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida VII “Osiyo bolalari” sport oʻyinlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda Navoiy olimpiya zaxiralari kolleji oʻquvchilaridan iborat Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi sohil voleyboli boʻyicha 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Batafsil ushbu havola orqali tanishing.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_yotoqxona

Yangi o‘quv yiliga yangi yotoqxona

Samarqand davlat chet tillar instituti hududida davlat-xususiy sheriklik asosida 500 o‘rinli yangi talabalar turar joyi binosini qurish ishlari yakuniga yetkazilmoqda.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ijodiy_imtihon_2022

🏛Shahrisabz davlat pedagogika institutida ijodiy imtihonlar davom etmoqda.

Batafsil 👉🏻 https://t.iss.one/eduuzijodiy

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul2022

⚡️Endi ruxsatnomani olish yanada oson boʻldi!

🔰 2022/2023-oʻquv yilida roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarni kirish imtihonlariga ruxsatnoma olish uchun yana bir interaktiv xizmat yoʻlga qoʻyildi.

👉 Buning uchun @edu_mandatbot ishga tushirildi.

📲 Shunchaki, qaydnomani pdf shaklda yuboring va ruxsatnomani oling, xizmatlar barchasi bepul.

🗓 Test sinovlari 8-avgustdan boshlanishini inobatga olgan holda ruxsatnomalarni 7-avgustga qadar yuklab olish tavsiya etiladi.

👉 @edu_mandatbot
👉 @edu_mandatbot
👉 @edu_mandatbot

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Edu.uz pinned a photo
#Vazir_qabuli

Vazir fuqarolarni qabul qildi

🔰Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov fuqarolar murojaatlarini o‘rganish bo‘yicha navbatdagi qabulni o‘tkazdi.

✔️Unda 100 ga yaqin talabalar hamda ularning yaqinlari xorijiy va respublika oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish, tiklash, akademik ta’til va magistraturaga qabul, ta’lim krediti, nodavlat oliygoh ochish va boshqa masalalar yuzasidan bevosita vazirga murojaat qildi.

➡️ Qabulda vazir tomonidan fuqarolarning har bir murojaatiga tegishli boshqarma rahbarlari va mas’ullar ishtirokida batafsil huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.

Kelib tushgan murojaatlardan 41 tasi joyida hal etildi, 24 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan 11 ta murojaat bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Vazir kasbiy imtihonlar nazoratchilarini yanada e'tiborli bo‘lishga chaqirdi

Xabaringiz bor, shu kunlarda mamlakatimizdagi 46 ta oliy taʼlim muassasasida kasbiy (ijodiy) imtihonlar boʻlib oʻtmoqda. Imtihonlarni adolatli, shaffof oʻtkazish maqsadida vazirlik tizimidagi 30 ta oliygohda 15 nafar rahbar xodimdan iborat ishchi guruh tashkil etilib, ular imtihonlardagi jarayonlarni nazorat qilib borishmoqda. Vazir Abduqodir Toshqulov ushbu ishchi guruh vakillari bilan onlayn tarzda yigʻilish oʻtkazdi.

Batafsil ushbu havola orqali tanishing.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#MAQOLA

🗞Vazirlik huzuridagi markaz direktori Fozil Farhodovning “Halollik va fidoyilik asosiy mezon boʻlmogʻi lozim” nomli maqolasi Yangi Oʻzbekiston gazetasining rasmiy saytida eʼlon qilindi.

📰Maqolani o‘qishni tavsiya etamiz.

Batafsil 👇🏻
⚡️ O‘qishni (ichki) ko‘chirish bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash imkoniyati berildi

🔰 Xabaringiz bor, kuni kecha xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan hamda respublika davlat oliygohlariaro o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabuli yakunlandi.

Arizalarni ko‘rib chiqish natijasiga asosan ko‘plab murojaatlar tegishli hujjatlar to‘liq yuklanmagani, so‘ralgan hujjat o‘rniga boshqasi kiritilgani, turdosh bo‘lmagan yo‘nalish belgilangani hamda yana boshqa sabablarga ko‘ra rad etilgan.

Shuni inobatga olib, 5-avgustgacha transfer.edu.uz tizimidan respublika davlat OTMaro o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabalarga 10-avgustga qadar arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Edu.uz pinned a photo