Edu.uz
163K subscribers
19.9K photos
4.25K videos
232 files
12K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#Ijodiy_imtihon_2022

Vazir A.Toshqulov: Imtihon nazoratchilari va professor-o‘qituvchilarning halolligi qo‘shimcha rag‘batlantiriladi

Bugun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov bilan birga joylarda bo‘lib o‘tayotgan ijodiy, kasbiy imtihonlarni kuzatdi.

Batafsil ushbu havola orqali tanishing.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijodiy_imtihon_2022

🏛 O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati institutida o‘tkazilayotgan kasbiy, ijodiy imtihonlarning UCHINCHI KUNIDAN videolavha

Batafsil
👉 https://t.iss.one/eduuzijodiy

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ijodiy_imtihon_2022

O‘zimning tajribamdan kelib chiqib aytamanki, imtihonni nazorat qilishning eng zo‘r usuli bu – o‘zlaring o‘zlaringni nazorat qilishlaring.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov bilan birga Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati institutida bo‘lib o‘tayotgan ijodiy, kasbiy imtihonlarni kuzatdi.

Batafsil 👉 https://t.iss.one/eduuzijodiy

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul2022

⚡️ Rasman test sinovlari 8-avgustdan boshlanadi

2022/2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2022-yil 8-avgust kunidan boshlanadi hamda stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi.

📌 Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilib:

1️⃣-smenada 07:00 dan 10:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 19:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📆 Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan maydonlar sig‘imidan kelib chiqqan holda 10 kundan 13 kungacha davom etadi va 20-avgust kuni yakunlanadi.

Test sinovida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish 4-avgust kunidan boshlanadi.

👉@eduuz
​​#Qabul2022

⚡️ Bugundan abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2022/2023-o‘quv yili
da oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.dtm.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

❗️ESLATMA: Test sinovlari 8-avgustdan boshlanishini unutmagan holda ruxsatnomalarni 7-avgustga qadar yuklab olishni tavsiya etiladi.

📌 Shuningdek, abituriyentlar test sinovlariga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

👉
@eduuz
👉
@eduuzijodiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎤 KASBIY, IJODIY IMTIHON JARAYONLARI HAQIDA FIKRLAR

🏛 Termiz davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlarni qay darajada ochiq, shaffof va adolatli oʻtayotganini aniqlash maqsadida OAV xodimlari fikrlari oʻrganildi.

➡️ Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Batafsil: https://t.iss.one/eduuzijodiy

👉@eduuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#QDPI #yangi_yotoqxona

Talabalar uchun yangi yotoqxona

Qo‘qon davlat pedagogika instituti hududida davlat-xususiy sheriklik asosida 400 o‘rinli yangi talabalar turar joyi binosini qurish ishlari boshlandi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2022_FarDU #Ijodiy
🏛 Farg‘ona davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar joriy yilning 8-avgust sanasiga qadar o‘tkaziladi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Davlat idoralariga ishga qabul qilishning ochiq-oshkora tizimi joriy etiladi

Ayni damda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimiz hayoti uchun gʻoyat muhim masala – davlat xizmatini isloh qilish boʻyicha videoselektor yigʻilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda davlat idoralariga ishga qabul qilishning ochiq-oshkora tizimi joriy etilishi haqida so‘z yuritildi.

Yil yakuniga qadar:

barcha vakant lavozimlar ochiq yagona elektron platformaga joylashtiriladi;
boʻsh lavozimga tanlovda ishtirok etish uchun hozirgi kunda talab etilayotgan 16 ta hujjat soʻralmaydi, barcha jarayonlar elektron shaklga oʻtkaziladi;
ochiq tanlov orqali nomzodning bilimi, tajribasi va salohiyati aniqlanadi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Andijonda talabalar yotoqxonalarining qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi

Bugun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov hududlardagi oliy o‘quv yurtlarida DXSh shartlari asosida yotoqxonlar qurilishi jarayoni, mavjudlarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatidagi oliygohlarda bo‘ldi.

Batafsil ushbu havola orqali tanishing.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Har bir vazirlik va hokimlik kadrlar tanlashni oliygohlardan boshlashi zarur – Prezident

Yig‘ilishda mas'ullar oldiga ikki oy muddatda oliygohlar diplomlari va mehnat daftarchalarini mavjud elektron bazaga toʻliq kiritib, uni Tanlov elektron platformasiga integratsiya qilish vazifasi qoʻyildi.

Yil yakuniga qadar 4 mingta boʻsh lavozimga tanlov oʻtkazish topshirildi.

“Har bir vazirlik va hokimlik kadrlar tanlashni oliygohlardan boshlashi zarur.

Bu tajribani tizimli yoʻlga qoʻyish uchun har bir vazir va viloyat hokimi bir oy muddatda Yosh mutaxassislarni tanlash dasturini eʼlon qiladi.

Dastur doirasida oliygohlarning bitiruvchi kurslarida oʻqiyotgan qobiliyatli yoshlar saralanib, vazirlik va hokimlik tizimida stajirovka oʻtaydi va oʻqishni tamomlagach, tanlov asosida ishga qabul qilinadi.

Bunda, nafaqat oʻzimizdagi oliygoh talabalari, balki nufuzli xorijiy oliygohlarda oʻqiyotgan yoshlarimiz ham qamrab olinadi”, dedi Prezident.

➡️@eduuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ijodiy_imtihon_2022

🏛Urganch davlat universitetida 2022/2023-o‘quv yili qabuli uchun bakalavriatning kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha 6 ta, sirtqi taʼlim shaklida esa 4 ta yoʻnalish boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 9-avgustgacha davom etadi.

Mazkur yoʻnalishlarga talaba boʻlish istagidagi 2383 nafar abituriyent hujjat topshirgan.

Batafsil 👉 https://t.iss.one/eduuzijodiy

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ijodiy_imtihon_2022

🏛ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA ALOHIDA IQTIDOR TALAB ETILADIGAN YO‘NALISHLARGA KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR BO‘LIB O‘TMOQDA

Universitetga 3 ta ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha jami 835 nafar abituriyent hujjat topshirgan. Imtihonlar 7-avgustga qadar o‘tkaziladi.

Batafsil 👉🏻 https://t.iss.one/eduuzijodiy

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
“Jadidlar” to‘plamining audio varianti yaratildi!

📚🎤Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi tomonidan “Jadidlar” to‘plamining audio kitob varianti tayyorlandi. Audio kitob Markaz qoshidagi "Talabalar ijtimoiy-media va madaniyat maskani" ovoz yozish studiyasida yozib olindi.

📖Ko‘pchilik kitobxon-yoshlarning talab va takliflaridan kelib chiqib, ushbu to‘plam audiokitob shaklida tayyorlandi. Bugun to‘plamning birinchi "Mahmudxo‘ja Behbudiy" kitobi audio varianti sizlarga taqdim etiladi.

📝Ma'lumot uchun, “Jadidlar” to‘plami Yoshlar ishlari agentligi tomonidan nashr etilgan bo‘lib, unda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Ishoqxon to‘ra Ibrat, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon, G‘ulom Zafariy kabi ma’rifatparvar jadidlarning hayoti va ijodi, asarlarining qisqacha tahlili, e’tirofi, hikmatli so‘zlari o‘rin egallagan.

👉 Kitobni tinglash: https://youtu.be/-uHJZDH0rW8|

@eduuz