Edu.uz
164K subscribers
19.8K photos
4.23K videos
232 files
12K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#Vazir_qabuli

Bugun vazir fuqarolar murojaatlari bo‘yicha navbatdagi qabulni o‘tkazdi

🔰 Unda talabalar hamda ularning yaqinlari xorijiy va respublika oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish, magistratura va doktoranturaga qabul, ta’lim krediti va boshqa masalalar yuzasidan bevosita vazirga murojaat qildi.

➡️ Ikki yarim soat davom etgan qabulda vazir tomonidan fuqarolarning har bir murojaatiga tegishli boshqarma rahbarlari va mas’ullar ishtirokida huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.

Qabulda 50 ga yaqin fuqaro ishtirok etib, 43 ta murojaat kelib tushdi. Shundan, 15 ta murojaat joyida hal etildi, 23 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan 5 ta murojaat bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

✔️ Maʼlumot oʻrnida bugun vazirlikda kun davomida jami 124 nafar fuqaro murojaatlari qabul qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#yashil_energiya

Odamlarning yaxshi yashashi uchun eng zarur manbalardan biri — bu energiya

28—29-iyul kunlari “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi hududida tashkil etilgan muqobil energiya mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining respublika koʻrgazmasida 60 ta oliy ta’lim muassasasi tomonidan 4 600 kVt soat quyosh foto elektrik qurilmalariga buyurtma berildi.

➡️ Batafsil ushbu havolada

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
​​#Ijodiy_imtihon_2022

Vazirlik Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda imtihonlarni nazorat qiladi

🔰Xabar berganimizdek, joriy yil 1–10-avgust kunlari 46 ta OTMda alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar boʻlib oʻtadi.

✔️2022/2023-oʻquv yili bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish uchun ijodiy imtihonlarni yanada shaffof, ochiq va adolatli oʻtkazish maqsadida jarayonlarni imtihon.edu.uz platformasi orqali jonli kuzatish imkoniyati yaratildi.

➡️Shuningdek, ilk bor imtihon boʻladigan bino va maydonlarda oʻrganishlar olib borish uchun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘rtasida qo‘shma bayonot imzolandi.

🔖Unga ko‘ra Vazirlik va Agentlik masʼul xodimlari tomonidan jarayonlarning ochiq va shaffof tashkil etilishi, jonli efirga uzatilishi toʻliq nazorat qilinadi.

☝️Siz imtihonda korrupsiyaviy yoki jonli efirga uzatish tartibiga rioya etilmaslik holatlariga duch kelsangiz vazirlikning telegramdagi @EduAntiCorruptionBot ga yoki 1006 Ishonch raqami orqali murojaat qilishingiz soʻraladi.

👉Imtihonlarni o‘tkazish grafigi 👈
———
👀 Eduuz dan yiroqlashmang!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ijtimoiy_videorolik

🎤Qoraqalpogʻistonlik yosh ijodkorlaridan “Yoshlar — tinchlik elchisi” nomli ajoyib qoʻshiq

———
👉 Eduuz dan yiroqlashmang!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#dayjest
#25—30.07.2022

🇺🇿 Hafta davomida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimida ro‘y bergan eng muhim xabarlar videosharhi

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tan olishni xohlamagan haqiqatim...

📚Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi tomonidan "Birga kitob o‘qiymiz" loyihasi yo‘lga qo‘yilgan. Uning navbatdagi soni ozarbayjonlik zamonaviy yozuvchi Elchin Safarlining "Qaytganimda uyda bo‘l" asari muhokamasiga bag‘ishlandi.

📖Kitobdagi qiziqarli voqea-hodisa va kechinmalar haqida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi Sevinch Abdurahmonova so‘zlab beradi.

👀Videoni tomosha qilishni tavsiya etamiz. U albatta, sizni ushbu kitobni o‘qishga majbur qiladi.

👉 Videoni ko‘rish: https://youtu.be/Y0YrJXgAtYY

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Ijodiy_imtihon_2022

Oliy taʼlim muassasalarida kasbiy, ijodiy imtihonlar boshlandi

Avval xabar berganimizdek, 1–10-avgust kunlari mamlakatimizning 46 ta OTMda kasbiy imtihonlar boʻlib oʻtadi.

Obunachilar va abituriyentlar ota-onalariga imtihon jarayonlari haqida tezkor va batafsil maʼlumot berib borish maqsadida maxsus “Eduuzijodiy2022” telegram kanali faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Unda siz imtihonlar qaysi oliy taʼlim muassasasida boʻlib oʻtayotgani, imtihon oʻtkaziladigan joylar, oʻquv xonalarni jonli tarzda kuzatishingiz mumkin boʻladi. Shuningdek, maxsus kanalga imtihonlar haqidagi xabarlar (foto va videolavha) ham joylab boriladi.

Ijodiy imtihonlarni xolis va shaffof oʻtkazilishini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida jarayonlarga deputatlar, OAV vakillari, bloggerlar, davlat va jamoat arboblari ham taklif etilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, OTMda boʻlib oʻtayotgan imtihonlarni imtihon.edu.uz platformasi hamda oliygohlarning rasmiy YouTube kanallari orqali jonli kuzatib borishingiz mumkin.

👉@eduuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etish boʻyicha vazifalar ijrosi Andijon mashinasozlik instituti misolida

Bugungi kunda respublika boʻyicha jami 30 890 oʻrinli 60 ta talabalar turar joyi qurilish loyihalari amalga oshirilmoqda.

2022-yil 1-avgust holatiga koʻra, umumiy quvvati 20 800 oʻrinli 39 ta loyiha ustida ishlar olib borildi. Shundan, 350 oʻrinli 1 ta loyiha foydalanishga topshirilgan, 4 800 oʻrinli 11 ta loyiha davlat reyestriga olingan, 3 000 oʻrinli 7 ta loyiha bitimi rasmiylashtirish bosqichida, 1 ta 1 000 oʻrinli loyiha tender bosqichida, 3 300 oʻrinli 5 ta loyiha 45 kunlik eʼlonga joylashtirilgan.

Batafsil ushbu havola orqali tanishing.

👉@eduuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ijodiy_imtihon_2022

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida bo‘lib o‘tayotgan ijodiy imtihon jarayonlaridan

Batafsil 👉
https://t.iss.one/eduuzijodiy

🔗
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
​​#Professor_minbari
#25.07 — 30.07.2022

Professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda:

🔸“Halollik vaksinasi — ta’lim-tarbiyada”Laziz MINGISHOV, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i;

🔹“Toshkent – Markaziy Osiyo uchun tinchlik va taraqqiyot tashabbuskori”Rustam XOLMURODOV, Samarqand davlat universiteti rektori, professor;

🔸“O‘zbekiston – do‘stlik va tinchlik elchisi”Gulchehra RIXSIYEVA, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, DSc;

🔹“Chegara bilmas muammo. Oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi qanday kurashilmoqda?”To‘lqin TESHABOYEV, Toshkent moliya instituti rektori, professor;

🔸«В сферу придут конкурентоспособные отечественные специалисты»Чидем ДЖАНБАЙ, ректор Самаркандского государственного архитектурно-строительного института;

🔹“Sayyohlik – iqtisodiyotning drayver sohasi”Bahrom ABDULLAYEV, Urganch davlat universiteti rektori, DSc;

🔸“Qariyb bir asrlik dorilfunun Markaziy Osiyodagi “tibbiy ta’lim xabi”ga aylanadi”Jasur RIZAYEV, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor;

🔹“O‘zbekistonning tinchlikparvar sa’y-harakatlari Afg‘oniston kelajagi va afg‘on xalqi farovonligiga hissa bo‘lib qo‘shilmoqda”Oybek RO‘ZIYEV, Termiz shahridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi direktori;

🔸“Baxtiyor millatlar oshyoni yoxud 85 yillik shonli do‘stlik yo‘liga nazar”Azizbek AMONOV, Buxoro davlat universiteti birinchi prorektori, PhD;

🔹“Ilmiy salohiyatli pedagoglar hozir har qachongidan ham ko‘proq zarur”Behzod SIROJIDDINOV, Andijon davlat pedagogika instituti prorektori;

🔸“O‘sish piramidasi. Raqamli iqtisodiyot va bandlik masalasi tutashgan nuqta”Mansur ESHOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti prorektori, professor;

🔹«Конституция руз: Оберегать историческое, духовное и культурное наследие»Фирюза МУХИТДИНОВА, профессор ТГЮУ;

🔸«Базовое звено общества»Омон МУХАМЕДЖАНОВ, профессор ТГЮУ;

🔹“O‘zbekiston — Afg‘oniston: Do‘stona munosabatlardagi yangicha yondashuv”Rustam RASHIDOV, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti dotsenti, PhD;

🔸“Do‘stlik taronasi yangrar qalblarda”O‘g‘iloy GALIYEVA, Qoraqalpoq davlat universiteti kafedra mudiri, DSc.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube