Edu.uz
161K subscribers
19.9K photos
4.25K videos
232 files
12K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kasbiy_imtihon

⚡️Ijodiy imtihonlar korrupsiyadan holi, adolatli o‘tadimi
?

Ushbu savollarga O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Sohib Risboyev javob beradi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Ijodiy_imtihon

Joriy yil 46 ta oliygohda kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi

Ma’lumki, kecha, 27-iyul kuni abiturientlarni 2022/2023-o‘quv yili uchun onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, DTM tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari bilan bir qatorda alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha OTM tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar tashkil etiladi.

Yuqoridagi ilovada joriy yil kasbiy (ijodiy) imtihonlari mavjud 46 ta OTM ro‘yxati bilan tanishing.

Abituriyentlar ta’lim muassasasi hududidagi e’lonlar burchagi yoki rasmiy veb-sayt hamda telegram kanali orqali quyidagilarni bilishlari mumkin:

✔️Imtihonlarni o‘tkazish jadvali (vaqti, joyi);
✔️Imtihonlar dasturi va baholash mezoni;
✔️Imtihonlar natijasi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Yig‘ilish

Yaxshi sharoit, yuqori haq, jamoatchilik nazorati — ijodiy imtihonlardagi adolat garovidir! – A.Toshqulov

Bu yilgi kasbiy, ijodiy imtihonlarda 126 mingdan ziyod abituriyent qatnashadi. Bu haqda bugun vazir A.Toshqulov rahbarligida imtihonlarni shaffof o‘tkazish masalasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tildi.

Batafsil ushbu havola orqali tanishing.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔰 Umumxalq muhokamasi davomida fuqarolar va jamoatchilik tomonidan 28 iyul holatiga ko'ra taqdim etilgan takliflar yuzasidan infografika

☝️ Eslatib o'tamiz, umumxalq muhokamasi 1-avgustga qadar davom etadi.

📄 Taklif bildirish uchun:

🌐 https://www.meningkonstitutsiyam.uz
📞Qisqa raqam: 1341

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Eʼtirof

Fan olimpiadalari g‘oliblari va ularning o‘qituvchilari munosib taqdirlandi

Xalq ta’limi vazirligi, Prezident ta’lim muassasalari agentligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorlikda 2021/2022-o‘quv yili davomida tashkil etilgan nufuzli respublika va xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etib, sovrindor bo‘lgan o‘quvchilarni taqdirlash marosimiga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.Toshqulov mehmon sifatida taklif etildi.

Batafsil ushbu havola orqali tanishing.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#XUSHXABAR

2021/2022-o’quv yili yakunlariga ko’ra “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti akademik litseyining 6 nafar bitiruvchisi “El-yurt umidi” stipendiyasi sohiblariga aylanishdi.

Ular bilan tanishing:

Sattorov Akobir, Rasulov Abdullajon, Shuhratov Jasurbek, Muhammadaliyev Davron, Rahmonova Diyora, Ikromova Shahzoda.

💐 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bitiruvchilarni ushbu muvaffaqiyat bilan qutlaydi!

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soʻrovnoma

Xalqaro press-klub jamoasi
bu yil oʻqishga hujjat topshirishdagi yengilliklardan abituriyentlar qay darajada foydalanganliklari boʻyicha blitz-intervyu oʻtkazdi.

📹 Xoʻsh ularning javobi qanday boʻldi?

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoyev “Astrum” akademiyasida IT sohasi vakillari bilan muloqot qilmoqda.

“Bugun yangi IT akademiyasiga biz uchun ahamiyati nihoyatda yuqori boʻlgan IT sohasidagi yetuk mutaxassislar va yoshlarimiz bilan uchrashuv oʻtkazish uchun keldim.

Biz bugun birgalikda yechimlarini topadigan masalalar butun Oʻzbekiston yoshlarining IT sohasidagi intilishlariga katta turtki va motivatsiya berishiga ishonaman”, – dedi davlatimiz rahbari.

Shuningdek, davlat rahbari barcha vazirlar, hokimlar va tarmoq rahbarlari, oliygohlar rektorlari raqamlashtirishni birinchi navbatdagi vazifalar qatoriga olib chiqishi lozimligini taʼkidladi.

Bu borada adliya, mehnat, oliy va xalq taʼlimi vazirliklari, soliq, bojxona idoralari, Navoiy kombinati, “Avtosanoat”, “Sanoat qurilish banki”da raqamlashtirish boʻyicha natijalar borligi qayd etildi.

"Bundan tashqari, hududlarda yoshlarni eksport bozorlariga chiqishga koʻmaklashadigan tizim yaratishimiz shart va zarur", – dedi Prezident.

👉@eduuz