Edu.uz
140K subscribers
21.9K photos
4.72K videos
232 files
12.7K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#Давра_суҳбати
#LIVE

Ўзбекистон-Туркия олий таълим муассасаларининг давра суҳбати жараёнидан фотолавҳалар
__
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Tayinlov

Hukumatning tegishli qarori (№40, 24.01.2022-y.) bilan Mirzayev Bahodir Suyunovich “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti rektori etib tayinlandi.

👉 Shu kunga qadar Bahodir Mirzayev universitetning birinchi prorektori lavozimida ishlagan.

Maʼlumot oʻrnida, Prezident qaroriga koʻra universitet 2022-yil 1-yanvardan oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#attestatsiya
#live

🔛 Ayni damda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazi boshqaruv xodimlari attestatsiyadan oʻtkazilmoqda.

Attestatsiya jarayonlari Markazning rasmiy YouTube hostingida real vaqt rejimida translyatsiya qilinmoqda.

✔️ Jarayonni quyidagi havola orqali kuzatishingiz mumkin.

🎥 Onlayn translyatsiyaga oʻtish 👇 https://www.youtube.com/watch?v=_Tj4Ir1hrMo
_
@eduuz
#Vakansiya
#Tanlov

⚡️ lnstitut direktori va oʻrinbosari lavozimiga ochiq mustaqil tanlov

🔰“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti (“TIQXMMI” MTU) taʼlim muassasasi huzurida tashkil etilgan Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti vakant lavozimlarga ishga taklif qiladi.

➡️ Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

✔️ ariza;
✔️ 2 ta tavsiyanoma (tavsiya beruvchilarning ismi sharifi koʻrsatilgan holda);
✔️ maʼlumotnoma-obyektivka (yangilangan);
✔️ tajribalarini koʻrsatuvchi ishlari haqida yozma maʼlumot.

📥Ariza va soʻralgan hujjatlar [email protected] elektron pochta manzili orqali 2022-yil 4-fevralga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Batafsil 👉 https://tiiame.uz/oz/vocation_job

Русский 👉https://tiiame.uz/ru/content/vakansii

English 👉https://tiiame.uz/en/content/vacancies

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosari Raximjon Xakimov:

– Ayni paytda oliy malakali, oliy ma'lumotli har tomonlama sifatli kadrlarni tayyorlash uchun, eng avvalo, tegishli moddiy-texnik baza zarur. Agar biz oliy ta'lim muassasalarini laboratoriya uskunalari va jihozlari bilan ta'minlamasak, albatta, faqat nazariya bilan biz hech qachon sifatli, samarali natijalarga erisha olmaymiz.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda oliy ta’lim sohasida tub islohotlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, bunda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishdagi harakatlarning jadal kechishi har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu o‘rinda, oxirgi yillarda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiyalash yuzasidan Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ushbu hujjatli film orqali bilib olishingiz mumkin.
#Rasmiy

Elektr energiyasi uzilishi sabab bugun oʻtmay qolingan onlayn darslar yoki imtihonlar boshqa kuni oʻtkaziladimi?

🔰 Maʼlumki, koronavirus infeksiyasi yangi shtammining aholi oʻrtasida tarqalish xavfining oldini olish maqsadida tegishli tashkilotlar tavsiyalariga asosan joriy yilning 24-yanvaridan boshlab, bir oy muddatda barcha oliy (davlat, nodavlat, xususiy hamda xorijiy filiallar) va professional taʼlim muassasalari, akademik litseylarda dars mashgʻulotlari onlayn shaklda boshlandi.

⚡️Bugun, 25-yanvar kuni Respublikamizning ayrim hududlari va Toshkent shahrining aksariyat tumanlarida elektr energiyasi ta’minotisiz qoldi. Ayni paytda ayrim tumanlarda ta’minot tiklandi, aksariyat tumanlarda esa bosqichma-bosqich elektr energiyasi berib borilmoqda.

❗️25-yanvar kuni oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylarda rejalashtirilib, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar sabab o‘tkazilmagan dars mashg‘ulotlari, yakuniy imtihonlar har bir ta’lim muassasasining qo‘shimcha ishlab chiqilgan reja-grafiklari asosida o‘tkaziladi hamda odatiy dars rejalariga yetkazib olinadi.
___
➡️ @eduuz
#Xushxabar

⚡️⚡️Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ijtimoiy tarmoqlardagi barcha sahifalariga maxsus “Verified” (tasdiqlangan) belgisiga ega boʻldi.

Telegram: @eduuz
Instagram: instagram.com/edu.uz
Facebook: facebook.com/eduuzrasmiy

❗️Sahifalarning nomidagi maxsus belgi orqali rasmiy manbani soxta profillardan oson ajratish hamda asossiz va yolgʻon xabarlar tarqalishining oldini olish mumkin.

✔️ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi faoliyati, shuningdek, oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litseylarda amalga oshirilayotgan islohotlarga doir yangiliklar, huquqiy sharhlarni vazirlikning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari orqali kuzatib boring!

➡️ @eduuz
ЎЗБЕКИСТОН-ТУРКИЯ: ОЛИЙ ТАЪЛИМ СОҲАСИДАГИ ҲАМКОРЛИК ЯНГИ БОСҚИЧДА

Олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов ҳамда Туркия Республикаси Олий таълим кенгаши раиси Эрол Ўзвар бошчилигидаги делегация аъзолари ўртасида икки давлат олий таълим соҳасидаги ҳамкорлик алоқаларини кенгайтириш доирасида ишчи учрашув бўлиб ўтди.

Учрашув давомида Ўзбекистон ва Туркия олий таълим тизими раҳбарлари икки томонлама ҳамкорлик алоқаларнинг бугунги ҳолати ва уни янги босқичга кўтариш имкониятларини муҳокама этишди.

Жумладан, юртимизда ҳамкорликда университет ташкил этиш, ўзбекистонлик ўқувчи ва талабаларнинг Туркия олий таълим муассасаларида таълим олиш учун грантлар ажратиш, қишлоқ хўжалиги, тиббиёт, техника ва муҳандислик соҳаларида кадрлар тайёрлаш, математика, физика, химия, геология каби йўналишлардаги ҳамкорликни кучайтириш юзасидан фикр алмашилди.

👉 Батафсил

➡️ На русском
➡️ in English

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Адолатли ижтимоий сиёсат юритиш, инсон капиталини ривожлантириш йўналишида стратегияда белгиланган вазифалар:

- мактаб таълими сифатини ошириш, келгуси беш йилда мактабларда қўшимча 1,2 миллион ўқувчи ўрни яратиш ҳамда дарсликларни янгилаш;

- барча ҳудудларда мактабгача таълимнинг қамров даражасини 67 фоиздан 80 фоизга етказиш;

- камида 10 та олийгоҳнинг нуфузли халқаро рейтингларга киришини таъминлаш;

- хусусий шериклик асосида 100 минг ўринли талабалар
турар жойлари
ни барпо этиш;

- бюджетдан дори воситалари ва тиббий буюмларга ажратиладиган маблағларни 3 бараварга ошириш;

- бирламчи тиббиёт хизматлари сифатини ошириш, моддий-техник базасини мустаҳкамлаш, рақамли тиббиётни кенг жорий қилиш.

#Мирзиёев #видеоселектор #тараққиёт_стратегияси

Манба

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Tanlov

Xabaringiz bor, Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” shiori ostida onlayn maqolalar tanlovi e’lon qilingan edi.

Tanlovni oʻtkazishdan asosiy maqsad yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, iste’dodli yoshlarni aniqlash va ularni qoʻllab-quvvatlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yangi tizimini yaratishda hamda oliy maqsadlarimizdan biri boʻlgan Uchinchi Renessans poydevorini qurishda yoshlarning ishtirokini ta’minlash va ularda daxldorlik fazilatlarini qaror toptirish, milliy qadriyatlarni tiklashdan iboratdir.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan talaba yoshlar tomonidan joriy yilning 20-yanvar kuniga qadar 2500 dan ortiq maqola (ilmiy-ijodiy ish)lar qabul qilindi.

Hozirda tanlov shartlari va baholash mezonlari boʻyicha hakamlar hayʼati tomonidan tanlov nizomi va baholash mezonlari asosida xolis va shaffof tarzda gʻoliblarni aniqlash jarayonlari davom etmoqda.
___
👉 @eduuz
#Tanlov_2022

⚡️Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamkorlikda talabalar (bakalavriat, magistratura) va yosh tadqiqotchilarning ilm-fan sohasidagi innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” ilmiy-innovatsion ishlanmalar respublika tanlovini e’lon qiladi.

📌Tanlovga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-innovatsion ishlanmalar (qurilma, asbob-uskunalar va boshqalar) 2022-yilning 1-mart kuniga qadar qabul qilinadi:

👉 texnika va texnologiya;
👉 axborot texnologiyalari;
👉 tibbiyot;
👉 qishloq va suv xo‘jaligi;
👉 arxitektura va qurilish.

☝️Tanlovga 40 yoshgacha bo‘lgan tadqiqotchilar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov g‘oliblari:

🥇-o‘rin uchun 30 000 000 (o‘ttiz million) so‘m;
🥈-o‘rin uchun 20 000 000 (yigirma million) so‘m;
🥉-o‘rin uchun 10 000 000 (o‘n million) so‘m pul mukofoti va maxsus diplom bilan taqdirlanadi.

Batafsil 👈

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Халқаро_ҳамкорлик

КАЗГУУ иштирокида илмий ва инновация соҳаларда ҳамкорлик масаласи муҳокама қилинди

Олий ва ўрта махсус таълим вазири ўринбосари Рахимжон Хакимов ва М.С.Нарикбоев номидаги Қозоғистон гуманитар-юридик университети бошқаруви раиси Талгат Нарикбоев ўртасида учрашув бўлиб ўтди.

Учрашувда «КАЗГУУ» ва Ўзбекистоннинг юридик соҳада таълим берувчи олий таълим муассасалари ўртасидаги ҳамкорлик истиқболлари, хусусан, илмий ва инновация соҳаларда ҳамкорлик қилиш, қўшма таълим дастурларини ривожлантириш масалалари муҳокама қилинди.

– Ҳамкорлик борасида сўз юритадиган бўлсак, КАЗГУУ университети билан илмий ва инновация соҳаларда ҳамкорликни кенгайтириш, қўшма таълим дастурларини ривожлантириш томонлар ўртасидаги шериклик алоқаларини янги босқичга кўтаришга хизмат қилади, – деди Р.Хакимов.

➡️ Батафсил 👈

На русском 👉 https://edu.uz/ru/news/view/3439


🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube