Edu.uz
145K subscribers
25.8K photos
5.38K videos
261 files
13.9K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
[email protected]

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live #Jarayon #TalabaEkspo_2025 #Samarqand

Samarqand shahrida “TalabaExpo–2025” kasb koʻrgazmasi boshlanish arafasida

📍Universitet xiyoboni
__

В Самарканде накануне открытия ярмарки профессий “TalabaExpo–2025”!

📍Локация: Университетский сквер

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍4🔥1👏1🤔1
#Live #Jarayon #TalabaEkspo_2025 #Samarqand

“TalabaExpo – 2025” kasb koʻrgazmasi rasman ochib berildi

Samarqand shahrida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligiga koʻmaklashish, ularni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish maqsadida “TalabaExpo – 2025” kasb koʻrgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Husan To‘xtayev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi departamenti boshlig‘i Abduvali Xoliqov, “Kelajakka qadam” markazi direktori Elmurod Hoshimov, Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodovlar kirish so‘zi ochib berdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/62732

👉 In English
👉 На русском

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
10👍2🔥1
#Live #Jarayon #TalabaEkspo_2025 #Samarqand

“TalabaExpo – 2025” kasb koʻrgazmasidan fotoreportaj

Ishga joylashish, startaplarni taqdim etish, oliygohlar bilan tanishuv, imtiyozli kreditlar, bilim va aloqalarni kengaytirish – barchasi “TalabaExpo Samarqand”da!

📍Universitet xiyoboni

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Kelajakka qadam” va “Dolzarb 90 kun” doirasidagi “Talaba Expo – 2025”ning 2-kun tadbirlariga start berildi

#Live #TalabaExpo_2025 #Samarqand #sharhsiz

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
9👍5
#live #qabul2025

Oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari qanday o‘tadi?

Qabul jarayoni bo‘yicha eng muhim savollarga javoblar Kun.uz’da jonli efirda!


📺 YouTube'da ko‘rish

📱Telegram'da ko‘rish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
21👍5🎉5🔥3👏2
Prezidentimiz islohotlar boshlangan ilk kunlardanoq “ilm – tarbiya – innovatsiya” zanjirini yaratishga kirishilganini, bu harakatlar bugun aniq natijalar berayotganini qayd etdi.

Masalan, o‘tgan yili yurtimiz yoshlari top-500 talik oliygohlarga kirish bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egalladi.

Bilimli yoshlarimiz ilk bor top-5 talikdagi oliygohlarga kirib, tarixiy natija qayd etdi.

Bugungi kunda 30 nafar yoshlarimiz dunyoning top-10 talik oliygohida, 500 nafari top-100 va 1 ming 500 nafari top-300 dan joy olgan nufuzli universitetlarda tahsil olmoqda.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
11👍8🔥1
Tinchlik – eng buyuk ne’mat, inson qadri va adolat – eng oliy qadriyat

Davlatimiz rahbari hozirgi vaqtda dunyo notinch va murakkab bo‘lib borayotganini, tinchlik – eng buyuk ne’mat, inson qadri va adolat – eng oliy qadriyat ekani har qachongidan ham chuqur his etilayotganini ta’kidladi.

“Yuksak bilimli, dunyoqarashi keng, zamonaviy fikrlaydigan, texnologik savodxon yoshlari ko‘p bo‘lgan yurtda tinchlik va taraqqiyot, o‘zaro jipslik hamisha barqaror bo‘ladi.

Yoshlarimizga sifatli ta’lim va tarbiya berish, zamonaviy kasb va hunarlar, xorijiy tillarni o‘rgatish, hayotda munosib o‘rin topishi uchun zarur sharoitlar yaratish eng asosiy vazifamiz va burchimizga aylangan”,

— dedi Prezident.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
8👍3😁2🔥1
Yoshlarning oliygohga kirish ko‘rsatkichi bo‘yicha Surxondaryo bir yil ichida 11-o‘rindan 4-o‘ringa ko‘tarilib, katta sakrash qildi. Jizzax va Sirdaryo ham yaxshi natija ko‘rsatmoqda.

Ikki yil oldin xalqaro fan olimpiadalarida 7 ta hududdan 45 nafar o‘quvchi sovrin olgan bo‘lsa, o‘tgan 6 oyda ularning safiga Jizzax, Andijon, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm, Toshkent viloyatlari o‘quvchilari ham qo‘shilib, jami 166 ta medal qo‘lga kiritildi.

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 325 ming yoshlar o‘qitildi. Ayniqsa, Xorazm, Qashqadaryo va Samarqand yoshlari ITdan katta daromad topishni o‘rganib oldi.

Boshqa bir misol: o‘tgan yili 150 mingdan ziyod yoshlarimiz xalqaro til sertifikatlari oldi, bu 2023-yilga nisbatan 2 baravar ko‘p.

Xorijiy tillarni mukammal bilish bo‘yicha Toshkent shahri, Farg‘ona, Namangan, Buxoro va Samarqand yoshlari ancha ilgarilab ketdi.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍139🔥4
Endi, yoshlar yetakchilari maktab, texnikum, til va kasb markazlari bilan ham ishlashni o‘rganishi kerak

Uchrashuvda mahallalarda 167 ming nafar uyushmagan yoshlar, tarbiyasi og‘ir va huquqbuzarlik qilgan 17 ming o‘quvchi borligi barchani o‘ylantirishi kerakligi qayd etildi.

“Albatta, yoshlarning tilini yoshlar tushunadi, ular bir-biridan o‘rnak oladi, bir-biriga motivatsiya beradi.

Shu bois, 9 mingdan ziyod mahallada yoshlar yetakchilarini tayinladik. Ular uch yil davomida ko‘p narsani o‘rgandi, yetarli tajriba orttirdi.

Endi, ular maktab, texnikum, til va kasb markazlari bilan ham ishlashni o‘rganishi kerak”,

— dedi Prezident.

Shu o‘rinda davlatimiz rahbari yangi saylangan mahalla raislariga murojaat qildi:

“Mahalladagi tinchlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, sog‘lom muhit kimga bog‘liq? Avvalo, sizlarga bog‘liq.

Mahallada bitta bolaning noto‘g‘ri yo‘lga kirishi ham favqulodda holat bo‘lishi kerak. Shuning uchun, har bir bola haqida, uning taqdiri, kelajagi haqida avvalo sizlar ko‘proq qayg‘urishingiz lozim”.


#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
10🔥3👍2
Yangi O‘zbekistonda ta’lim olmagan, ishsiz, kasb egallamagan, bir so‘z bilan aytganda, uyushmagan yoshlar degan tushunchalarning o‘zi qolmaydi!

Respublika bo‘yicha 15 mingga yaqin o‘quv va 7,5 mingta kasbga tayyorlash markazlari mavjud. So‘nggi yillarda ularga 100 dan ortiq imtiyoz va yengilliklar berildi.

Fursatdan foydalanib, davlatimiz rahbari ushbu markazlarga ham murojaat qilib, hozirgi ko‘rsatkichlar bilan cheklanib qolmaslikka, kengayishga, zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni o‘rganayotgan yoshlarni ko‘paytirishga chaqirdi, buning uchun har qanday sharoit yaratishga tayyorligini bildirdi.

Viloyat, tuman hokimlari har bir bolaga o‘z farzandidek qarab, sog‘ligi, o‘qishi, yurish-turishi, qiziqish va orzulari, muammolaridan doim xabardor bo‘lishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Ular yoshlar bilan doimiy muloqot platformasini yo‘lga qo‘yib, maktab, oliygoh, o‘quv va kasb markazlari, tadbirkorlarni boshini qovushtirib, yoshlarga ko‘maklashadigan tizim qilsa, albatta natija bo‘lishi ta’kidlandi.

“Bu ishlar “kampaniyabozlik” bo‘lmasligi, o‘zgarishlarni har bir mahalladagi har bir yosh har kuni chuqur his qilishi zarur.

Ana shunda Yangi O‘zbekistonda ta’lim olmagan, ishsiz, kasb egallamagan, bir so‘z bilan aytganda, uyushmagan yoshlar degan tushunchalarning o‘zi qolmaydi!”,

— dedi Prezidentimiz.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
7🔥2👍1🥰1