This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#talabalar_ijodi
Is gazidan ehtiyot boʻling!
© Mualliflar: Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari – Asliddin Xatamov, Temur Toʻxtayev
____
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida xodimlar rotatsiyasi amalga oshirildi
Oʻzaro tajriba almashish, tizimni rivojlantirishda kadrlarning bilim va boshqaruv salohiyatini oshirish maqsadida vazirlik markaziy apparati xodimlari oʻrtasida quyidagi rotatsiyalar amalga oshirildi:
Ijro apparati rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Shoxrux Temurmalikovich Yunusov Ijro intizomini taʼminlash va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchisi lavozimiga;
Ijro intizomini taʼminlash va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Ravshan Xalilovich Doʻsanov Ijro apparati rahbari lavozimiga;
Maʼnaviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Norim Razzakovich Raxmonov mazkur boshqarma boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
___

#Tayinlov
2022-yil 17-yanvardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Ravshan Xalilovich Do‘sanov Ijro apparati rahbari etib tayinlandi.
Ravshan Do‘sanov 1973-yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. 1995-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini hamda 2017-yil Toshkent farmatsevtika institutini tamomlagan. Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega.
Shu kunga qadar Ijro intizomini ta’minlash va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimida ishlagan.

2022-yil 17-yanvardan Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Shoxrux Temurmalikovich Yunusov Ijro intizomini ta’minlash va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.
Shoxrux Yunusov 1984-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2007-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega.
Qator xorijiy mamlakatlarda, jumladan, Germaniya, Fransiya, Avstriya, J.Koreya va Xitoy kabi davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirgan.
Shu kunga qadar Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Ijro apparati rahbari lavozimida ishlagan.

2022-yil 17-yanvardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Norim Razzakovich Raxmonov Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Norim Raxmonov 1969-yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 1995-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega.
Qator xorijiy mamlakatlarda, jumladan, Tailand, Qirg‘iziston, Qozog‘iston kabi davlatlarda xalqaro loyihalar doirasida tajriba orttirgan.
Oliy ta’lim tizimida 20 yildan ortiq faoliyat yuritib kelayotgan Norim Raxmonov shu kunga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tavsiya
📚 “Birga kitob o‘qiymiz” 1-son – “Savdogarlar ustozi” (Sevinch Boymirzayeva)
Mazkur loyihamiz talaba-yoshlar ichida kitob o‘qishni targ‘ib qilish maqsadida tashkil qilingan bo‘lib, bu loyihada barcha ishtirok etishi mumkin.
Loyihamizning ilk sonida Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 1-bosqich talabasi Sevinch Boymirzayeva Ahadquli Xolmuhammad o‘g‘lining “Savdogarlar ustozi yoxud haqiqiy omad kaliti” asari haqida gapirib berdi.
Agar siz ham o‘zingiz sevib o‘qigan biror asaringizni loyihamiz orqali boshqalarga ham tavsiya qilishni istasangiz quyidagi 3 ta savolga javob tayyorlab, Telegramdagi @talabaadminbot orqali murojaat qiling:
1️⃣ - Asarning nima haqida, unda ilgari surilgan g‘oya va qisqacha mazmuni qanday?
2️⃣ - Asardan qanday xulosalar oldingiz?
3️⃣ - Ushbu asarni nima sababdan boshqalar ham o‘qishi kerak? Sizning tavsiyangiz.
📌Loyiha boʻyicha batafsil maʼlumot: https://t.iss.one/+g5d80I9NVzFlMjI5
©👉 @manaviyateduuz

#Ogoh_boʻling
#Будьте_осторожны
❓Qanday qilib kartangizni FIRIBGARlardan himoya qilishingiz mumkin?
❓Как защитить свою карту от МОШЕННИКОВ?
____
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Будьте_осторожны
❓Qanday qilib kartangizni FIRIBGARlardan himoya qilishingiz mumkin?
❓Как защитить свою карту от МОШЕННИКОВ?
____
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_maslahatchisi
#vazir
#uchrashuv
Suma Chakrabarti:
💬– Agar biz ikki tomonlama madaniy almashinuv dasturlarini yoʻlga qoʻysak, menimcha, maqsadga muvofiq boʻlardi. Chunki shu vaqtga qadar bu kabi tashabbuslar amalga oshirilmagan.
Abduqodir Toshqulov:
💬– 2030-yilga borib, oliy taʼlim bilan qamrov darajasi 50% ga, oliy taʼlim muassasalari ilmiy salohiyati esa 70% ga yetkaziladi hamda oliy taʼlim tizimini boshqarish toʻliq raqamlashtiriladi. Bir soʻz bilan aytganda, rejalarimizning bosh maqsadi – Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimini xalqaro taʼlim makonida munosib oʻrin egallashini taʼminlash va oliy taʼlimga boʻlgan ehtiyojini munosib darajada qondirishdir.
➡️ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlantirish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi Suma Chakrabarti oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Batafsil 👉 https://edu.uz/uz/news/view/3423
__

#Qonunchilik_yangiliklari
#Prorektor
#Yoshlar_yetakchisi
Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlari joriy etiladi
Prezident qarori bilan davlat oliy taʼlim muassasalari va ularning filiallaridagi yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor (direktor oʻrinbosari)ga birinchi prorektor (direktorning birinchi oʻrinbosari) maqomi berildi.
Shuningdek, taʼlim muassasalarida yoshlar bilan ishlash boʻlinmalari tashkil etiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Uza.uz
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
#uchrashuv
#JICA
JICA vakillari bilan “Vodorod energetikasi” loyihasi muhokama qilindi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Raximjon Xakimov Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vakillari va O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi direktori Nargiza Amirovani qabul qildi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi direktori N.Amirova 2021-yilda Markaz tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Jumladan, Yaponiyaning nufuzli ilmiy markaz va universitetlari bilan hamkorlikda olib borayotgan ishlar, amalga oshirilayotgan yangi xalqaro loyihalar, xususan, “Vodorod energetikasi” loyihasi to‘g‘risida, shuningdek Markazning kelgusidagi rejalari haqida aytib o‘tdi.
Batafsil 👉 https://edu.uz/uz/news/view/3424

#Rasmiy
#Qonunchilik_yangiliklari
2022/2023-oʻquv yili qabulidan bir qator OTMga kirish imtihonlarida chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi
“Xorijiy tillarni oʻrganishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (34-son, 19.01.2022 y.) qabul qilindi.
🔰Qarorga koʻra, 2022/2023-oʻquv yili qabulidan xorijiy tillar boʻyicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan bir qator OTMga kirish imtihonlarida chet tili fanidan tinglab tushunish, oʻqish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi. Jumladan:
✔️fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan quyidagi OTMning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga:
🏛 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti;
🏛 Samarqand davlat chet tillar instituti;
🏛 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
✔️quyidagi OTMning xorijiy tillar boʻyicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga:
🏛 Toshkent davlat pedagogika universiteti;
🏛 Qoʻqon davlat pedagogika instituti;
🏛 Nukus davlat pedagogika instituti.
❗️Chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Batafsil 👉 https://edu.uz/uz/news/view/3425

Talabalar va oʻquvchi yoshlar uchun yil davomida har oyda beriladigan “Zakovat” stipendiyasi joriy etiladi
“Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori imzolandi.
Qarorga koʻra, 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab:
🔹 har yili aprel oyida “Intellektual haftalik” tadbiri oʻtkazib boriladi;
🔸 intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchi yoshlar va talabalar uchun yil davomida har oyda beriladigan “Zakovat” stipendiyasi joriy etiladi.
🗓 2022-yildan boshlab:
🔹 bosqichma-bosqich umumiy oʻrta, Prezident, oʻrta maxsus va professional hamda OTMda “Zakovat” intellektual klublari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
🔸 har yili talabalar oʻrtasida Intellektual olimpiada tashkil qilinadi. Unda umumjamoa hisobida dastlabki uchta oʻrinni qoʻlga kiritgan OTMga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovgʻasi topshiriladi;
🔹 intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida gʻolib va sovrindor boʻlgan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari hamda OTM talabalari taʼlimning keyingi bosqichiga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;
🔸 taʼlim muassasalarida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual klublarining koordinatori boʻlgan professor-oʻqituvchilarga mehnatga haq toʻlash fondining 50 foizi miqdorida bir martalik ustama toʻlab beriladi.
Maʼlumot oʻrnida, 2021-yil oktabr oyida davlatimiz rahbari Buxoro viloyati Romitan tumanida “Zakovat” intellektual oʻyinining final bosqichiga tashrif buyurib, bahsni kuzatgan, tadbir soʻngida nutq soʻzlab, bilimdon yoshlarga sharoit yaratish uchun koʻplab tashabbuslarni bildirgan edi.
Batafsil 👉 https://edu.uz/uz/news/view/3426

#Муносабат
⚡️Олий таълим муассасаларида қишки таътилдан кейинги ўқиш онлайн шаклда бўлиши мумкинлиги ҳақидаги хабарлар юзасидан
Сўнгги кунларда коронавирус билан касалланиш ҳолатлари кўпайгани сабаб жамоатчилик ўртасида қишки таътилдан кейинги ўқиш онлайн шаклда бўлиши мумкинлиги ҳақида хабарлар тарқалмоқда.
Хабарингиз бор, ректорлар, проректорлар, деканлар ва молия масалаларига масъуллар учун жорий йил 10-24 январь кунлари амалий семинар-тренинглар ташкил этилиши муносабати билан олий ва профессионал таълим муассасалари, академик лицей талаба-ўқувчилари учун қишки таътил муддати 2022 йил 24 январга қадар узайтирилган эди.
Шу ўринда, белгиланган тартибга кўра, коронавирус инфекцияси билан боғлиқ эпидемиологик вазият юзасидан Республика махсус комиссияси қарор қабул қилади ҳамда барча идора ва ташкилотлар, шу жумладан, олий таълим муассасалари ҳам мазкур қарор асосида иш юритади.
Бу борада Республика махсус комиссияси қарор қабул қилган тақдирда вазирлик расмий манбалари орқали қўшимча маълум қилинади.
Шу сабабли барча ижтимоий тармоқ фойдаланувчилардан асосланмаган хабарлар тарқатмасликларини, жамоатчиликдан эса фақат расмий манбалар орқали эълон қилинадиган хабарларга ишонишларини сўраб қолардик.
Вазирлик ахборот хизмати расмий маълумот олишда оммавий ахборот воситалари ва ижтимоий тармоқ фаоллари учун ҳамиша ҳамкорлик қилишга тайёр эканлигини маълум қилади. Бунда @eduuzaxborotxizmati_bot телеграм боти ёки 71-207-15-86 рақами орқали мурожаат қилишлари сўралади.
Фуқаролар 1006 ишонч телефони ва 71-230-64-64 call-маркази орқали ўз мурожаатларини йўллашлари мумкин.

#Munosabat
⚡️Oliy taʼlim muassasalarida qishki taʼtildan keyingi oʻqish onlayn shaklda boʻlishi mumkinligi haqidagi xabarlar yuzasidan
Soʻnggi kunlarda koronavirus bilan kasallanish holatlari koʻpaygani sabab jamoatchilik oʻrtasida qishki taʼtildan keyingi oʻqish onlayn shaklda boʻlishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda.
Xabaringiz bor, rektorlar, prorektorlar, dekanlar va moliya masalalariga masʼullar uchun joriy yil 10-24-yanvar kunlari amaliy seminar-treninglar tashkil etilishi munosabati bilan oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun qishki taʼtil muddati 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirilgan edi.
Shu oʻrinda, belgilangan tartibga koʻra, koronavirus infeksiyasi bilan bogʻliq epidemiologik vaziyat yuzasidan Respublika maxsus komissiyasi qaror qabul qiladi hamda barcha idora va tashkilotlar, shu jumladan, oliy taʼlim muassasalari ham mazkur qaror asosida ish yuritadi.
Bu borada Respublika maxsus komissiyasi qaror qabul qilgan taqdirda vazirlik rasmiy manbalari orqali qoʻshimcha maʼlum qilinadi.
Shu sababli barcha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilardan asoslanmagan xabarlar tarqatmasliklarini, jamoatchilikdan esa faqat rasmiy manbalar orqali eʼlon qilinadigan xabarlarga ishonishlarini soʻrab qolardik.
Vazirlik axborot xizmati rasmiy maʼlumot olishda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq faollari uchun hamisha hamkorlik qilishga tayyor ekanligini maʼlum qiladi. Bunda @eduuzaxborotxizmati_bot telegram boti yoki 71-207-15-86 raqami orqali murojaat qilishlari soʻraladi.
Fuqarolar 1006 ishonch telefoni va 71-230-64-64 call-markazi orqali oʻz murojaatlarini yoʻllashlari mumkin.

⚡️Тезкор❗️
⚡️⚡️Қўшимча маълумот
Соғлиқни сақлаш вазирлиги ва Санитария-эпидемиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги хизматининг таклифига асосан коронавирус инфекциясининг янги штамми болалар ва ёшлар ўртасида тарқалиши юқорилигини эътиборга олган ҳолда барча олий (давлат, нодавлат, хусусий ҳамда хорижий филиаллар) ва профессионал таълим муассасалари, академик лицейларда (барча таълим шакллари ва турлари бўйича) жорий йилнинг 24 январидан бошлаб, бир ой муддат давомида таълим олиш тизими масофавий (онлайн) шаклда олиб борилади.
Бунда тажрибадан келиб чиққан ҳолда онлайн таълим жараёни сифатли тарзда ташкил этилиб, барча зарур ресурслар сафарбар этилади.
Авиа ва темирйўл чипталари тариф қисмидан 50 фоиз миқдорида чегирмаларини сақлаб қолинади ва 2022 йил 24 февралга қадар авиа ва темирйўл чипталари бепул тарзда бошқа муддатга алмаштириб берилади.
Мазкур масалаларни мувофиқлаштириш мақсадида Вазирликда Махсус штаб ташкил этилган бўлиб, 21 январь соат 9:30 дан барча ташкилий масалалар юзасидан қуйидаги ишонч телефонларига (10-06, 71-246-97-45, 71-246-28-63) мурожаат қилишингиз мумкин!
Шу ўринда бугунги мураккаб вазиятдан чиқиб кетишнинг ягона йўли бу вакцинация, шу боис сизлардан ўзингиз ва яқинларингиз саломатлигини ҳимоя қилиш учун вакцинация жараёнларида фаол қатнашишингизни сўраб қоламиз.
Эпидемиологик вазиятдан келиб чиқиб, сиздан йўл чипталарини алмаштиришни бир ойлик муддат давомида қайтиш санаси аниқ бўлгандан кейин шошмасдан амалга оширишингизни сўраймиз!
—
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube 👇👇👇

⚡️Tezkor❗️
⚡️⚡️Qoʻshimcha maʼlumot
Sogʻliqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining taklifiga asosan koronavirus infeksiyasining yangi shtammi bolalar va yoshlar oʻrtasida tarqalishi yuqoriligini eʼtiborga olgan holda barcha oliy (davlat, nodavlat, xususiy hamda xorijiy filiallar) va professional taʼlim muassasalari, akademik litseylarda (barcha taʼlim shakllari va turlari boʻyicha) joriy yilning 24-yanvaridan boshlab, bir oy muddat davomida taʼlim olish tizimi masofaviy (onlayn) shaklda olib boriladi.
Bunda tajribadan kelib chiqqan holda onlayn taʼlim jarayoni sifatli tarzda tashkil etilib, barcha zarur resurslar safarbar etiladi.
Avia va temiryoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirmalarini saqlab qolinadi va 2022-yil 24-fevralga qadar avia va temiryoʻl chiptalari bepul tarzda boshqa muddatga almashtirib beriladi.
Mazkur masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlikda Maxsus shtab tashkil etilgan boʻlib, 21-yanvar soat 9:30 dan barcha tashkiliy masalalar yuzasidan quyidagi ishonch telefonlariga (10-06, 71-246-97-45, 71-246-28-63) murojaat qilishingiz mumkin!
Shu oʻrinda bugungi murakkab vaziyatdan chiqib ketishning yagona yoʻli — bu vaksinatsiya, shu bois sizlardan oʻzingiz va yaqinlaringiz salomatligini himoya qilish uchun vaksinatsiya jarayonlarida faol qatnashishingizni soʻrab qolamiz.
Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, sizdan yoʻl chiptalarini almashtirishni bir oylik muddat davomida qaytish sanasi aniq boʻlgandan keyin shoshmasdan amalga oshirishingizni soʻraymiz!