Edu.uz
149K subscribers
20.9K photos
4.5K videos
234 files
12.4K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik_yangiliklari
#Professional_taʼlim

📌 Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OTMga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish tartibi tasdiqlandi

➡️ Matn shaklida oʻqish: @eduuz

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#DAYDJEST

🔰 Oliy ta’lim muassasalari kredit-modul tizimiga toʻliq oʻtganligi munosabati bilan kafedra mudirlari va professor-oʻqituvchilar uchun qoʻshimcha oʻquvlar davom etmoqda.

🔸Geologiya fanlari universitetida “Kredit-modul tizimi va uni amaliyotga joriy etish” mavzusida navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

🔹Qoraqalpoq davlat universiteti: seminar-treningda e’tibor talab masalalar.

🔸Guliston davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlari uchun o‘quv kurslariga start berildi.

🔹Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida professor-o‘qituvchilar ishtirokida kredit-modul tizimining maqsad va vazifalari, unda talabaning mustaqil ishi, o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil etish mavzularida seminar-trening tashkil etildi.

🔸Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida pedagog va xodimlar uchun seminar-treninglar oʻz ishini boshladi.

🔹Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari uchun o‘quv seminar-trening mashg‘ulotlari davom etmoqda.

🔸Namangan davlat universitetidagi bugungi seminar-treninglarda kredit-modul tizimining afzal jihatlari, qulayliklari, yutuq va kamchiliklari haqida ham toʻxtalib oʻtildi.

🔹Samarqand davlat chet tillar institutida bugun bo‘lib o‘tgan seminar davomida o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan xorijiy metodlar borasida mulohazalar bildirildi.

🔸Farg‘ona davlat universitetida belgilangan rejaga muvofiq har bir fakultet, kafedra va bo’limlarga "Hemis" axborot platformasini to‘liq o‘rgatish bo‘yicha tashkil etilayotgan seminar-treninglar qizg‘in davom etmoqda.

🔹Toshkent kimyo-texnologiya instituti Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakultetida seminar trening tashkil etildi.

🔸Namangan muhandislik-qurilish institutida tashkil etilgan navbatdagi amaliy seminar “Xirsh indeksi” va unga erishish imkoniyatlariga bag‘ishlandi.

🔹Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bugun oʻtkazilgan seminar-trening “Kredit-modul tizimida ARM faoliyatini tashkil etish” mavzusiga bagʻishlandi.

🔸Navoiy davlat pedagogika institutida kredit-modul tizimi hamda Prezident qarorlarining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

🔹Qoʻqon davlat pedagogika institutida kredit-modul tizimi boʻyicha seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Rektor_minbari
#Munosabat

— Ta’lim sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda 2026-yilga qadar 10 ta salohiyatli oliy ta’lim muassasasini QS va THE xalqaro reytinglariga kirishga maqsadli tayyorlashga oid 5 yilga mo‘ljallangan bosqichli dasturlarni ishlab chiqish xalqaro reytingga kirish va yuqori pog‘onalarni egallashga undaydi.

Qo‘ng‘irotboy Sharipov,
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
📌Ma’lumki, ayni kunlarda respublika miqyosidagi oliy ta'lim muassasalarining talabalar turar-joyida jami 2606 nafar, jumladan, 2577 nafar xorijiy, 29 nafar to‘liq davlat ta’minotidagi talabalar qishki ta’tilni o‘tkazishmoqda.

Ularning ta’tildagi vaqtini mazmunli yo‘lga qo‘yish maqsadida turli madaniy tadbirlar, sport musobaqalari hamda intellektual tanlovlar tashkil etilmoqda.

#DAYJEST
🔸 Vazirlik huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan Toshkent tibbiyot akademiyasining talabalar turar-joyida qishki ta'tilni o‘tkazayotgan xorijlik talabalar uchun atoqli shoirimiz Abdulla Oripov hayoti va ijodiga bag‘ishlab suratga olingan hujjatli film namoyish etildi.

🔹Termiz davlat universiteti 5-talabalar turar-joyida qishki ta’tilni o‘tkazayogan 7 nafar talabaning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilgan.

🔸Samarqand davlat tibbiyot institutining talabalar turar-joyida xorijlik talaba-yoshlarning ta'til vaqtlarini yuqori kayfiyatda va saviyali tashkil etish maqsadida sport musobaqalariga start berildi.

🔹Samarqand davlat universitetining 6-sonli talabalar turar-joyida qishki taʼtilni o‘tkazayotgan besh nafar talabaning vaqti ilmiy-ijodiy tashkil etilmoqda.

🔸Navoiy davlat pedagogika institutida ayni paytda pandemiya sabab qishki ta’tilni talabalar turar-joyida o‘tkazayotgan turkmanistonlik talabalar holidan xabar olindi.

🔹Xorazm viloyat musiqali drama teatri Urganch davlat universitetida: talabalar turar-joyida yashovchi talabalar eʼtiboriga teatr aktyorlari tomonidan “Jaloliddin Manguberdi” spektakli namoyish qilindi. Ma’lumot o‘rnida, TTJda ta’til vaqtida jami 938 nafar, shundan 2 nafari davlat ta’minotidagi, 936 nafari xorijlik talabalar istiqomat qilmoqda.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Праздничное поздравление в связи с 30-летием образования Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днем защитников Родины


🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Muhim
#Qonunchilik_yangiliklari

Samarqand davlat universitetiga atoqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov nomi berildi

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

➡️ Unga koʻra, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida Transformatsiya ofisi tashkil etiladi.

📌 Shuningdek, universitet tarkibida

🏛 agronomiya, biotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida kadrlar tayyorlovchi Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti;

🏛 muhandislik, avtomatika, mexatronika, robototexnika, raqamli elektronika, elektrotexnika, mashinasozlik, materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi sohalarida kadrlar tayyorlovchi Muhandislik fizikasi instituti;

🏛 pedagogika, axborot texnologiyalari va hududda kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan boshqa sohalarda kadrlar tayyorlovchi Universitetning Urgut filiali faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

✔️ Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Filialda ta’lim faoliyati 2022/2023-o‘quv yilidan boshlanadi hamda o‘quv jarayoni kredit-modul tizimi asosida olib boriladi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Tabrik

Qadrli vatandoshlar!

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻz hayotini ona yurtimizni himoya qilishdek ulugʻ va oliyjanob ishga bagʻishlagan jasur harbiylarni, shu bilan birga, Vatan himoyasi hamda yurt ravnaqi uchun birdek javobgar mard, mehnatsevar, jasoratli, shijoatli, ziyoli, irodali, sadoqatli, adolatli va oilaparvar har bir yurtdoshimizni Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

Soha vakillari va olima ayollarimizdan maxsus tabrik

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Vakansiya
#Tanlov

⚡️Prorektor lavozimiga ochiq mustaqil tanlov

🔰“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Transformatsiya va strategik rivojlanish boʻyicha vakant prorektor lavozimiga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qiladi.

➡️Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

✔️ ariza;
✔️ 2 ta tavsiyanoma (tavsiya beruvchilarning ismi sharifi koʻrsatilgan holda);
✔️ maʼlumotnoma-obyektivka (yangilangan);
✔️ tajribalarini koʻrsatuvchi ishlari haqida yozma maʼlumot.

📥Ariza va soʻralgan hujjatlar [email protected] elektron pochta manzili orqali 2022-yil 28-yanvarga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Batafsil 👉 https://edu.uz/uz/news/view/3412

На русском: 👉 https://edu.uz/ru/news/view/3412

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ogoh_boʻling

Bank kartangizni begonalarga oshkor qilish mumkin boʻlmagan maʼlumotlari haqida bilasizmi?
____
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Будьте_осторожны

Знаете ли вы о том, какие реквизиты своей банковской карты нельзя сообщать посторонним?
____
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ўтказиб_юборманг

Бугун, 15 январь соат 20:20 да "O'zbekiston 24" телеканалида Ўзбекистон Президентининг фаолияти юзасидан эксклюзив лавҳалар ва воқеалар намойиш этилган янги, таҳлилий "Менимча" телелойиҳасини томоша қилинг.
____
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#DIQQAT
#Qabul

🧑‍🎓 Oʻzbekistonda yangi magistratura dasturi!

🏛 Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU) “MSc Research Methods” magistratura dasturini taklif etadi!

👨🏻‍💻 Professional tadqiqotchi yoki falsafa doktori (PhD) boʻlishga yana bir qadam yaqinroq!

❗️Kirish talablari:

• Bakalavr diplomiga ega boʻlish;
• IELTS 6.5 yoki ingliz tilida oʻqitilgan bakalavr/magistratura diplomiga ega boʻlish.

✔️ Imtihonlar onlayn suhbat asosida boʻladi.

🔚 Hujjatlar 24-yanvarga qadar Admission.wiut.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi.

❗️Qabul shartlari bilan batafsil tanishish uchun +998712387460 yoki [email protected] ga murojaat qilishingiz mumkin.

🇬🇧 Read in English
____
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#talabalar_ijodi

Is gazidan ehtiyot boʻling!

© Mualliflar: Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari – Asliddin Xatamov, Temur Toʻxtayev
____
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Taʼlim klasteri bilan tanishuv

Oliy taʼlim tizimi professorlari «Uzbekistan GTL» zavodida boʻlishdi

____
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida xodimlar rotatsiyasi amalga oshirildi

Oʻzaro tajriba almashish, tizimni rivojlantirishda kadrlarning bilim va boshqaruv salohiyatini oshirish maqsadida vazirlik markaziy apparati xodimlari oʻrtasida quyidagi rotatsiyalar amalga oshirildi:

Ijro apparati rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Shoxrux Temurmalikovich Yunusov Ijro intizomini taʼminlash va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchisi lavozimiga;

Ijro intizomini taʼminlash va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Ravshan Xalilovich Doʻsanov Ijro apparati rahbari lavozimiga;

Maʼnaviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Norim Razzakovich Raxmonov mazkur boshqarma boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
___
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Tayinlov

2022-yil 17-yanvardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Ravshan Xalilovich Do‘sanov Ijro apparati rahbari etib tayinlandi.

Ravshan Do‘sanov 1973-yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. 1995-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini hamda 2017-yil Toshkent farmatsevtika institutini tamomlagan. Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega.

Shu kunga qadar Ijro intizomini ta’minlash va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimida ishlagan.
___
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Tayinlov

2022-yil 17-yanvardan Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Shoxrux Temurmalikovich Yunusov Ijro intizomini ta’minlash va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Shoxrux Yunusov 1984-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2007-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega.

Qator xorijiy mamlakatlarda, jumladan, Germaniya, Fransiya, Avstriya, J.Koreya va Xitoy kabi davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirgan.

Shu kunga qadar Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Ijro apparati rahbari lavozimida ishlagan.
___
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Tayinlov

2022-yil 17-yanvardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Norim Razzakovich Raxmonov Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Norim Raxmonov 1969-yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 1995-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega.

Qator xorijiy mamlakatlarda, jumladan, Tailand, Qirg‘iziston, Qozog‘iston kabi davlatlarda xalqaro loyihalar doirasida tajriba orttirgan.

Oliy ta’lim tizimida 20 yildan ortiq faoliyat yuritib kelayotgan Norim Raxmonov shu kunga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
___
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tavsiya

📚Birga kitob o‘qiymiz” 1-son – “Savdogarlar ustozi” (Sevinch Boymirzayeva)

Mazkur loyihamiz talaba-yoshlar ichida kitob o‘qishni targ‘ib qilish maqsadida tashkil qilingan bo‘lib, bu loyihada barcha ishtirok etishi mumkin.

Loyihamizning ilk sonida Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 1-bosqich talabasi Sevinch Boymirzayeva Ahadquli Xolmuhammad o‘g‘lining “Savdogarlar ustozi yoxud haqiqiy omad kaliti” asari haqida gapirib berdi.

Agar siz ham o‘zingiz sevib o‘qigan biror asaringizni loyihamiz orqali boshqalarga ham tavsiya qilishni istasangiz quyidagi 3 ta savolga javob tayyorlab, Telegramdagi @talabaadminbot orqali murojaat qiling:

1️⃣ - Asarning nima haqida, unda ilgari surilgan g‘oya va qisqacha mazmuni qanday?
2️⃣ - Asardan qanday xulosalar oldingiz?
3️⃣ - Ushbu asarni nima sababdan boshqalar ham o‘qishi kerak? Sizning tavsiyangiz.

📌Loyiha boʻyicha batafsil maʼlumot: https://t.iss.one/+g5d80I9NVzFlMjI5

©👉 @manaviyateduuz
____
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube