Edu.uz
138K subscribers
22.3K photos
4.82K videos
232 files
12.8K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#Yoshlar_forumi_2021

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulovning “Toshkent: Yoshlar forumi – 2021” uchrashuvidagi jonli muloqotidan

UCHINCHI RENESSANS: TAʼLIM — MAMLAKAT TAQDIRI

– Bugun davlat va jamiyatning eng faol qatlami – bu talabalar.

Uchinchi renessansni qurmoqchi ekanmiz biz, albatta, taʼlimni rivojlantirishimiz kerak.

Batafsil
👉 https://edu.uz/uz/news/view/3337

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#VIDEOLAVHA
#Yoshlar forumida 2021

– Bitta iltimosim bor, sizga. Umringiz va vaqtingizni qadrlang!

©️ Abduqodir Toshqulov

👉🎥 VIDEONI ТO'LIQ FORMATDA KO'RISH👈

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#DIQQAT #MUHIM

Talaba va oʻquvchilar joriy yil 28-dekabrdan qishki taʼtilga chiqadi

🗓 Oliy taʼlim muassasalari talabalari, akademik litsey va professional taʼlim muassasalari (kasb-hunar maktabi, kollej hamda texnikumlar) oʻquvchilari uchun 2021-yil 28-dekabrdan 2022-yil 10-yanvargacha qishki taʼtil etib belgilandi.

▶️ Dars jarayonlari 2022-yilning 11-yanvaridan boshlanadi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Babir Xidirovich Baysunov Qarshi davlat universitetining Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.

Babir Baysunov 1971-yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 1994-yilda Qarshi davlat universitetini tamomlagan.

Biologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Xorijning nufuzli oliy ta’lim muassasasi, jumladan, Oulu universiteti (Finlyandiya)da ilmiy izlanishlar olib borgan.

👉 Shu kunga qadar Qarshi davlat universitetida kimyo-biologiya fakulteti dekani lavozimida ishlagan.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soʻrovnoma

Hozirgi kunda talabalarda qanday muammolar bor”?

Talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan navbatdagi so‘rovnoma Toshkent davlat iqtosodiyot universitetining talabalari o‘rtasida bo‘ldi.

Blits-intervyu orqali o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnomada ishtirok etgan ko‘plab talaba-yoshlar oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

👉Batafsil

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎭 Barcha talaba-yoshlarni “Talabalar teatr studiyalari” hamda “Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovlari finaliga taklif qilamiz!

🔰 Xabaringiz bor, ayni kunlarda OTMda vazirlik huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tashkil etilgan “Talabalar festivali” bo‘lib o‘tmoqda.

✔️ Festival doirasidagi “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining final bosqichi boshlandi.

⚜️ Final bosqichida quyidagi jamoalar OʻzDSMI teatr zalida o‘zaro bellashmoqdalar:

🔹 ADTI “Shifokorlar” jamoasi
🔸 FarJSTI “Nastarin” jamoasi
🔹 QarMII “Nihol” jamoasi
🔸 TTA Urganch filiali “Ko‘zmunchoq” jamoasi
🔹 TDPU “Ziyo” jamoasi
🔸 CHDPI “Nihol” jamoasi

✔️Ma’rifat maydoni” tanlovi final bosqichi ham start oldi. Ushbu tanlov O‘zbekiston davlat konservatoriyasida oʻtkazilmoqda.

⚜️ Finalda bellashayotgan jamoalar:

🏛 Namangan davlat universiteti
🏛 Toshkent davlat pedagogika universiteti
🏛 Samarqand davlat universiteti
🏛 Urganch davlat universiteti
🏛 Andijon davlat tibbiyot instituti
🏛 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

👉 Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Professional_taʼlim

Jizzax viloyatida professional ta’lim muassasalari o‘quv amaliyotlarining sifat va samaradorligi oshirilmoqda

🎥 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbir tafsilotlari bilan videolavha orqali batafsil tanishing.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻtkazib yubormang!

📺 “Toshkent: Yoshlar forumi – 2021” doirasida oʻtkazilgan tadbirlar 2022-yil 1-yanvar kuni soat 19:00da “Yoshlar” telekanali orqali toʻliq formatda efirga uzatiladi. Oʻtkazib yubormang!

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
​​Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

🔰 Qarorga koʻra, 2022-yil 1-yanvardan boshlab 35 ta yetakchi davlat oliy ta’lim muassasalariga, jumladan, quyidagi vakolatlar boʻyicha moliyaviy mustaqillik berildi:

ta’lim xizmatlari bozoridagi talabni inobatga olgan holda to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini belgilash;

talabalarning to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddatlarini belgilash va uzaytirish;

o‘z mablag‘lari hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish.

✔️Shuningdek, qaror bilan moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan kuzatuv kengashlarining 10 ta vakolati belgilab berildi.

➡️Bundan tashqari, moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalariga qator imtiyozlar berildi.

🏛Tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga ularning klinikalarida moddiy-texnik bazani mustahkamlash, shuningdek, kapital va joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun o‘zlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan zarur mablag‘lar sarflashga ruxsat berildi.

Batafsil 👉https://edu.uz/uz/news/view/3352

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
​​O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

🔘Qarorga ko‘ra, moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalariga 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab akademik va tashkiliy-boshqaruv sohalari bo‘yicha qo‘shimcha vakolatlar taqdim etiladi.

➡️Shuningdek, qaror bilan:

▪️ Vazirlar Mahkamasi, vazirlik (idora)larning bir qator vakolatlari ta’lim muassasalariga;

▪️ Vazirlar Mahkamasining oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim sohasidagi tegishli vakolatlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga o‘tkazildi.

▶️2022-yil 1-yanvardan boshlab moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida Kuzatuv kengashlari tashkil etiladi.

💻📚2022-yil yakuniga qadar yagona “Elektron kutubxona” platformasi ishga tushiriladi.

📌Oliy ta’lim muassasalarida Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi (HEMIS)ning:

📎2022-yil 1-martga qadar “O‘quv jarayonini boshqarish”, “Ilmiy jarayonni boshqarish”, “Ma’muriy jarayonni boshqarish” va “Moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarish” qismlari;

🖇2022-yil 1-mayga qadar “Ta’lim sifatini nazorat qilish” qismi joriy qilinadi.

Batafsil 👉https://edu.uz/uz/news/view/3351

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_qarorlariga_sharh

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari bilan 35 ta yetakchi davlat oliy ta’lim muassasasiga 2022-yil 1-yanvardan boshlab moliyaviy mustaqillik hamda 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab esa akademik va tashkiliy-boshqaruv sohalari bo‘yicha qo‘shimcha vakolatlar beriladi.

🎥 HD formatda ko'rish

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Комментарий_к_постановлению_Президента

В соответствии с постановлением Президента Республики Узбекистан, 35 ведущим государственным высшим образовательным учреждениям с 1 января 2022 года будет передана финансовая независимость, а с начала 2022/2023 учебного года — дополнительные полномочия по академическим и организационно-административным сферам деятельности.

🎥 Смотрите в формате HD

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Professional_taʼlim
#Hamkorlik

Germaniya bilan hamkorlikda yengil sanoat yo‘nalishida kadrlar tayyorlanadi

🔰 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi o‘rtasida shartnoma imzolandi.

✔️ Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) “O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limi tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi rahbari Mattias Klingenberg va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov o‘rtasida mazkur loyihani amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil 👉https://edu.uz/uz/news/view/3354

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube