Edu.uz
160K subscribers
20K photos
4.29K videos
233 files
12.1K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Muxammadjon Tolibovich Parpiyev Andijon davlat universiteti Pedagogika instituti direktorining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Muxammadjon Parpiyev 1989-yil Andijon viloyatida tug‘ilgan. 2012-yilda O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.

Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Jamshid Shuhratovich Shonazarov Qarshi davlat universiteti Pedagogika instituti direktorining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Jamshid Shonazarov 1981-yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 2007-yilda O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.

Falsafa fanlari nomzodi, dotsent.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Odil Jo‘rayevich Pirimov Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali direktorining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Odil Pirimov 1978-yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 2002-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutini tamomlagan.

Texnika fanlari doktori, dotsent.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Alijon Madaminovich Baboyev O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali direktorining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Alijon Baboyev 1977-yil Xorazm viloyatida tug‘ilgan. 2001-yilda Toshkent avtomobil va yo‘llar institutini tamomlagan.

Texnika fanlari nomzodi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi Madhiyasi 29 yoshda

1992-yil 10-dekabr «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun.

Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatimizda yashab turgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilishi shartligi alohida ta'kidlangan.

Davlat madhiyasining muallifi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bo‘lib, musiqasini O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov yaratgan.

O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Milliy seminar: “Oʻzbekistonda texnik ta’limning rivojlanishi”

🔰“Radisson Blu” mehmonxonasida “Xalqaro rivojlantirish assotsiatsiyasi ishtirokida oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” loyihasi doirasida “Oʻzbekistonda texnik ta’limning rivojlanishi” mavzusida milliy seminar boʻlib oʻtdi.

📌 Seminarda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi, Jahon banki, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari”, “Artel Group”, “Real Tex Tashkent” kompaniyalari, IT-park vakillari va oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etdi.

Batafsil: 👉 https://edu.uz/uz/news/view/3312

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xizmat_safari

TDTU Olmaliq filialining moddiy-texnik bazasi o‘rganildi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasi hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni amaliy o‘rganish maqsadida Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida bo‘ldi.

Filial faoliyat ko‘rsatayotgan Olmaliq shahridagi ikkita va Ohangaron shahrida joylashgan bitta bino sharoitlari o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida har ikkala shaharda joylashgan filial binolarining qish mavsumiga tayyorgarlik holati, moddiy-texnik ta’minoti chuqur tahlil qilinib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar salmog‘ini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, vazir o‘rinbosari talaba-yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazib, ularni qiynayotgan muammo va takliflarini tingladi. Shundan so‘ng muammolar yechimi hamda takliflar yuzasidan universitet rahbariyatiga kerakli ko‘rsatmalarni berdi.

👉 Batafsil

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Tayinlov

Hukumatning 2021-yil 10-dekabrdagi 746-son qarori bilan Tashkulov Akbar Djurabayevich Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi.

A. Tashkulov 1971-yilda Jizzax viloyatida tugʻilgan, ma’lumoti oliy, 1994-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yurist” faxriy unvoni sohibi.

A. Tashkulov oʻz mehnat faoliyatini 1994-1995-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.

A. Tashkulov adliya organlari tizimida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan boʻlib, 2017-yil aprel oyidan boshlab Adliya vaziri oʻrinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Milliy_seminar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Jahon banki ishtirokidagi “Oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida aholi bilan ishlash va oliy ta’limni ommalashtirish borasida keng ko‘lamli amaliy ishlar OAV nigohida

📜 Matn shaklida oʻqish: 👉 https://edu.uz/uz/news/view/3312

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Stomatologiya|#Xalqaro_kongress

🔰 Ilk bor Oʻzbekiston oliy ta’lim muassasalari orasida Toshkent davlat stomatologiya instituti dunyo tan olgan Butunjahon tibbiy ta’lim federatsiyasining (WFME Prezidenti Devid Gordonning tavsiyasi, ekspertlar xulosasi va talablari asosida) xalqaro akkreditatsiyasidan oʻtdi.

Batafsil
matn shaklida 👉 https://edu.uz/uz/news/view/3313

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qonunchilik_yangiliklari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga asosan Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti deb qayta nomlandi.

Qarorga muvofiq Universitet faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha boshqaruv kengashi tashkil etildi va universitetning moliyaviy hamda boshqa strategik masalalarini hal qilish vakolati mazkur kengashga berildi.

Boshqaruv kengashiga Bosh vazir oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov rahbarlik qiladi.

Shuningdek, universitetda Transformatsiya ofisi ham ta’sis etilmoqda.

Transformatsiya ofisi universitetni transformatsiya qilish va kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish hamda 2025-yilga qadar xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik roʻyxatga kiritish kabi masalalar uchun mas’ul boʻladi.

Shu bilan birga, Universitetga 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab akademik hamda tashkiliy-boshqaruvdagi mustaqillik sohasi bo‘yicha qator vakolatlar beriladi. Bundan tashqari, Universitet 2022-yil 1-yanvardan boshlab o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tadi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев Геология фанлари университетида яратилган шароитлар билан танишди.
Лойиҳанинг биринчи босқичида ўқув биноси, ётоқхона ҳамда 2 та илмий институт, кутубхона, геология музейи бинолари қурилди. Иккинчи босқичда лаборатория, Давлат геология қўмитаси маъмурий биноси, геология фонди ва спорт мажмуаси қурилади.
Давлатимиз раҳбари шу ерда талабалар ва олимлар билан суҳбатлашди. Қурилишни сифатли якунлаш юзасидан тегишли кўрсатмалар берилди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с условиями в Университете геологических наук.
На первом этапе здесь были построены учебный корпус, кампус и 2 научных института, библиотека, музей геологии. На втором этапе планируется построить лабораторию, административное здание Госкомгеологии, геологический фонд и спортивный комплекс.
Глава государства побеседовал со студентами и учеными. Даны поручения по качественному завершению строительства.

#Mirziyoyev #tanishuv #geologiya #universitet

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter