Edu.uz
151K subscribers
20.6K photos
4.43K videos
234 files
12.3K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#Xizmat_safari

Xorazm va Qoraqalpog‘istondagi talabalarga doir masalalar har tomonlama o‘rganildi

– Oliy o‘quv yurtlarining rahbarlari talaba-yoshlar bilan doimiy ochiq muloqotlar olib borib, ularni qiynayotgan muammo va fikrlarini tinglagan holda muammolar yechimi borasida amaliy yordam ko‘rsatib borishlari lozim.

Batafsil: 👉 https://edu.uz/uz/news/view/3292

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Saylov_2021|Rag‘bat

Saylov jarayonlariga jalb etilgan tarjimon-volontyorlar mehnati munosib ragʻbatlantirildi

Joriy yilning 24-oktabr kuni yurtimizda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xorijlik kuzatuvchi va jurnalistlarga hamrohlik qilish, tarjima ishlarida koʻmaklashish uchun biriktirilgan tarjimon-volontyorlar ham siyosiy jarayonlarning yuqori saviyada tashkil etilishida xolis xizmatlari bilan oʻz hissalarini qoʻshishdi.

Mazkur siyosiy jarayonda xorijlik mehmonlarga hamroh sifatida biriktirilgan OTM vakillari va koʻngilli tarjimonlar mehnati Hukumatimiz rahbarlari tomonidan munosib ragʻbatlantirilib, ulardan bir guruhi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligida taqdirlandi.

Batafsil: 👉 https://edu.uz/uz/news/view/3293

На руском 👉 https://edu.uz/ru/news/view/3293

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#dayjest #seminar_trening
⚡️ Respublika boʻylab yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat-maʼrifat boʻlimi boshliqlari hamda tyutorlari uchun seminar-trening tashkil etildi

Oliy taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni yanada faollashtirish va mazkur yoʻnalishdagi kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida respublikamizning turli viloyatlarida seminar-treninglar tashkil etildi.

👉 19-20-noyabr kunlari Xorazm viloyati hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi OTMlarning maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishdagi masʼullari va tyutorlari uchun seminar-trening tashkil etildi.

👉 Mazkur seminar-trening 24-25-noyabr kunlari Navoiy va Buxoro viloyatidagi OTMlar masʼullari va tyutorlari uchun boʻlib oʻtdi.

👉 29-30-noyabr kunlari esa Surxondaryo va Qashqadaryodagi oliy taʼlim muassasalari rahbariyat vakillari hamda tyutorlari uchun oʻtkazildi.

Boshqa viloyatdagi OTMlarning maʼnaviy-maʼrifiy yo'nalishdagi masʼullari va tyutorlar uchun seminar-treninglar tashkil etilishi davom etmoqda.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
“Barkamol avlod-2021”: bugun respublika final bosqichining ilk musobaqasiga start berildi

🔰 Kuni kecha “Barkamol avlod-2021” sport musobaqalarining 12 ta sport turi bo‘yicha hududiy bosqichlari o‘z yakuniga yetdi.

1–2-dekabr kunlari mamlakatimizning 14 ta mintaqasidan hududiy bosqichlarda o‘zini ko‘rsatib, respublika bosqichiga yo‘l olgan sportchilar Qoraqalpog‘istonda jam bo‘lishdi.

🗓 Bugun, 3-dekabr kuni Nukus shahrida dzyudo sport turi boʻyicha respublika final bosqichiga start berildi.

🤼 “Barkamol avlod-2021” sport musobaqalarining respublika final bosqichining dastlabki musobaqasida akademik litsey va professional taʼlim muassasalari o‘quvchi-yoshlari dzyudo bo‘yicha eng kuchli ekanliklarini isbotlash uchun kurashga kirishadi.

❗️Eslatib o‘tamiz, “Barkamol avlod-2021” dasturidan o‘rin olgan keyingi sport turi yengil atletika bo‘yicha respublika final bosqichi 10–14-dekabr kunlari Jizzax viloyatida bo‘lib o‘tadi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xalqaro_kun

3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni❗️

ℹ️ Nogironligi boʻlgan shaxslarning hayot tarzini yaxshilashga dunyo miqyosida e’tibor qaratish maqsadida BMT tomonidan 1983–1992-yillar Xalqaro nogironlar oʻn yilligi deb belgilangan edi. Mazkur oʻn yillik yakunida (1992-yilning 14-oktabr kuni) BMT Bosh Assambleyasining 37-yalpi majlisida qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq, 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni deb e’lon qilingan.

📑 Mazkur xalqaro hujjatda BMTga a’zo barcha mamlakatlarga imkoniyati cheklangan shaxslarning toʻlaqonli hayot kechirishi, ishlashi, ta’lim olishi va salomatligini tiklashi uchun muntazam tarzda zarur shart-sharoitlar yaratib berish, mazkur kunni keng miqyosda nishonlash tavsiya etilgan.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
O‘ZBEKISTONDA ERASMUS+ AXBOROT KUNI BO‘LIB O‘TDI

Ushbu axborot tadbirida 44 ta oliy ta’lim muassasalaridan 100 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Shuningdek, respublikamizda oliy ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar, xalqaro tashkilotlar hamda Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning Toshkentdagi elchixonalari vakillari ishtirok etdi.

Batafsil: 👉 https://edu.uz/uz/news/view/3295

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube