Edu.uz
138K subscribers
22.2K photos
4.79K videos
232 files
12.8K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#Ta’lim_forumi

Forum davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish borasida qator hujjatlar, xususan, birgalikda kadrlar tayyorlash, ta'lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha yangi istiqbolli loyihalarni yo‘lga qo‘yishga oid idoralararo va oliy ta'lim muassasalariaro bitim va memorandumlar imzolandi.

🔹🔸🔹

В ходе Форума подписан ряд межведомственных и межвузовских документов по дальнейшему расширению двустороннего сотрудничества, в том числе соглашения и меморандумы об активизации взаимодействия в сфере совместной подготовки кадров, о реализации новых перспективных образовательных и научных проектов.

🔗
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️Sportsevar yoshlar uchun “Barkamol avlod” sport musobaqalari davom etmoqda

🔰Akademik litsey va professional ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlarini jismoniy yetuk va axloqan barkamol shaxs sifatida tarbiyalash hamda ommaviy sport o‘yinlarini zamon talablari darajasida rivojlantirish, milliy sport turlariga yoshlarning qiziqishi va e’tiborini yanada oshirish, o‘quvchilarning darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri va mazmunli tashkil etish, ular o'rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ'ib qilish maqsadida anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Barkamol avlod – 2021”ning har bir kuni turli sport musobaqalariga boy o‘tmoqda.

Sport musobaqalarining:

➡️hududiy saralash bosqichi – 6–30-noyabr kunlari;

➡️respublika final bosqichi – 1-dekabr–2022-yil 28-mart kunlari o‘tkaziladi.

🏆Respublika final bosqichlarida mutlaq g‘olib va sovrindor bo‘lgan terma jamoalar "Prezident sovg‘asi" bilan taqdirlanadi.

Keling, sport musobaqalarini birgalikda munosib o‘tkazamiz!

🔗 Telegram|Instagram|Facebook|YouTube
#Qabul_2021 | #Professional_taʼlim

⚡️ Kollej va texnikumlarga kirish imtihonlarining to‘rtinchi kun natijalari e’lon qilindi

2021-yil 15-noyabr kuni kollej va texnikumlarga KUNDUZGI taʼlim shaklida oʻqishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 15-noyabr kuni test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini ruxsatnoma.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.

🔚 Eslatib oʻtamiz, kirish test imtihonlari DTM tomonidan 17-noyabrga qadar 2 smenada amalga oshiriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔰 Ikkinchi Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumi tafsilotlari

🎥 HD formatda koʻrish: 👉 https://youtu.be/TLRsHZZhW_U

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔰 Подробности Второго российско-узбекского образовательного форума

🎥 Смотрите в формате HD: 👉 https://youtu.be/RSN-x1owRjg

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ta’lim_forumi

Moskva davlat universitetida o‘tkazilgan Ikkinchi Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumining birinchi kun yakunlari bo‘yicha tafsilotlar Rossiyaning "SPUTNIK" axborot agentligi nigohida.

🔗
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Milliy_bayrogʻimiz
🇺🇿3️⃣0️⃣🇺🇿yoshda

18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan kun!

🏛 Andijon davlat tibbiyot institutining iqtidorli talabalaridan

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Tayinlov

Toshkent davlat pedagogika universitetiga yangi rektor tayinlandi

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-noyabrdagi qaroriga ko‘ra, Kirgizboyev Abdugappor Karimjonovich Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining rektori etib tayinlandi.

Shu kunga qadar Kirgizboyev Abdugappor Karimjonovich O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilni rivojlantirish departamenti mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Talaba_minbari

TOP darajadagi talaba bo‘lish uchun nima qilish zarur?

❇️ "TOP darajadagi talaba bo‘lish turli sohalarda o‘z ko‘nikmalarini takomillashtirish maqsadida doimiy ravishda o‘z ustida ishlashni anglatadi. Bunday takomillashtirish faqatgina talabalar o‘rtasida raqobat muhiti mavjud bo‘lganida, hosil bo‘ladi. Raqobat esa talabaning ko‘rsatkichlarini faqat va yana faqat yaxshilashga xizmat qiladi. TOP darajadagi talaba yuqori ball orqasidan quvmaydi. Uning motivatsiyasi ko‘proq sifatli bilim olishga qaratilgan.

✳️ TOP darajadagi talaba bo‘lish uchun kundalik vazifalarni oqilona taqsimlagan holda hayotda toֲ‘g‘ri ustuvorliklarni belgilash lozim. Qisqa, o‘rta va uzoq muddatli maqsadlarni ajrata bilish kerak. Talaba shu vazifalarni qay darajada taqsimlashi, bu uning keyingi rivojlanishiga bevosita ta'sir qiladi.

Vanihoyat, TOP darajadagi talaba bo‘lish ulkan mas'uliyatni anglatadi, chunki bu talaba boshqalarni ham ilhomlantirish qobiliyatiga ega. TOP darajadagi talaba har tomonlama rivojlangan, xarizmatik va talaba salohiyatini rivojlantirishda tajribaga ega bo'lishi muhimdir".

💬 Fazliddin Djamalov, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakulteti 3-bosqich talabasi, Universitet Talabalar kengashi lideri, Xalqaro siyosatshunos-talabalar assotsiatsiyasida O‘zbekiston koordinatori, Rossiya siyosatshunoslik assotsiatsiyasi Yosh siyosatshunoslar Kengashi a’zosi, Xalqaro siyosatshunoslik assotsiatsiyasida “Global Janub” talabalari a’zosi.

🔸🔹🔸

Что нужно делать, чтобы быть TOP-студентом?

❇️ "Быть TOP-студентом (“topper student”) студентом означает постоянную работу над самим собой для того, чтобы совершенствовать свои навыки в различных сферах. Такое совершенствование создается только тогда, когда есть конкуренция в студенческой среде. А конкуренция приводит к улучшению показателей студента. Но TOP-студент не бегает за высокими баллами; он больше мотивирован демонстрировать качество знаний.

✳️ Чтобы быть TOP-студентом, нужно также ставить правильные приоритеты, разумно распределяя повседневные задачи. Нужно уметь различать между краткосрочными, среднесрочными и долгосрочными целями. На каком уровне студент распределит эти задачи, это и отразится на его дальнейшем прогрессе.

И наконец, быть TOP-студентом означает большую ответственность, так как этот студент способен вдохновлять других. Действительно важно, чтобы TOP-студент был всесторонне развитым, харизматичным и имел большой опыт в развитии студенческого потенциала".

💬 Фазлиддин Джамалов
, студент 3-курса факультета «Международные отношения» Университета мировой экономики и дипломатии, лидер Совета студентов университета, координатор Узбекистана в Международной Ассоциации студентов-политологов, член Совета молодых политологов Российской ассоциации политической науки, член студентов “Глобального Юга” Международной ассоциации политической науки.

🔗
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
“StudentHack 2021” musobaqasi g‘olibi aniqlandi!

Toshkent shahridagi Amity universiteti hududida “BePro IT Academy” va Toshkent shahridagi Amity universiteti hamkorligida tashabbuskor yoshlar orasida “StudentHack 2021” xakaton musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada talabalar yakka holda va jamoa tuzgan holda ishtirok etishdi. 3 kun davomida 38 jamoa 48 soat davomida gʻoyalar ustida ishlab, ularni taqdim etishdi.

Homiylar tomonidan g‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi Xususan:

1-o‘rin
— Dubayga sayohatni TATU talabalaridan iborat “DOT NET” jamoasi yutib oldi;
2-o‘rin — Noutbuklar Inha universiteti talabalaridan iborat “SENIORS” jamoasiga nasib etdi;
3-o‘rin — Amity universiteti talabalaridan iborat Smartfonlar “CYBERMEN” jamoasiga taqdim etildi.

StudentHack 2021 musobaqasi talabalarni qo‘llab-quvvatlash, IT loyihalar ustida ishlash, malakali mutaxassislar bilan chuqur aloqa o‘rnatish va bilim almashish maqsadida kelgusida talabalar faoliyatini boshlashi uchun imkoniyatlar yaratadi.
__
👉@eduuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Milliy_bayrogʻimiz
🇺🇿3️⃣0️⃣🇺🇿yoshda


18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan kun!

– Bayroqda da'vatkor kuch bor. Urush sharoitida ham, tinchilik sharoitida ham undan foydalanishgan. U chinakam ma'noda da'vat etuvchi, muayyan g‘oya sari ilhomlantiruvchi kuchga ega. U xalq va elning birligini, ayni paytda uni yuksak maqsadlar sari intilishini bildiruvchi ramzlardan biri.

Rahimboy Jumaniyozov, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti dotsenti, Axborot xizmati rahbari

🔗
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube