Edu.uz
138K subscribers
22.2K photos
4.78K videos
232 files
12.8K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

— Biz oʻylagan edikki, koʻplab investorlarni Oʻzbekistonga jalb qilsak, tadbirkorlarimiz bilan birgalikda ularni qoʻshib, qoʻshma korxonalarni tez ishga tushirib yuboramiz deb oʻylagan edik. Lekin rejalarimiz unday boʻlib chiqmadi...

Hindiston, Ispaniya hamda Fors koʻrfazidan kelgan yirik investorlar ishtirokida “Globallashuv sharoitida Oʻzbekiston iqtisodiyotiga bevosita xorijiy investitsiyalarni jalb qilib, biznes muhitini yaxshilash” mavzusida yigʻilish oʻtkazildi.
___
👉 Eduuzdan yiroqlashmang!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Nobel_Fest_III

Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari olimlari va talabalari uchun Nobel Fest III festivali o‘tkazilmoqda

Tinchlik va taraqqiyot uchun Butunjahon ilm-fan kuni arafasida shu kunlarda Toshkent, Nur-Sulton va Bokuda “Kelajak yoningizda” nomli Nobel Fest III ilmiy-maʼrifiy festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Toshkent shahridagi studiyada o‘tkazilgan festivalning ochilish marosimida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov tabrik so‘zi bilan ishtirok etdi.

"Dunyoga taniqli olimlar va ekspertlar fikriga ko‘ra, Nobel festivalining uzoq muddatda o’tkazilishi mintaqada ilm-fanni rivojlantirishga xizmat qiladi va yosh olimlarni yangi ixtirolarga ilhomlantiradi", – dedi Komiljon Karimov.

4 kun davomida jahon ekspertlari va Nobel mukofoti laureatlari Markaziy Osiyo hamda Kavkaz mamlakatlari olimlari, talabalarining muhokama va ma’ruzalarini tinglash mumkin bo‘ladi.

Festival onlayn translyatsiyasi uchun roʻyxatdan oʻtishga ulgurib qoling.
___
👉 Eduuzdan yiroqlashmang!
Turk dunyosi universitetlari ittifoqiga O‘zbekistonning 4 ta oliy ta’lim muassasasi a’zo bo‘ldi

Qozog‘istonning Turkiston shahrida joylashgan Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universitetida Turkiy kengash Turk dunyosi universitetlari ittifoqining V Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda Qozog‘iston, Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Vengriyadagi 32 ta oliy o‘quv maskani rektorlari, olimlar va talabalar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari, diplomatlar, ekspertlar, jamoat va madaniyat arboblari ishtirok etdi.

Anjumanda "O‘rxon" mobillik dasturi masalalari va uni rivojlantirish bo‘yicha aniq qadamlar muhokama qilindi. A’zo universitetlar tomonidan dastur doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida hisobot berildi. Bundan tashqari, 2021–2022-yillarga mo‘ljallangan "Yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

V Bosh Assambleyada Turk dunyosi universitetlari ittifoqiga bir qator universitetlar a’zo bo‘ldi. Jumladan, O‘zbekistondan – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Qo‘qon universiteti.

Eslatib o‘tamiz, Turk dunyosi universitetlari ittifoqi kengashi 2013-yilda tashkil etilgan. Hozirda Ittifoqning Qozog‘iston, Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Vengriyadan 40 dan ortiq a’zosi bor.
___
👉 Eduuzdan yiroqlashmang!
#Vazir_qabuli

Vazirning navbatdagi qabuli: fuqarolarning muammolari tizimli hal qilinmoqda
🔰Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovning fuqarolar murojaatlari bo‘yicha navbatdagi qabuli tashkil etildi. Unda o‘quvchilar, abituriyentlar, talabalar hamda ularning yaqinlari professional ta’lim, xorijiy va respublika oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish, tabaqalashtirilgan kontrakt asosida o‘qishga kirish, ta’lim krediti va boshqa masalalar yuzasidan vazirga murojaat qildilar.

➡️Qabul davomida vazir tomonidan fuqarolarning har bir murojaati tegishli boshqarma rahbarlari va masalaga daxldor mas’ullar ishtirokida tahlil qilgan holda huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.

Qabulda 50 ga yaqin fuqaro ishtirok etib, 31 ta murojaat kelib tushdi. Shundan, 4 ta murojaat joyida hal etilgan holda qanoatlantirildi, 20 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan 7 ta murojaat nazoratga olindi.

💠Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

☝️Shu o‘rinda, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibini eslatib o‘tmoqchimiz.

✔️Ro‘yxatga olingan murojaatlar qo‘shimcha o‘rganishlar talab etilmasa, kelib tushgan kundan boshlab 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Qo‘shimcha o‘rganishlar talab etilsa, murojaatlar kelib tushgan kundan boshlab 1 oygacha ko‘rib chiqilishi mumkin.

📤Murojaatlarning ko‘rib chiqilishi natijasi bo‘yicha ariza beruvchiga yozma yoki elektron shaklda ma’lumot beriladi.

📞Bundan tashqari, shikoyat va takliflarni 1006 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali qo‘ng‘iroq qilib, qoldirishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Ogoh_bo'ling

“Ayyor” gazdan ehtiyot boʻling!

Ma’lumki, har yili kuz-qish mavsumida fuqarolarning oʻz xonadonlaridagi isitish moslamalaridan notoʻgʻri foydalanishi, xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasligi oqibatida yurtimizda aholi oʻrtasida is gazidan zaharlanish holatlari sodir boʻladi. Eng yomoni, buning oqibatida oʻnlab insonlar vafot etadi.

Shu oʻrinda savol tugʻiladi: xoʻsh, is gazi oʻzi nima? U qanday hosil boʻladi? Is gazidan zaharlanganda insonda qanday belgilar kuzatiladi?

SSV Matbuot xizmati va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktori Doniyor ALIMOV intervyusini o‘qing.

👉https://edu.uz/uz/news/view/3144
___
👉 Eduuzdan yiroqlashmang!
#Eduuz_tavsiya_qiladi

🔰 Bugun kundalik hayotimiz va kasbiy faoliyatimizda eng ko’p qoʻllaniladigan iboralardan biri – bu “kreativ fikrlash”dir.

Ya’ni, muammolarni yechishda yangi usullar va noan’anaviy yondashuvlardan foydalanish.

💠 Shular qatorida “qobigʻidan chiqish” degan ibora ham bor. U ingliz tilida “thinking outside the box” iborasiga toʻgʻri keladi.

✳️ Agar Tomas Edison “qobigʻidan” chiqib fikrlamaganida, u balki elektr lampasini kashf qilmagan boʻlar edi. Agar A nuqtadan B nuqtaga an’anaviy usulda fikrlab bora olmayotgan boʻlsangiz, “qobigʻingizdan chiqib” firklab koʻring.

“Qobiq” ichida dunyo tor va muammolarga toʻla koʻrinadi.

🔆 “Qobiqdan” tashqarida esa dunyo keng va yangi imkoniyatlarga boy koʻrinadi.

👉 @eduuz
​​#E'lon

⚡️Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga kirishda tarix oʻrniga huquqiy fanlardan test topshirish amaliyoti joriy etiladi

🔰Bugungi kunda Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga kirishda abituriyentlar 2 ta boʻlimdan iborat 5 ta fan majmuasidan test sinovlari topshiradi.

▶️Bunda:

✔️1-boʻlimda barcha yoʻnalishlar uchun majburiy 3 ta fanona tili (oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va oʻzbekiston tarixi;

✔️2-boʻlimda 2 ta fantarix va chet tili fanlari jamlangan.

TDYU Kengashi 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab mutaxassislik blokidagi tarix fani oʻrniga huquqiy fanlarni kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

❗️Ya’ni bu yangilik keyingi yildan emas, balki 2-yildan keyin joriy qilinadi.

☝️Yanada aniqroq qilib aytganda, hozir maktabda 11-sinfda oʻqiyotganlar keyingi yil imtihonda tarixdan test topshiradi, hozir 10-sinfda oʻqiyotganlar esa 2023-yilgi testda tarix oʻrniga huquqiy fanlardan test topshiradi.

🔄Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda umumtaʼlim maktablarida 4 yil davomida yuqori sinflarda Davlat va huquq asoslari hamda Konstitutsiyaviy huquq asoslari fanlari oʻqitib kelinmoqda. Test savollari ushbu maktab darsliklari asosida tuziladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
FOYDALI: Eduuz tavsiya qiladi

⚡️ Ayni daqiqalarda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev oʻzining Telegram kanali orqali “Talabaga madad” loyihasi boʻyicha ovozli suhbat oʻtkazmoqda.

Ushbu loyiha orqali 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichi kunduzgi, sirtqi, kechki va maxsus-sirtqi ta’lim shaklida hamda magistratura bosqichida tahsil oladigan talaba-yoshlarning toʻlov-kontrakti miqdorining 50 foizgacha miqdorini toʻlab berish maqsad qilingan.

Loyiha haqida batafsil maʼlumot olish uchun ovozli chatda ishtirok etishni tavsiya etamiz.

Ishtirok etish uchun havola https://t.iss.one/alisher_sadullaev?voicechat
_____
👉 @eduuz
#free_time
#yangi_loyiha

Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalaridan yangi loyiha

Free time | Nega yangi dizayndagi pullar kerak? | 1-son

Ushbu sonda Siz:
📌Yangi dizayndagi pullarning chop etilish sababi;
📌Xitoy qaroqchilarining qogʻoz pullarga qanday aloqasi borligi;
📌Inflyatsiyaning kelib chiqishi
kaʼbi maʼlumotlarni bilib olasiz!

Keyingi sonlarda qanday mavzularni olib chiqishlarini istashingiz haqidagi fikr va mulohazalaringizni quyida yozib qoldiring!

👉 @lideryosh
____
👉 Eduuzdan yiroqlashmang!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Yangiliklar 24 | Toshkent davlat texnika universitetida taʼlim krediti ajratishning yangi tartibiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Ma’lumot o‘rnida, hukumat qarori (527-son, 18.08.2021-y.) bilan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.

📌 Nizomga ko‘ra, ta’lim kreditlari OTMning kunduzgi ta’lim shaklida bakalavriat va magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan, shuningdek, o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarga 7 yil muddatga beriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qonunchilik_yangiliklari

“Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetining Toshkent filiali tashkil etiladi

Prezident qarori (PQ–5270-son, 30.10.2021 y.) bilan “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti etib qayta nomlandi.

Universitet Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlarning turizm, madaniy merosni boshqarish va muzeyshunoslik sohalarida kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy taʼlim muassasasi hamda ushbu sohalarni ilmiy va innovatsion tadqiq etish boʻyicha ilmiy muassasaga aylantirildi.

Shuningdek, Toshkent turizm va servis kolleji negizida Universitetning Toshkent filiali tashkil etiladi.

👉 Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/3151

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Professional_ta’lim

Professional ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi istiqbollar

Hozirgi kunda yangi professional ta’lim tizimida 339 ta kasb-hunar maktabi, 161 ta kollej va 214 ta texnikumlarda kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlari tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.

Ushbu tizim mehnat bozorida zarur bo‘layotgan 400 dan ortiq kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda 12,0 mingdan ortiq kasblar va lavozimlar mavjud. Ularning 2,8 ming (23%)tasiga ma’lumot talab etilmaydi yoki qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qish yetarli bo‘ladi. 2,5 mingga yaqin (20%) kasblar va lavozimlarda bevosita oliy ta’limda tahsil olganlar va yuqori malakali kadrlar ishlashi mumkin.

👉 Batafsil: https://youtu.be/CQI3HnZV5DA

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🏐Namangan muhandislik-qurilish instituti sport majmuasida voleybol boʻyicha qizlar oʻrtasida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo chempionati yakuniga yetdi

🏆Turnirning final bahsida Oʻzbekiston va Qozogʻiston terma jamoalari roʻbaroʻ keldi. Besh taym davom etgan va oxirgi daqiqalarga qadar gʻolibni aniqlashning imkoni boʻlmagan mashaqqatli, ammo qiziqarli kechgan bellashuv oʻzbekistonlik sportchi qizlarning irodali g‘alabasi bilan yakunlandi.

🎆Chempionatning yopilish marosimida viloyat hokimining oʻrinbosari Botir Nuriddinov, Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi boshligʻi Sobitxon Mirzayev, Markaziy Osiyo va Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi masʼullari, xorijlik kuzatuvchilar ishtirok etdi.

🏅Ular gʻolib va sovrindorlarga medal va diplomlarni topshirishdi.

🤝Turnir tashkilotchilari NMQI sport majmuasida mintaqa chempionatini oʻtkazish uchun yaratilgan imkoniyatlarni yuqori baholashdi va mutasaddilarga oʻz minnatdorliklarini bildirishdi.

💐Sportchi qizlarni irodali g‘alaba bilan samimiy qutlaymiz!
_
👉 @eduuz