Edu.uz
137K subscribers
22.4K photos
4.82K videos
232 files
12.8K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#Ochiq_muloqot

Vazir oʻrinbosari va doktorantlar: ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv

🔰Oʻzbekiston milliy universitetida Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri oʻrinbosari Raximjon Xakimovning mazkur universitet doktorantlari bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

➡️Uchrashuvda oliy ta’lim muassasasida oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimining joriy holati, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

📌 Uchrashuv davomida oliy ta’lim muassasasining doktorantlari oʻz fikr-mulohazalarini ochiq bayon etishdi va mavjud muammolar haqida toʻxtalib, oʻz takliflarini bildirishdi.

Vazir oʻrinbosari R.Xakimov respublikamizda kechayotgan ijobiy oʻzgarishlar, hukumat tomonidan ilm-fan, yosh olimlar va ularning faoliyatiga qaratilayotgan e’tibor, ta’lim tizimidagi mavjud muammolar va ularning yechimlari masalalari yuzasidan toʻxtalib oʻtdi.

Batafsil 👈

👀 Eduuzdan yiroqlashmang!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajaging_uchun_ovoz_ber!

Kelajak avlod va farovon hayot uchun ovoz bering!

🇺🇿Toshkent shahridagi ADJU universiteti o‘qituvchi va talabalaridan

24 |✔️| O'ZBEKISTON
OKTABR PREZIDENTI
2021-YIL SAYLOVI

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Saylov_2021
#Saylov_bilimdoni

🔰Xabaringiz bor, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tashabbusi bilan “Saylov bilimdoni” onlayn test tanlovi e'lon qilingan edi.

Hozirda tanlovning birinchi bosqichi o‘z yakuniga yetib, ikkinchi bosqichiga start berilish arafasida.

Tanlovning ikkinchi bosqichiga o‘tgan yoki o‘tmaganni qanday bilish mumkin?

⚡️Tanlovning birinchi bosqichida ishtirok etgan talabalar oʻzlarining shaxsiy identifikatsiya raqamlari orqali sb.bimm.uz tizimiga kirgan holda ikkinchi bosqichga oʻtgan yoki oʻtmaganliklarini, shuningdek, agar ikkinchi bosqichga tavsiya etilgan boʻlsalar, 2-bosqich test sinovlarini qachon va qayerda topshirishlarini ham bilib olishlari mumkin.

🤝 Keyingi bosqichga yo‘llanma olgan tanlov ishtirokchilariga omad tilab qolamiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Saylov_2021
#Targ‘ibot_poyezdi

🚄
"TARG'IBOT POYEZDI" BARCHA HUDUDLARGA YETIB BORDI VA FAOLIYATINI BOSHLADI

🔰 Talaba-yoshlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, ularni siyosiy jarayonlarga faol jalb etish maqsadida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tashabbusi bilan “Saylov–2021: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida yo‘lga qo‘yilgan "Targ'ibot poyezdi" loyihasi doirasida kuni kecha Toshkent shahridan yo‘lga chiqqan poyezd barcha hududlarga yetib bordi.

▶️"Targ'ibot poyezdi" loyihasining malakali professor-o‘qituvchilar boshchiligidagi iqtidorli talabalardan iborat targֲ‘ibot guruhlari 14 ta hududdagi oliy ta’lim muassasalari mas’ul rahbarlari tomonidan munosib kutib olindi.

Bugun erta tongdan targֲ‘ibot guruhlari joylardagi o‘z "missiya"larini amalga oshirishni boshlashdi.

Xususan, loyihaning ilk kunida barcha oliygohlarda talabalar ishtirokida seminar va ochiq muloqotlar tashkil qilinib, yoshlarga saylov tizimining bugungi kundagi ahamiyati, saylov yangiliklari, unga kiritilgan oʻzgarishlar, saylov to‘g‘risidagi kodeksning mazmun-mohiyati haqida atroflicha tushunchalar berildi.

➡️Mazkur tadbirlar saylov targ'ibotchilari va talabalar o'rtasida savol-javoblar, qizg'in munozarlarga boy o‘tmoqda. Ayniqsa, bu yil ilk bor saylovda qatnashadigan talaba-yoshlar faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishmoqda.

✔️Maqsad bitta: talaba-yoshlarning muhim siyosiy jarayonda faolligini oshirishdir.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Saylov_2021
#Targ‘ibot_poyezdi

"Targ'ibot poyezdi" loyihasi doirasidagi tadbirlardan fotolavhalar
#Saylov_2021
#Maqola

Saylovda adolat tamoyillarini taʼminlash eng ustuvor vazifa

— Saylov tamoyillarining eng muhim mezonlari bor. Umumiy tenglik, erkinlik, ochiqlik va shaffoflikning taʼminlanishi shular jumlasidan. Binobarin, saylovlar jamiyat hayotidagi tarixiy voqelik hisoblanib, saylovchilar oʻzi munosib deb bilgan nomzodga ovoz berish orqali mamlakat taqdiriga daxldor jarayonda bevosita ishtirok etadi.

Farg'ona politexnika instituti rektori,
O'ktam Salomov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajaging_uchun_ovoz_ber!

🏛
Toshkent shahridagi Yeoju texnika instituti talabalaridan

24 |✔️| O'ZBEKISTON
OKTABR PREZIDENTI
2021-YIL SAYLOVI

👀 Eduuzdan yiroqlashmang!
#Nostrifikatsiya

⚡️Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha navbatdagi test sinovlari oʻtkaziladigan kunlar maʼlum qilindi

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida (Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Nurxon koʻchasi, 21-uy ) 2021-yil 19–22-oktabr kunlari sohalar boʻyicha test sinovlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Test sinovlari oʻtkaziladigan sana va test sinovida ishtirok etuvchilar roʻyxati bilan quyida tanishishingiz mumkin.

👉Huquqshunoslik
👉Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot
👉Iqtisodiyot
👉Qishloq xoʻjaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish
👉Pedagogika fanlari

OGOH BO‘LING:

Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish uchun belgilangan test sinovlariga oʻz vaqtida kelmagan, test sinovida ishtirok etuvchilar roʻyxatida mavjud boʻlmagan talabgorlar hamda tibbiy niqobi boʻlmaganlarga sinovlarga kirishga ruxsat etilmaydi.

👉 Eduuz
​​#Qabul_2021

🏛O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Toshkent shahrida S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya kinematografiya davlat instituti filiali faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi.

🔰Mazkur filial 2021/2022-oʻquv yili uchun bakalavriatura ta’lim yoʻnalishiga quyidagi mutaxassisliklar boʻyicha talabalarni oʻqishga qabul qilishni e’lon qiladi:

✔️«Prodyuserlik» (Kino va televideniye prodyuseri) — 15 ta o‘rin

Ta’lim shakli:
kunduzgi (oʻqish muddati – 5-yil);
sirtqi (oʻqish muddati – 5-yil 6 oy).

✔️«Dramaturgiya» — 15 ta o‘rin

Ta’lim shakli:
kunduzgi (oʻqish muddati – 4-yil);
sirtqi (oʻqish muddati – 5-yil).

📋Ta’lim jarayoni Kinematografiya agentligi bilan kelishgan holda BDKI tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv reja va dasturlar asosida rus tilida olib boriladi.

📝Bitiruvchilarga O‘zbekistonda oliy ma’lumot sifatida tan olinadigan Rossiya Federatsiyasi davlat namunasidagi BDKI diplomi beriladi.

📱Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun:
telegram bot 👉 @VGIKuz
telefon 👉 99-363-92-57

〰️〰️〰️

🏛Соответствующим постановлением Президента Узбекистана был создан Филиал Всероссийского государственного института кинематографии имени С.Герасимова (ВГИК) в Ташкенте.

🔰Объявляется набор студентов на 2021/22 учебный год в данный вуз по следующим специальностям (направлениям подготовки):

✔️«Продюсерство» (Продюсер кино и телевидения)

Форма обучения:
Очная (срок обучения – 5 лет)
Заочная (срок обучения – 5 лет 6 месяцев)

✔️«Драматургия»

Форма обучения:
Очная (срок обучения – 4 года)
Заочная (срок обучения – 5 лет)

📋Учебный процесс ведется на русском языке на основе учебных планов и программ, утвержденных ВГИК по согласованию с Агентством кинематографии.

📝Выпускникам будет вручен диплом ВГИК образца Российской Федерации, который будет признаваться в Узбекистане документом о высшем образованием.

План приема:
«Продюсерство» — 15 мест
«Драматургия» — 15 мест

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yosh_saylovchi_viktorinasi

🔸Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida "Saylov-2021. Yosh saylovchi" viktorinasi oʻtkazildi.

👀 Eduuzdan yiroqlashmang!
Ilmiy-amaliy seminar: Qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimini takomillashtirishning ilmiy-tashkiliy omillari

🔰Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish institutida “Qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimini takomillashtirishning ilmiy-tashkiliy omillari” mavzusida onlayn ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda professional ta’lim tizimida «Hayot davomida ta’lim olish» tamoyili asosida uzluksiz qayta tayyorlash va malaka oshirishining turli shakllarini samarali qo‘llash, innovatsion texnologiyalar asosida har bir tinglovchiga individual yondashish, kadrlarning ta’limiy ehtiyojlarini qondirish kabi yo‘nalishlarda ilg‘or xorijiy davlatlarning tajribalarini o‘rganish natijalari muhokama qilindi.

➡️Anjumanda 1800 nafarga yaqin tasarrufida professional ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar vakillari, qayta tayyorlash va malaka oshirishga ixtisoslashgan markazlar xodimlari ishtirok etdi.

👉 Eduuz