Edu.uz
157K subscribers
20.3K photos
4.35K videos
234 files
12.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#Qonunchilik_yangiliklari

❗️Talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etishga ruxsat etildi

“Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (563-son, 09.09.2021-y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga koʻra, talabalar turar joylari davlat-xususiy sheriklik asosida quyidagi shakllarda barpo etiladi:

loyihalarni tadbirkorning oʻz mablagʻidan kelishiladigan shartlar asosida moliyalashtirish;
loyihalarni tadbirkor va Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan aralash moliyalashtirish (kamida 200 oʻrinli turar joyni barpo etish uchun);
loyihalarni tadbirkorning toʻliq oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish (kamida 400 oʻrinli turar joyni barpo etish sharti bilan).

Turar joylarni qurish uchun viloyat hokimlari tomonidan OTMga 0,5 gektargacha yer unga yaqin joylardan ajratiladi.

Tadbirkorga tegishli yer yoki binoda kamida 50 oʻrinli turar joy tashkil etish tizimi joriy etiladi.

💰 Bunda, toʻlov OTM bilan kelishiladi hamda u yerda yashagan har bir talaba uchun tadbirkorga bir oʻquv yili uchun Toshkent shahrida BHMning 10 baravari, boshqa hududlarda esa 5 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi.

☑️ OTMning oshxona va bufetlarini olgan tadbirkorlarga davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari qoʻllaniladi.

Bunda, tadbirkorlar talabalar uchun sifatli oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar tayyorlash hamda ularni arzon narxlarda sotish majburiyatini oladi.

📌 2021-yil 1-sentabrdan talabalar bilan ishlash boʻyicha “guruh murabbiyi” instituti bekor qilindi hamda oʻrniga 1–3-kurs talabalari uchun muammolarni bartaraf etishda yaqindan yordam koʻrsatuvchi tyutorlarni biriktirish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi.

💼 Har 120–150 nafar talabaga 1 ta shtat birligi hisobida “Tyutor” lavozimi kiritiladi.

Qarorga koʻra, respublika boʻyicha jami 228 ta talabalar turar joylari (400 oʻrinli) barpo etiladi. Shundan hududlarda 2022-yilda 47 ta, 2023-yilda 67 ta, 2024-yilda 62 ta, 2025-yilda 52 ta talabalar turar joylarining qurilishi belgilangan.
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Shavkat Mirziyoyev taqdim etayotgan Yangi O‘zbekiston strategiyasida oliy ta’lim tizimidagi vazifalardan

________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tokio shahridagi yozgi Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Ma'lumot o‘rnida, Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston vakillari orasida OTM talabalari va bitiruvchilari ham ishtirok etib, 4 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan holda terma jamoamizning g‘alabalariga munosib hissa qo‘shishdi.
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Talabaga_yengillik

Talabalar va ularning ota-onalari diqqatiga!

Hukumat qarori bilan talabalarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi belgilangan edi.

Ipoteka banki talabalarga imtiyozli taʼlim kreditini ajratish boʻyicha oʻz xizmatlarini taklif qilmoqda.

🎥 Batafsil videolavhada 👆

➡️ Ta’lim krediti ajratadigan tijorat banklari ro‘yxati
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Rossiyaning “Бюджет” jurnali O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi bilan hamkorlikda mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekiston” nomli maxsus sonini nashr etdi.

Unda O‘zbekiston hukumati vakillari so‘nggi 5 yilda mamlakatimizning turli sohalardagi yutuqlari xususida o‘z mulohazalarini bildirishgan. Xususan, jurnalda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovning “Oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik” nomli maqolasi chop etildi.
_____
Российский журнал «Бюджет» совместно с Посольством Республики Узбекистан в Российской Федерации выпустил специальный под названием «Новый Узбекистан», посвященный 30-летию независимости нашей страны.

В нем рассказывается о достижениях современного Узбекистана в различных сферах жизни за последние годы. В журнале была опубликована статья Министра высшего и среднего специального образования Абдукодира Тошкулова на тему «Международное сотрудничество в сфере высшего образования».

📰 Читать статью
_
👉@eduuz
Tokio shahrida boʻlib oʻtgan XVI yozgi Paralimpiya oʻyinlarida yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida

О награждении группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов на ХVI летних Паралимпийских играх в городе Токио

©️Shavkat Mirziyoyev_press-service

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangiliklar 24 | Bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha talabaning bir yillik o‘qish toʻlov-kontrakti miqdorlari tasdiqlandi

👉
Kontrakt miqdorlari
👉 Kontrakt miqdorlarining taqqoslama jadvali
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qonunchilik_yangiliklari

Talabalarni turar joy bilan qamrab olish mexanizmi takommillashtiriladi

Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Axborot xizmati rahbari Sardor Usmanov va Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadritdin Turabdjanovlar sharh berdi.
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga 43 kun qoldi.
—————
До выборов Президента Республики Узбекистан осталось 43 дня.

👉🏻Telegram - Facebook - Instagram - You Tube - Twitter - Портал
Shavkat Mirziyoyev taqdim etayotgan Yangi O‘zbekiston strategiyasida oliy ta’lim tizimidagi vazifalardan

________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Professional_taʼlim

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida professional ta’limni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

▪️Ushbu maslahatchi professional ta’limni rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani mustahkamlashda bevosita ishtirok etadi va xalqaro moliya institutlari bilan o‘zaro hamkorlik samaradorligini oshirish yo‘nalishlarida ham faoliyat ko‘rsatadi.

🤝Hamkor tashkilot Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ).

👉 Batafsil
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube