Edu.uz
130K subscribers
30K photos
6.03K videos
263 files
15.3K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
[email protected]

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Yana bir guruh o‘zbek mutaxassislari kasbiy ta’lim hamkorligi doirasida Xitoyda malaka oshirmoqda

Xitoyning Chongqing shahridagi “Three Gorges” tibbiyot kolleji taklifiga binoan 2025-yil 8–22-dekabr kunlari tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro chuqurlashtirilgan malaka oshirish dasturi doirasida maxsus seminar-kurslar tashkil etilmoqda.

Mazkur malaka oshirish dasturida ishtirok etish uchun O‘zbekistonning Andijon, Sirdaryo, Namangan, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahridagi tibbiyot yo‘nalishidagi texnikumlardan 16 nafar malakali mutaxassis saralandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/109543

#kasbiy_taʼlim #malaka_oshirish

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
7👍3🤔2
Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari kuni munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev soha vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuv davomida agrar sohada malakali kadrlar tayyorlash, yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga to‘xtalinib, Toshkent davlat agrar universitetida dual ta’limni kengaytirish va amaliyot samaradorligini oshirish bo‘yicha vazifalari belgilab berildi.

Mazkur yo‘nalish doirasida universitetning 180 nafar talabasini ilg‘or klasterlar va fermer xo‘jaliklarida amaliyot o‘tkazish jarayonini qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan. Amaliyot davomida agronomlik sirlarini o‘rgatgan klaster va fermer xo‘jaliklariga har bir talaba uchun 5 million so‘m, talabaga esa 1,5 million so‘m stipendiya ajratiladi.

Tegishli ko‘nikmalarni egallagan yosh agronomlar qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan 167 ta tumanga kafolatli ishga yuboriladi. Ular zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, sifatli urug‘ va navlar bilan ishlash, hosildorlikni oshirish hamda xarajatlarni kamaytirishga ko‘maklashadi.

Shuningdek, yosh agronomlarga yaratayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari doirasida ularga oyiga 2 ming AQSh dollari miqdorida ish haqi belgilanishi ta’kidlandi. Ushbu tashabbus agronomlik kasbining yoshlar uchun jozibadorligini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
12👍5👏1
Yaponiya bilan oliy ta’lim sohasidagi aloqalar va ilmiy-texnologik hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

2025-yil 9-dekabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov Yaponiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Hirata Kenjini qabul qildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi oliy taʼlim hamda ilm-fan sohalaridagi hamkorlikning bugungi holati, mavjud qo‘shma loyihalar, akademik almashinuv dasturlari, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, oliy taʼlim muassasalarida yapon tilini o‘qitishni kengaytirish, shuningdek, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/109557

👉 На русском
👉 In English

#xalqaro_hamkorlik #Yaponiya

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍102👏2😁2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Narkotik birinchi iste’molda insonga "do‘st" bo‘ladi. "Voy mani tushunadigan "inson" bor ekan", deb o‘ylashadi. Narkotik insonni boshqaradi.

Biz kurashgan sayin, lekin narkotik maktabgacha kirib kelishni boshladi.

⚠️ Hozirgi kunda narkotiklarni aniqlaydigan testlar bor. 20 soniyada 15 xilgacha narkotik turini aniqlab beradi. Shu ekspress testni maktablarga olib kirish kerak.

Qachonki, bolani to‘xtatib qolsak, narkotik oladigan inson qolmasa, narkotib bizga kirib kelmaydi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13👍6😁5👏1
Oliy taʼlim tashkilotlarining 2025-yil faoliyati natijalari va 2026-yil uchun belgilangan istiqbolli rejalar muhokama qilindi

2025-yil 10-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari Hilola Umarova va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Oʻzbekiston Milliy universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti hamda Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti rektorlari va prorektorlarining 2025-yil faoliyati natijalari va 2026-yil uchun belgilangan istiqbolli rejalari boʻyicha taqdimoti bilan tanishdi.

Muhokama davomida oliy taʼlim muassasalarida 2026-yilda oʻquv jarayonini yanada takomillashtirish, raqamlashtirishni jadallashtirish, taʼlim sifati ва oʻqituvchilar salohiyatini oshirish, ilmiy tadqiqotlar natijadorligini koʻtarish, fan–taʼlim–ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi. Shuningdek, talabalar bilan maʼnaviy-maʼrifiy ва tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, xalqaro hamkorlik yoʻnalishlarini kengaytirish ва investitsiyalarni jalb etish boʻyicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
20🔥9😁7🤔3😱3